Nazorat ishi va
Download 0.78 Mb.
|
8-SINF KITOBCHA 54 та
O‘quvchining bahosi:
Nazorat ishi o‘tkazilgan sana_________________________________ Nazorat ishi-5. Test. 1. Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi , organizmda uning o'zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo'lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi …deb ataladi. A) assimilyatsiya B) dissimilyatsiya C) metabolizm D) katobolizm 2. Nima organizm ichki muhiti tarkibining turg'unligini saqlaydi? A)suv B)mineral tuz C)vitaminlar D)ionlar 3. Raxit belgilarini ajrating. 1-suyaklari to‘g‘ri shakllanmaydi 2-ko‘krak qafasi torayadi 3-oyoqlari qiyshiq o‘sadi4-ko‘zlari chaqchayib, ozib ketadi 5-qorni kattalashadi. 6-qorni kichrayadi A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,4,6 D)2,3,5 4. Bir kecha-kunduzda tana massasi 70 kg bo‘lgan odam taxminan qancha energiya sarflaydi? A) 2500 kkalB)2800 kkal C)3000 kkal D)3500 kkal 5. Sutkalik ovqat ratsionining miqdorlarini to‘g‘ri juftlang? 1)ikkinchi tushlikda; 2)ertalabki; 3)nonushta; 4)tushlik a)25-30; b)20-25%; c)35-40%; e)15 A)1-e;2-b;3-c;4-a B)1-a;2-e;3-c;4-b C)1-e;2-c;3-a;4-b D)1-e;2-a;3-c;4-b 6. Yog‘lar almashinuvini tartib bilan ko‘rsating? a-oraliq mahsulotlar ichak vorsinkalariga o‘tadi; b-ortiqcha qismi teriosti kletkasi va organlar atrofida to‘planadi, sintezlanadi; d-vorsinkalar limfasiga o‘tadi; e-limfada organizm uchun zarur yog‘lar sintezlanadi; f-ichakda glitserin va yog‘ kislotalarga parchalanadi; g-barcha organ va to‘qimalarga tarqaladi A)afdegb B)fadebg C)faedgb D)fadegb 7. Hazm qilish organlari kasalliklarini tekshirish metodlari va ularga mos keladigan tushunchalarni juftlab yozing? a)zondlash; b)rengenoskopiya; d)endoskopiya; 1)bemorga rentgen nurlarini o‘tkazmaydigan moddadan tayyorlangan bo‘tqa ichiriladi; 2)tekshiriladigan organga mahsus optik asbob – endoskop; 3)tekshiriladigan organga elastik rezina naycha kiritiladi A)a-1;b-2;c-3 B)a-2;b-1;c-3 C)a-3;b-2;c-1 D)a-3;b-1;c-2 8. Katta yoshdagi odam bir sutkada iste’mol qiladigan biomolekulalarni miqdorini toping? 1)oqsil; 2)yog‘; 3)uglevod a)450-500; b)100-120; c)80-110 A)1-b; 2-b; 3-a B)1-b; 2-c; 3-a C)1-a; 2-c; 3-b D)1-c; 2-b; 3-a 9.Epidermis ostida joylashgan so‘rg‘ichli qavat qanday to‘qimadan hosil bo‘lgan? A. G‘ovak tolali shakllangan biriktiruvchi to‘qimaning dermaga botib kirishidan B. G‘ovak tolali shakllanmagan muskul to‘qimasining epidermisga botib kirishidan C. G‘ovak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimasining epidermisga botib kirishidan D. Barcha javoblar xato 10. Organizmdan chiqayotgan karbonad angidridning necha foizi teri orqali chiqib ketadi? A) 2% B) 1% C) 5% D) 0,1% 11.Tirnoq qaysi hujayralardan hosil bo‘ladi? A) teri B) epidermis C) derma D) g‘ovak biriktiruvchi to‘qima 12. Ter bezlari terining qaysi sohalarida ko‘p bo‘ladi? A) kaft, tovon B) son, qovoq C) peshona, yuz D) ko‘krak, orqa 13. Derma nechta va qanday qavatlardan iborat? (to‘liq javob qabul qilinadi) A) 2 ta, ustki so‘rg‘ichli va ostki to‘rsimon, B) 2 ta ustki va ostki, C) 3 ta fibroz, qontomir, to‘rsimon parda D) 1 qavatdan iborat 14. Teri reylefidan qaysi sohada foydalaniladi? A) gen injeneriya B) kriminalistika C) embriologiya D) geneologiya 15. Terida mayda ajinlar paydo bo‘lishi sababini izohlab bering. A) yog‘ bezlari funksiyasining pasayishi B) yog‘ bezlari funksiyasining ortishi, C) teri yorilishi, D) ko‘p terlash
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling