Nazorat ishi, laboratoriya va amaliy mashg
Download 2.92 Mb.
|
5-SINF KITOBCHA 52 та
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘l lupasi Mikroskop
- Mikroskop bilan ishlash tartibi
O‘quvchining bahosi:
Sana: 2-laboratoriya mashg'uloti Lupa va mikroskop tuzilishi bilan tanishish Tirik organizmlarning tuzilishini o'rganish uchun kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblardan foydalaniladi. Ularga lupa va mikroskop kiradi. Lupa - eng sodda tuzilgan kattalashtirib ko'rsatuvchi asbob bo'lib, ikki tomoni qavariq linzadan iborat. Qo'l lupasi (10-rasm) buyumni 2-20 marotaba kattalashtirib ko'r- satadi. Tekshirilayotgan tirik organizm aniq ko'rinadigan bo'lguncha lupa yaqinlashtiriladi va tekshirilayotgan obyektning tuzilishi o'rganiladi. Masalan, tarvuz yoki pomidor bo'laklarini tekshirib, ularni yumaloq hujayralardan iboratligini lupa yordamida aniqlash mumkin. Qo‘l lupasi Mikroskop - kichik obyektlarni kattalashtirib ko'rsatuvchi labora- toriya jihozi hisoblanadi (11-rasm). Ko'rish nayi - tubusning yuqori qismida okulyar, pastki qismida obyektiv joylashgan. Ular kattalashti- ruvchi linzalarga ega. Shtativga tubus va buyum stolchasi biriktirilgan. Makrovint yordamida tubusni ko'tarish yoki tushirish mumkin. Mikrovintni burash orqali o'rganilayotgan obyektning aniq tasviri hosil qilinadi. Buyum stolchasidagi teshik ostida ko'zgu joylashgan. Ko'zgu yorug'likni buyum oynasiga yo'naltirib aniq tasvir hosil bo'lishiga yordam beradi. Yorug'lik mikroskopi necha marta kattalashtirib ko'rsatishini aniqlash uchun okulyar va obyektiv ko'rsatkichlari ko'paytiriladi. Masalan: okulyar - 10, obyektiv - 20 bo'lsa, mikroskop obyektni 10x20=200 marta kattalashtirib ko'rsatadi. Mikroskop bilan ishlash tartibi: 1.Stol chetidan 3-4 sm joy qoldirilib mikroskopni joylashtiring. 2.Ko'zguni yorug'likka qarating. Okulyardan qaralganda yorug'lik bir tekis tushishi kerak. 3.Ish jarayonida mikroskopni joyidan qo'zg'atmang. 4.Tayyor preparatni buyum stolchasiga joylashtiring va qisqich bilan qotiring. 5.Makrovintni ohista burab, tubusni pastga tushiring. Obyektiv preparatdan 4-5 mm balandlikda bo'lishi kerak. 6.Okulyarga bitta ko'z bilan qarang, lekin ikkinchi ko'zingizni yum- mang, pirpiratmang. 7.Tubusni makrovint yordamida ohista ko'taring. Bu jarayonni tasvir hosil bo'lguncha davom ettiring. 8.Tasvirni yanada tiniqlashtirish uchun mikrovintdan foydalaning. 9.Mikropreparat dastlab kichik obyektivda, keyin katta obyektivda kuzatiladi. 10.Mikroskopda ko'rilgan tasvirni chizish orqali eslab qolish mumkin. Shuning uchun ko'rgan narsangizning rasmini daftaringizga chizing. 11.Mikroskopni ishlatib bo'lgach, artib, uni kichik obyektivga o'tkazing va qolipga joylashtiring. Mikroskop qismlari nomini chiziqchalar o’rniga yozing. Xulosa __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling