Nazarov orif pul va bank


O’zbekistonda amalga oshirilgan pul islohoti


Download 28.93 Kb.
bet3/3
Sana01.03.2023
Hajmi28.93 Kb.
#1239162
1   2   3
Bog'liq
Nazarov Orif pul va bank

4.O’zbekistonda amalga oshirilgan pul islohoti


O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari.

Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq It-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Bi-rinchi bosqich: 1993-y. ning 15 noyab. dan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi sifatida 1961—92 y. lardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-y. dagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida «soʻmkupon» muomalaga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishiikki bosqichli bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish im-konini berdi. Hisobkitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997-y. dan boshlab muomalaga 200 soʻmlik, 1999-y. dan 500 soʻmlik va 2001-y. dan 1000 soʻmlik bank qogʻoz pullari (banknotlar) muomalaga chiqarildi



  1. Tarmoqlarni kreditlash xususiyatlari

Qonunlar asosida qabul qilingan qonun osti hujjatlari davlat boshqaruvi organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan me’yoriy hujjati bo‘lib, bank faoliyatiga oid muayyan tartib–qoidalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha foizlarni belgilashning ikkilamchi huquqiy manbai bu qonun osti chiqarilgan hujjatlardir. Markaziy bank o‘zining vakolatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha sub’ektlar ijro etishi majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. Markaziy bank tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha qonunchilik doirasida me’yoriy hujjatlarni qabul qiladi.Kreditlash bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarda, imtiyozli foiz stavkalari va ularni qo‘llash borasidagi tartiblar ham o‘z aksini topgan. Imtiyozli foizlarni o‘rnatishning birlamchi qonuniy asosi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 28-moddasi hisoblanadi. Unda tijorat banklarining davlat dasturlarini kreditlash uchun Markaziy bank, byudjet, byudjetdan tashqari fondlar kredit liniyalari va boshqa manbalardan beriladigan kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘rnatishida yuqori chegarasini Markaziy bank belgilashi qayd etilgan. Bunda tijorat banklari orqali berilayotgan markazlashtirilgan resurslar uchun to‘lov va eng asosiysi tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanishi e’tiborga olinadi. Tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar banklarga minimal daromad olishini ta’minlashi lozim.O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va kreditlash maxsus yo‘nalish asosida tashkil qilingan. Ularni tashkil qilish «Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida»gi 1675-sonli nizomga muvofiq belgilanadi. Nizomga asosan tijorat banklari qishloq xo‘jaligi korxonalarini imtiyozli foizlar asosida kreditlashni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini imtiyozli shartlar asosida kreditlash bilan ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladigan kredit foiz stavkasi yillik 3 foizni tashkil etib, shundan tijorat bankining marjasi 2 foizni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonasi berilgan kredit sug‘urtalanadigan holatda 0,75 foizi «O‘zagrosug‘urta» ga o‘tkazib, bankning foiz marjasi 1,25 foizni tashkil qiladi. Bu esa ba’zi hollarda tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarini bank ixtiyorida qoladigan marja hisobiga qoplamaslik hollariga olib keladi. SHunday ekan, bunday kreditlash amaliyoti tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada kredit portfeli sifatini pasaytirib, bankda muammoli kreditlarning ko‘payishiga olib keladi.
Download 28.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling