Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Korporativ boshqaruvda monitoring tizimi


Download 1.79 Mb.
bet96/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

22.3. Korporativ boshqaruvda monitoring tizimi
Korporativ boshqaruv monitoring tizimining asosiy farqi shundaki, monitoring maqsadi korxonalarni korporativ boshqaruv darajasi bo‘yicha ranglarga ajratish va ularni ommaviy differensiatsiyalashdan iborat emas.
Monitoring har bir kompaniyada joriy qilingan korporativ boshqaruv modellariga amal qilinishi va ijro etilishini kuzatib borishni ko‘zda tutadi. Hozirgi paytda jahon miqiyosida ma’lum bo‘lgan monitoring tizimlari ikkita organ: investitsion va moliyaviy tahlilchilar Gildiyasi (IMTG) va sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (STI) tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ikkala tizim Germaniyada va boshqa mamlakatlarda kompaniyalardagi korporativ boshqaruvni tahlil qilish uchun keng foydalaniladigan German Corporate Governance Scorecard uslubiyatiga asoslanadi. Biroq korporativ boshqaruv amaliyotini baholash uchun anketalar biroz farq qiladi.
Investitsion va moliyaviy tahlilchilar Gildiyasi korporativ boshqaruv monitoring tizimi investitsion va moliyaviy tahlilchilar Gildiyasi ekspertlar guruhi tomonidan korporativ xulq-atvor Kodeksi asosida Scorecard nemis uslubiyatini qo‘llagan holda ishlab chiqilgan. Mazkur monitoring tizimi kompaniyalarning korporativ boshqaruv modellarini bajarish darajasini kuzatib boradi. U asoslanadigan qator mezonlarga salmoqning ma’lum bir foizi mos keladi. Mos ravishda, har bir mezon qiymati va umumiy summa qanchalik maksimal bo‘lsa, korporativ boshqaruv e’lon qilingan modellarga shunchalik to‘g‘ri keladi.


Nazorat savollari

  1. Samaradorlik tushunchasi.

  2. Korporativ boshqaruv modellarini joriy etishning mazmuni.

  3. Korporativ boshqaruv samaradorligi mezonlari.

  4. Korporativ boshqaruv reytingini integral baholash.

  5. Korporativ boshqaruv sifatiga qarab reyting guruhlari.

  6. Reytingni hisob-kitob qilishda qanday ma’lumotlardan foydalaniladi?

  7. Korporativ boshqaruvda reyting darajalari.

  8. Korporativ boshqaruvda monitoring tizimi.




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling