Nazorat savollari


Download 71.39 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi71.39 Kb.
#120864
Bog'liq
1-TOPSHIRIQ


NAZORAT SAVOLLARI
1 Fuqarolik tarbiyasining mazmun-mohiyati nimadan iborat?
2. Fuqarolik madaniyatini izohlab bering.
3. ≪Fuqarolik≫ deganda nimani tushunasiz?
4. Fuqarolik mas ’uliyatini tushuntirib bering.
5. Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
6. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari nimalardan iborat?
7. Fuqarolarning burchlarini tushuntirib bering.
8. ≪Davlat ramzlari≫ deganda nimani tushunasiz?
9. Fuqarolik tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlarning

rolini izohlab bering.


10. Huquqiy madaniyatning ma ’nosiga izoh bering.

JAVOBLAR:
1. Fuqarolik tarbiyasining mazmun-mohiyati nimadan iborat?

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror toptirish – fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy talabi sanaladi.

Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talablar fuqaro xulqini baholash, xatti-harakatlari mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko‘rinishlar, harakatlar yoki odatlar ma'qullanadi yoki qoralanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, insonparvar huquqiy davlat va jamiyatni qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish jarayonida yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasini tashkil etish vazifalarini yanada murakkablashtiradi. Zero, demokratik, huquqiy jamiyat barpo etilishining muvaffaqiyati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasi, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligi va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘lik.

Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, unda fuqarolarning shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida aks etgan g‘oyalar, demokratik talablar hamda axloqiy-huquqiy me'yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim qoidasiga aylanadi.



Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob'ekti fuqaro sanaladi.

Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a'zosi bo‘lgan shaxsdir.

Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.

2. Fuqarolik madaniyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.



3. Fuqarolik — shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiyhuqukiy aloqasi; bu aloqa shaxs va davlatning oʻzaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. Shaxs F.ka ega boʻlgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini eʼtirof etadi, ularning amalga oshishini taʼminlash choralarini koʻradi. Fuqarolarning manfaatlarini davlat, fuqarolar boshqa mamlakatlar hududida turgan vaqtda ham himoya qiladi, ularga homiylik koʻrsatadi. Oʻz navbatida, fuqarolar davlat qonunlari va qoidalarga soʻzsiz rioya kiladilar, oʻzlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar. Bu huquq va majburiyatlar yigʻindisi fuqaroning siyosiyhuquqiy maqomini tashkil etadi, fuqarolar ana shu maqom bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardsh ajralib turadilar. F. asosan 2 yoʻl bilan qabul qilinadi; tugʻilganlik dalili asosida ("filiatsiya") va naturalizatsiya yoʻli bn. Tugʻilish asosida F.ka qabul qilishda 2 xil qoida: "qon huquqi" va "tuproq huquqi" qoidasi qoʻllaniladi. "Qon huquqi" deb nomlangan qoida shu davlatning fuqarolaridan tugʻilgan shaxsni fuqaro deb tan oladi (ayrim davlatlarda otaonasining biri tegishli F.ka egaligi yetarli). Kaysi davlat hududida bu shaxsning tugʻilganligi ahamiyatga ega emas. "Tuproq huquqi" qoidasi, fuqaroligidan qatʼi nazar, agarda shaxs mazkur davlat hududida tugʻilgan boʻlsa, unda oʻsha shaxs fuqaro deb tan olinadi. Naturalizatsiya yoʻli bilan F.ni qabul kilish mamlakatda yashab kelayotgan shaxsning F.ni olish toʻgʻrisidagi iltimosi bilan bogʻliqdir.

4. Fuqarolik mas ’uliyatini tushuntirib bering.Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo‘lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi.

Manbalarda qayd etilishicha o‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo‘lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud.

Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.

5. Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

Avvalo, mana shu hashamatli va betakror binoda siz, azizlarim bilan ko‘rishganimdan xursand bo‘lganimni, o‘zimning chuqur hurmatim va mehrimni bildirish – men uchun katta baxt, desam, qalbimda, yuragimda bo‘lgan gapni aytgan bo‘laman.
Bugungi tantanali majlisimizning maqsad-muddaosi – hayotimiz qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning 21-yilligini nishonlash, Asosiy qonunimiz belgilab bergan yuksak maqsadlarni amalga oshirishda, yurtimizda yangi jamiyat, yangi hayot qurishda erishgan yutuqlarimiz va oldimizda turgan vazifalarni aniqlab olishdan iboratdir.
Haqiqatan ham, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamiz O‘zbekiston tarixida, uzoq, davomli maqsad va vazifalarimizni aniq belgilab berishda o‘zining puxta o‘ylangan tamoyil va qoidalari bilan ishonchli va hal qiluvchi omil bo‘ldi, deb ta’kidlashga barcha-barcha asoslarimiz bor.
Konstitutsiyamiz negiziga qo‘yilgan talab va qoidalarga to‘liq mos keladigan, dunyo hamjamiyatida “o‘zbek modeli” deb nom qozongan, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanini bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda.
Ushbu modelning mazmun-mohiyati mashhur besh tamoyilda mujassam topgani barchamizga yaxshi ma’lum. Bu tamoyillar iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi sifatidagi boshqaruvchilik rolini tan olish, mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, shuningdek, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat ekani bilan alohida ajralib turadi.
Shular haqida gapirganda, muhim bir masalaga e’tiboringizni qaratishni istardim.
Demokratik jarayonlarni sun’iy ravishda tezlashtirish, shoshma-shosharlik, turli inqilobiy to‘ntarishlar yo‘li qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hayotning o‘zi barcha misollarda tasdiqlab berayotgani bugun hammamizga ayon.
Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo‘lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda.

6. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari nimalardan iborat

Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqyega ega bo‘lgan axloqiy va huquqiy me'yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish.


  2. O‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma'lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish.


  3. O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.


  4. O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.


  5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.


  6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e'zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish.


O‘quvchilarning fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsga davlat Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarish xususida ma'lumotlar berish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlardan foydalanish va burchlarni bajarish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir.

7. Fuqarolarning huquq va burchlari — fuqarolarning Konstitutsiya va qonun hujjatlarida oʻz ifodasini topgan asosiy xuquq va burchlari. Ular davlat organlari tomonidan muhofaza etiladi va bajarilishi nazorat kilinadi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 2boʻlimida fuqarolarning asosiy huqukdari, erkinliklari va burchlari quyidagicha turkumlanadi: 1) Shaxsiy hukuk va erkinliklar; 2) Siyosiy huquqlar (qarang Siyosiy huquq va erkinliklar); 3) Iqgisodiyijtimoiy huquklar (qarang Iktisodiy huquq va erkinliklar).

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi burchlari koʻrsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadrqimmatini hurmat qilishga; Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrashga; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga; qonun bilan belgilangan soliqpar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar. Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi har bir fukarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.


8. O’zbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari


DAVLAT GERBI

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.



Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.

2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.

3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.



DAVLAT MADHIYASI

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Davlat madhiyasining so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.

9. Fuqarolik tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlarning

rolini izohlab bering


Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish va mustah-


kamlash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, uning qonu-
niy zaminlari huquqiy asoslarini takomillashtirish fuqarolarning
siyosiy-huquqiy faolligiga, onglilik, bilimdonlik darajasiga uzviy
aloqadorlikdadir.
Buning uchun O‘zbekistonning har bir fuqarosi, eng av-
valo, hayotimizning Asosiy qonuni — O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, uning har bir moddasini puxta o‘rganishi lozim.
Konstitutsiyada inson huquqlarining davlat huquqidan ustu-
vorligi tamoyili qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, Prezi-
dentimiz tomonidan ta’kidlanganidek, fuqarolar manfaati ustun-
ligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Unda
inson, uning hozirgi erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquq
hamda erkinliklari muqaddas bo‘lib, davlat himoyasida deyilgan.
Yuqorida keltirilgan talab va vazifalarni amalda joriy qilish,
asosan, ta’lim-tarbiya muassasalaridan boshlanadi. Ushbu
ma’noda o‘quvchilarda fuqarolik tarbiyasini shakllantirish uchun
ularni o‘tmish merosimiz va xalqimizning ming yillik qadriyatlari
asosida ma’lumotlar berish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarga fuqaro sifatida o‘z xulq-atvori mazmunini tahlil
qilish imkonini berish lozim. Ya’ni „Bugun xalq farovonligi
taraqqiyoti uchun nima qila oldim?“ „Zimmamdagi burchni ado
etdimmi?“ tarzidagi savollarga javob topishga o‘rgatish kerak.
O‘quvchilarga o‘qish, a’lo baholarga o‘zlashtirish, o‘z tafak-
kuri, qarashini shakllantirish, bolaga fuqarolik burchini ado
etish mas’uliyatini tushuntirib borish zarur. Fidoyilik, intizom-
lilik, tashabbuskorlik, qat’iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xis-
latlar fuqarolik tarbiyasini olib borish jarayonida yuzaga keladi.

10. Huquqiy madaniyatning ma ’nosiga izoh bering



Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

- keng ko‘lamli ijtimoiy – huquqiy axborotli muhitning mavjudligi;

- shaxs huquqiy ongini shakllantirish;

- shaxs huquqiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Pedagogik jarayonda huquqiy ta'lim-tarbiyaning samaradorligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarning huquqiy jihatdan tarbiyalanganligi quyidagi holatlar bilan o‘lchanadi:

-o‘quvchilar tomonidan "O‘zbekiston davlat va huquqi asoslari", "Konstitutsiyaviy huquq" kabi o‘quv fanlarining o‘zlashtirilish darajasi, ya'ni, huquqiy bilimlarning muayyan darajasi;



- ularning umumjamiyat axloqiy-huquqiy me'yorlariga amal qilishlari hamda maktab va boshqa o‘quv yurtlari ichki tartib-qoidalari, shuningdek, o‘quvchilar qoidalariga rioya qilishlari, tartib-intizomni buzish hollarining kamayganligi, o‘z-o‘zini nazorat qilish, xatti-harakatlari mohiyatini ongli tahlil etish qobiliyatiga ega ekanliklari – huquqiy ongning muayyan darajasi;

- ijtimoiy-huquqiy faolliklari (o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruv organlari, yoshlar uyushmalari, tabiatni muhofaza qilish, shuningdek, jamoat tashkilotlari hamda huquq-tartibotni himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyatini uyushtirishdagi ishtiroklari) – amaliy-huquqiy faoliyat ko‘lami.
Download 71.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling