Nazorat ishi- 4 10-sinf dnk molekulasining ikki hissa ortishi nima deyiladi?
Download 18.06 Kb.
|
10-sinf Nazorat ishi
Nazorat ishi- 4 10-sinf 1.DNK molekulasining ikki hissa ortishi nima deyiladi? A .translatsiya B.transkripsiya C. reduplikatsiya D. genetik kod. 2. DNKning bir polipeptid zanjiridagi aminokislotalar yoki ribosomal va transport RNK molekulalaridagi nukleotidlar izchilligini belgilaydigan bir qismi nima deb ataladi? A.Genetik kod B.Start kodon C.Stop kodon D.Gen 3.Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid yordamida ifodalanishi nima deyiladi? A.Genetik kod B.Start kodon C.Stop kodon D.Gen 4. Genetik kodga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang. A.bitta triplet bitta aminokislotaga mos keladi B. bitta triplet bir necha aminokislotani kodlaydi C.bitta aminokislotani bir necha triplet kodlaydi D. genetik kod universal 5. DNK replikatsiyasi hujayralarning qaysi bo`linishlari oldidan kuzatiladi? A.mitoz, meyoz B. faqat mitoz C. faqat meyoz D. interkinez, meyoz 6.Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot DNK dan i-RNK ga ko‘chirilishi nima deyiladi? A .translatsiya B.transkripsiya C. reduplikatsiya D. genetik kod. 7.DNK da quydagi nukleotidlar izchilligi ATGTGACTCATT bo’lsa i-RNK dab u qanday ketma ketlikda transkripsiya qilib olinadi A. TACACTGAGTAA B.ATGTGACTCATT C.UACACUGAGUAA D.UACUAUCGUAUC 8.DNK replikatsiyasi hujayra siklining qaysi davrida kuzatiladi? A. interfazaning sintezdan oldingi davrida B. interfazaning sintezdan keyingi davrida C. interfazaning sintez davrida D. mitozning profaza davrid 9. Oqsil sintezining qaysi bosqichi yadroda amalga oshadi? A. translatsiya B. transkripsiyaC. transduksiya D. transformatsiya 10. Aminokislotalarni kodlamaydigan kodonlar qanday nomlanadi? A. terminatorB. antikodon C. genom D. matritsa 11. Kimyoviy tarkibiga ko’ra xromasoma qanday moddalarning birikmalaridan tuzilgan? A.DNK, oqsil B.RNK, oqsil C.RNK, uglevod D.DNK, uglevod 12. Xromosomaning spirallashgan qismi... A. genetik nuqtai nazardan faol B. genetik axborotni o`zgartirib turuvchi faol qismi C. genetik nuqtai nazardan nofaol D. genetik nuqtai nazardan nofaol va sust bo`yaladi 13. Mitoz bo’linishida bo’linish duki ipchalari xromosomaning qaysi qismiga birikadi? A.sentrosoma B.sentromera C.hujayra markazi D.euxromatin 14. Hujayra bo`linishining qaysi bosqichida bo`linish urchug`i sentromeraga birikadi? A) profaza B) anafaza C) metafaza D) telofaza 15. Mitozning anafazasida qanday jarayonlar kuzatiladi? 1-xromosoma xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog’ uziladi; 2-xromatidalar bir-biridan itariladi; 3-xromatidlar bir-biridan ajraladi; 4-xromatidlarning har biri alohida xromosomaga aylanadi; 5-sitokinez kuzatiladi; 6-xromosomalar qutblarga tarqala boshlaydi A)1, 2, 5, 4 B)2, 3, 4, 5 C)1, 3, 4, 6 D)1, 2, 5, 6 16.Mitozning qaysi bosqichida xromosomaning xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog` uziladi, xromatidalari mustaqil xromosomaga aylanadi? A) profaza B) anafaza C) telofaza D) metafaza 17. Meyoz ikkita ketma-ket bo‘linishdan iborat. Birinchi – (a), ikkinchi- (b) dan iborat . 1-ekvatsion; 2- meyoz I; 3- reduksion; 4- meyoz II; 5-interkinez A. a-3,2 b-1,4 B. a-3, 1 b-2,4 C. a-3,2 b-4,5 D. a-2,5 b-1,4 18. Xromosomalarning o`zaro o`xshash qismlari genlar bilan almashininish jarayoni qanday nomlanadi? A. Konyugatsiya B.Kopulyatsiya C.Krossingover D. Konvergensiya 19.Gomolog xromosomalarning butunligicha xromatidlarga ajralmagan holda qutblarga tomon harakatlana boshlashi, hujayralar bo’linishi usulining qaysi turi va fazasida amalga oshadi? A.Mitoz, anafaza B.I meyoz, I metafaza C.I meyoz, I anafaza D.Mitoz, metafaza 20. Meyozning I anafazasi II anafazadan nima bilan farqlanadi? A) hujayra qutblariga xromatidlar tarqaladi B) hujayra qutblariga xromatidlarga ajralmagan gomologik xromosomalar tarqaladi C) xromosomalar hujayra ekvatoriga tortiladi D) xromatidlar ikki hissa ko`payadi Download 18.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling