Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
-rasm. Kompaniya qiymatiga ta’sir etuvchi omillar
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
15.3.1-rasm. Kompaniya qiymatiga ta’sir etuvchi omillar
korxona korporativ boshqaruv orqali yirik moliyalashtirish manbalarga ega bo‘lishi, yirik bitimlarni tuzishishi va amalga oshirishi, investorlarni aksionerlar sifatida jalb etishi kabi imkoniyatlarga ega, aholining bo‘sh mablag‘larini jalb etish orqali aholining moliyaviy daromad olishiga ko‘mak beradi, ham korxonani moliyalashtiradi, xorijiy investorlarni jalb etishda katta ijobiy ta’siri mavjuddir; biznes-jarayon orqali tovarlarni ishlab chiqarish, sotish yoki xizmat ko‘rsatish kabi jarayonlar amalga oshirilish ko‘zda tutilga holda foyda olinadi va ular asosida kompaniya qiymati oshadi yoki kamayadi. . PR va axborot tizimi, ixtisosli menejment ham kompaniyaning qiymatini oshirish imkoniyatlarga egadir; miqdoriy omillar ya’ni, samarali bozor segmentlari, jarayonli (operatsion) samara, pul oqimlari, kapital strukturasi, soliqlar, aksiyalarning likvidliliga kompaniya qiymatiga ham ijobiy (qiymat oshadi) ham salbiy (qiymat pasayadi) ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun yuqoridagi paragrafda takidlaganimizdek, korxonada tajribali tahlilchi (analitik)larni jalb etish hamda ularning tahliliy natijalari asosida boshqaruvni amalga oshirish zarurdir. Ayrim ilmiy ishlarda kompaniya qiymatini boshqarishda kapitaldan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor berilishi ilmiy va amaliy izohlanadi. CHunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni kuchli raqobat muhitiga moslasha olishi va bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi hal etilishi lozim bo‘lgan murakkab masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, bunday sharoitda korxonalarning rivojlanishi bevosita korxona faoliyatidagi harajatlarni minimallashtirishga bog‘liqdir. Korxonalarning rivojlanishida minimallashtirishi lozim bo‘lgan eng asosiy harajatlar kapitaldan foydalanganlik uchun amalga oshiriladigan harajatlar bo‘lib hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, kapital bahosiga bog‘liqdir. SHuning uchun bugungi kunda korxonalarda kapital bahosini minimallashtirish hamda korxonalarning biznes qiymatini maksimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli kompaniya qiymatini boshqarish amaliyotida kapitalning bahosini vaqtga mos holda to‘g‘ri va aniq baholash hamda undan samarali foydalanish zarurdir. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling