Nazorat ishi–i sana: Mavzu: Tayanch harakatlanish tizimi. Nazorat shakli


Download 0.62 Mb.
bet7/12
Sana01.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1737474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8- yangi

Nazorat ishi–VII
Sana:
Mavzu: Oliy nerv faoliyati.Sezgi organlari.
Nazorat shakli: test
1.Shartli reflekslar va ular uchun xos belgilarni juftlab ko‘rsating: A - ovqatlanish, В- himoyalanish, D - chamalash, E - jinsiy reflekslar, 1 - ko'payish bilan bog‘liq, 2 - yo‘talish, aksirish, ko'zni yumish kiradi,, 3 - bola labiga so‘rg‘ich tekkanda paydo boladi,, 4 - notanish ta’sirlovchi ta’sirida yuzaga chiqadi.


A) A-3,B-2,D-1,E-4 B) A-2,B-3, D-4, E-1 C) A-3,B-4, D-2, E-1 D) A-3,B-2, D-4, E-1

2.Ovqatlanish shartsiz refleksi refleks yoyi yo'lini tartib bilan ko'rsating: A - so‘lak ajratish markazi, uzunchoq miya, В- sezuvchi nervlar, D - so‘lak bezlari, E - ta’m bilish retseptorlari, F - harakatlantiruvchi nervlar.
A) 1-E,2-B,3-A,4-F,5-D B) 2-E,1-B,3-A,4-F,5-D


C) 1-E,2-A,3-B,4-F,5-D D) 1-E,2-B,3-A,4-D,5-F

3.Odamda ham ovqatning hidi, ko'rinishi va mazasiga nisbatan hosil bo'lgan ovqatlanish shartli refleksi kuchli shovqin-suron yoki xunuk xabar ta’sirida so‘nishi, ya’ni so‘lak va oshqozon shirasi ajralishi to‘xtashi mumkin.Bu holat qaysi tormozlanishga misol bo’ladi?


A) himoyalovchi B) induksion C) so’nuvchi D) chamalash


4.Qaysi tormozlanish natijasida energiya kamaygan sari nerv hujayralari charchab, tormozlangan holatga o‘tadi. Bunday tormozlanish organizmni zo‘riqib kasallanishdan, hujayra va to'qimalarni yemirilishdan saqlab qoladi.


A) himoyalovchi B) induksion C) so’nuvchi D) chamalash


5.Biologik ahamiyatiga ko‘ra reflekslar guruhi va ularning organizm uchun ahamiyatini juftlab ko’rsating: A - ovqatlanish, В- himoyalanish, D - mo‘ljal olish, E - jinsiy;
1 - organizmni moddalar va energiya bilan ta’minlash, 2 - nasi qoldirish harakatlari, 3 - tanish signallami ajratib olish, 4 - noqulay sharoitdan saqlanish.


A) A-1,B-4, D-2, E-3 B) A-2,B-3, D-4, E-1 C) A-1,B-4, D-3, E-2 D) A-3,B-2, D-4, E-1

6. Qaysi hodisa muhit sharoitiga moslanishning eng oliy shakli hisoblanadi?


A)Xotira B) Tafakkur C) Hissiyot D) Nutq


7.Odamning ichki kechinmalari uning yurish-turishi, tovush balandligi, so‘zlash ohangining o‘zgarishi, imo-ishora, mimika orqali ifodalanishi nima deb ataladi?
A)Xotira B) Tafakkur C) Hissiyot D) Nutq


8.Shaxsiy tajribaning to‘planib borishi, esda saqlab qolinishi va qayta hosil qilinishidan iborat jarayon nima deb ataladi?
A)Xotira B) Tafakkur C) Hissiyot D) Nutq


9. Nimani va qanday qilib eslab qolinishiga ko‘ra xotira turlari va ular uchun xos xususiyatlarni juftlab yozing: A - harakat xotirasi, В- obrazli xotira, D - hissiy xotira, E - og‘zaki xotira;
1 - odam qiyofasi, musiqa ohangi, narsalar hidi va mazasini eslab qolish, 2 - o‘qilgan va eshitilgan narsalar, voqea va hodisalarni esda saqlab qolish , 3 - raqsga tushish, yozish, sport mashqlarini, transport haydashni eslab qolish, 4 - o‘z boshidan kechirganlarini eslab qolish.


A) A-1,B-4, D-2, E-3 B) A-3,B-1, D-4, E-2 C) A-1,B-4, D-3, E-2 D) A-3,B-2, D-4, E-1


10.Uyqu xillari va ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing: A - fiziologik, В- narkotik, D - letargik, E - gipnotik uyqu, F - oyparastlik; 1 - to'satdan chuqur uyquga ketish, 2- tunda uyqudan turib yurish, 3 normal uyqu, 4- odam ta’sirida yuzaga keladi, 5 - kimyoviy moddalar ta’sirida yuzaga keladi.
A) A-1,B-4, D-2, E-3 B) A-3,B-1, D-4, E-2 C) A-1,B-4, D-3, E-2 D) A-3,B-2, D-4, E-1


11. Nerv faoliyati tiplarini ularga mos kelgan kishilar xarakteri bilan juftlab yozing: A - sangvinik, В- xolerik, D- flegmatik, E- melanxolik; 1 - kamharakat, xatti-harakati ishonchsiz, his-tuyg‘usi chuqur va turg‘un, 2 - hozirjavob, vaziyatni tez baholaydigan, xushchaqchaq va xushmuomala, 3 - serharakat, urishqoq, tez o’rtoqlashadigan va urishib qoladigan, arzimas narsaga xafa bo’ladigan, 4 - yuvosh, vazmin, har bir ishni o‘ylab, oxirigacha bajaradigan.
A) A-1,B-4, D-2, E-3 B) A-2,B-3, D-4, E-1 C) A-1,B-4, D-3, E-2 D) A-3,B-1, D-4, E-2
12.Qaysi kasalliksababliodamqayg‘u, ranjish, qo‘rquv, qiyinchiliklar tufayli kelib chiqadigan umidsizlik hissiyotlari, serjahl, o'zidan va bosqalardan norozi bo’lib yuradi?
A) nevralgiya B) nevroz C) poliomeylit D) gipertoniya


13.Qaysi kasallikdadastlab tajanglik, xotira buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik chuqur jismoniy o‘zgarishlar: yurakdagi o‘zgarishlar, og‘iz qurishi, terlash, qo‘l va oyoq titrashi, koz qorachighning kengayishi kabi holatlar paydo bo'ladi?
A) nevralgiya B) nevroz C) giyohvandlik D) gipertoniya


14.Analizatorlar qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: A - periferik, В- oliy markaz, D - o‘tkazuvchi;
1 - ta’sirni qabul qilib, nerv impulslariga aylantirish, 2 - ta’sirni markazga uzatish, 3 - ta’sirni tahlil qilish, tuyg'u hosil qilish.


A) A-1,B-3, D-2 B) A-2,B-3, D-1, C) A-1,B-2, D-3 D) A-3,B-1, D-2,
15.Analizatorlar qismlarini ulargaxos elementlar bilan birga juftlab yozing: A-periferik, В- markaziy, D - o'tkazuvchi; 1 - sezuvchi neyronlar, 2 - sezgi organlaridagi retseptorlar, 3 - yarimsharlar po‘stlog‘idagi neyronlar tanasi.
A) A-1,B-3, D-2, B) A-2,B-1, D-3, C) A-1,B-2, D-3, D) A-2,B-3, D-1,


S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

J

































































































Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling