Nazorat ishi va
Download 0.78 Mb.
|
8-SINF KITOBCHA 54 та
O‘quvchining bahosi:
Nazorat ishi o‘tkazilgan sana_________________________________ Nazorat ishi-4. Test. 1. Is gazi gemoglobinga kislorodga nisbatan necha marta tez birikadi? A) 3000 B) 1000 C) 30 D) 300 2. Nafas olish sistemasiga xos bo‘lgan himoya reflekslarini toping. A)Aksirish va ko‘zdan yosh chiqish B) Yo‘talish va aksirish C) Yo‘talish va haroratning ko‘tarilishi D) Nafas olish va chiqarish 3. Bo‘shliq devorida ilonizi yo‘llar bo‘lgan organ qaysi? A)Burun bo‘shlig‘i B)Og‘ish bo‘shlig‘i C) Plevralar orasidagi bo‘shliq D) Nafas yo‘llari 4. Plevra pardasi necha qavat va qaysi to‘qimadan iborat? A) Biriktiruvchi to‘qima va 1 qavat B) Muskul to‘qimasidan , 2 qavat C) Biriktiruvchi to‘qima , 2 qavat D) Epiteliy to‘qimasi, 2 qavat 5. Qaysi a’zoning oldingi devori yarim halqa tog‘aydan, orqa devori qizilo‘ngachga yopishib turadigan yumshoq to‘qimadan iborat? A)kekirdak B) bronxlar C) hiqildoq D) diafragma 6. Qaysi kasallikni bakteriyalar (a), viruslar (b) keltirib chiqaradi? 1.gripp. 2.eshakemi 3.rinit 4.o‘pka sili 5.astma A) a-4, b-1 B) a-1, b-4 C) a-3, b-1 D) a-1 , b-5 7. Nafas olish organlari kasalliklarini toping. 1.o‘lat 2.o‘pka sili 3. Rinit 4.dizenteriya 5.difteriya 6.angina 7.shamollash 8.insult 9.gepatit 10.Botulism. A) 2,3,5,6 B) 2,3,4,5 c) 7,8,9,10 D) 1,6,3,5 8. Hiqildoqusti tog‘ayi hiqildoq yo‘lini qachon berkitadi? A) yutinganda B) gapirganda C) nafas olmay turganda D) tinch turganda 9. Qaysi havoni o‘pkadan chiqarib bo‘lmaydi? A) Qo‘shimcha havo B) Nafas havosi C) qoldiq havo D) zahira havo 10. Qaysi a’zo juft bo‘lip ko‘krak qafasida joylashgan? A) Yurak B) Buyrak C) O‘pka D) Taloq 11.Til va tishlarning vazifasini aniqlang. A)ovqatning ta’mini aniqlash, uni aralashtirish B) ovqatning ta’mini aniqlash, uni aralashtirish va tomoq tomonga surish, ovqatni maydalash C)Ovqat luqmasini siljishini ta’minlash va uglevoglarni parchalash D)Ovqatning ta’mini aniqlash,uni aralashtirish va oshqazonga surish, ovqatni maydalash. 12.Mayda so‘lak bezlari qaerda joylashgan? A) Tilosti, jag'osti va quloqoldi so‘lak bezlarida B)Og‘iz bo‘shlig‘i va oshqozon bo‘shlig‘ida C)Og‘iz bo‘shlig‘i va tilning shilliq pardasida. D)Oshqozon va ichaklarda 13. Funksiyasiga binoan……….tishlar bo‘ladi A) 32 ta doimiy tishlar, yosh bolalarda 20 ta sut tishlari B)Kurak,qoziq,oziq C)Kurak,qoziq,katta va kichik oziq D)ikki va uch ildizli 14.Vorsinkalar devori ……dan iborat A)Ko‘p qavatli epiteliy B)bir qavat epiteliy C)kubsimon epiteliy D)yassi epiteliy 15.Gipfiz bezidan ajraladigan gormonlarning ba’zilari ovqat hazm qilish bezlari ishini……(1) ,qalqonsimon bezning tiroksin gormoni ovqat hazm qilish bezlari ishini……(2) A)1-kuchaytiradi,2-kuchaytiradi B)1-susaytiradi,2-susaytiradi C)1-kuchaytiradi,2-susaytiradi D)1-susaytiradi,2-kuchaytiradi
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling