Nazorat savollar
Download 1.59 Mb.
|
Matcad dasturi nazorat savollari
4. Quyida Mathcad dasturi asosiy menyusi bo`limlari keltirilgan. Mathcad dasturi oynasi tizimi menyusini chiqaruvchi tugma. File- fayl va xujjatlarni yaratish, saqlash, electron pochtadan jo`natish yoki printerda chop etish bilan bog`liq buyruqlar to`plami; Edit- matnlarni tahrirlash uchun mo`ljallangan bo`yruqlar to`plami; View- mathcad ishchi oynasida xujjatlarning tashqi ko`rinishini boshqaruvchi buyruqlar to`plami; Insert- xujjatga turli ob’ektlarni joylashtirish uchun xizmat qiluvchi buyruqlar to`plami; Format- matn, formula va grafiklarni formatlovchi buyruqlar to`plami; Math- hisoblash jarayonini boshqaruvchi buyruqlar to`plami; Symbolics- simvolli hisoblashlar bo`yruqlari to`plami; Windows- turli xujjat oynalarini ekranda jaylashtirish buyruqlari to`plami; Help- yordamchi axborotlarni chiqarish buyruqlari; 5. MathCad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag`i) dеyiladi. Standart (Standart) vositalar panеli bir nеcha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to`plamini o`z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo`yicha bir nеcha buyruqlarni o`z ichiga oladi. Math (Matеmatika) matеmatik vositalarini o`z ichiga olgan bo`lib, ular yordamida simvollar va opеratorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo`llaniladi. Quyidagi rasmda MathCadning oynasi va uning matеmatik panеl vositalari ko`rsatilgan Ushbu paneldagi tugmalardan foydalanib ish maydonida matematik belgilar vositalarini chiqarish mumkin. Ular quyidagilar: 1 – hisoblash palitrasi; 2 – grafik palitra; 3 – vektor va matritsa palitrasi; 4 – natijani chiqarish va o’zlashtirish palitrasi; 5 – matematik amallar palitrasi; 6 – munosabat amallari palitrasi; 7 – dasturlash palitrasi; 9 – simvolli amallar palitrasi. Ularni faollashtirish orqali foydalanuvchi uchun kerak bo’lgan vosita hosil qilinadi. Ular quyidagi rasmda keltirilgan: MathCad 2001 dasturini o’rnatish uchun kompyuter quyidagi talablarga javob berishi kerak. Prosessor Pentium 90 va undan yuqori. Kompakt diskni o’qiydigan qurilma. Operasion sistema Windows 95/98-va undan yuqori. Operativ xotirasi 32 va undan yuqori. Qattiq diskda 80 M bayt bo’sh joy bo’lishi kerak.
Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling