Назорат саволлари
Download 68 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakuum usuli.
- Parokondensatsion usul.
- Ampulalar kapilyarlarini kesish.
Назорат саволлари:1.Мойли инъекцион эритмалар таърифи, тавсифи ва таснифи? 2.Moйли инъекцион эритмалар тайёрлашнинг ўзига хос томонлари? 3.Ўсимлик мойлари (olea pinguia)? 4. Ампулаларни тўлдириш усуллари? 5. Кавшарлаш ва ёрлиқлаш? 6. Стериллаш усуллари ва стерилизаторлар? А) Физикавий усулда стериллаш мохияти? Б) Кимёвий усулда стериллаш мохияти? В) Механик усулда стериллаш мохияти? 7. Сифатини баҳолаш? 1. Suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan dori moddalaridan in'eksion eritmalar tayyorlashda, dori moddasini gidrolizdan saqlab qolish uchun shuningdek ta'sirini uzaytirish maqsadida suvsiz erituvchilardan foydalaniladi. Kimyoviy tabiatiga ko‘ra in'eksion eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan suvsiz in'eksion erituvchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: • O‘simlik moylari. • Bir va ko‘p atomli spirtlar. • Oddiy va murakkab efirlar. • Amidlar • Sul'fonlar va sul'foksidlar. • Suvsiz in'eksion erituvchilar farmasevtik amaliyotda gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar, kamfora, barbituratlar, oltingugurt, simob tuzlari va boshqalardan in'eksion eritmalar tayyorlashda ishlatiladi.
SHuning uchun moylarni avtoklavda 1200S da 2 soat sterillash kerak. Moyli eritmalar shisha bilan muloqotda bo‘lmaganligi tufayli ularni tayyorlashda turg‘unlashtiruvchilar qo‘shilmaydi. Eritmalarni faqat quritilgan ampulalarga shprits usulida quyish lozim (ampula kapillyarlari ifloslanmasligi uchun, aks holda kavsharlash vaqtida moy kuyib, eritmani ifloslantiradi). 3. Moylar glitserinni har xil yuqori molekulali yog‗ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. In‘eksiya uchun ishlatiladigan moylar yangi yig‗ilgan mag‗izlar va mevalardan sovuq usulda siqib olinadi. Ular tiniq, oson qo‗zg‗aluvchan, saqlanish vaqtida cho‗kma hosil qilmaydigan, stearin fraksiyasidan va suv yuqidan tozalangan, kislota soni 2,5 dan ortiq bo‗lmasligi kerak. Bizda in‘eksion eritmalar tayyorlash uchun bodom, o‗rik va zaytun moylari ruxsat etilgan. Xalqaro farmakopeya talabiga binoan in‘eksiya uchun ishlatiladigan moylarni kislota soni 0,4-0,2 dan, yod soni 79-128 dan, sovunlanish soni 185-200 dan oshmasligi kerak. Ular tarkibida mineral yog‗lar saqlamasligi, uy sharoitida qotadigan bo‗lmasligi va tarkibi barqaror bo‗lishi kerak. Xorijiy mamlakatlarda oksidlanish jarayonini sekinlashtiradigan sezamin va sezamolin fermentlari saqlagan kunjut moyi nisbatan ko‗p ishlatiladi. Ko‗pchilik dori moddalarning moyda yomon erishi, moyli eritma in‘eksiyasining og‗riq berishi, moylarni oson oksidlanishi ularni keng miqyosda ishlatishga imkon beradi. Dori moddalarning moyda eruvchanligini yaxshilash maqsadida benzil-benzoat, polietilenglikol, benzil spirti, izopropil miristat kabi yordamchi erituvchilar qo‗shiladi. Sanoatda shaftoli (o‗rik), bodom, zaytun va soya moylari dezoksikortikosteron atsetat, dietilstilbestrol propionat, krizanol, yodolipol, kamfora, sinestrol, progesteron, testosteron, retinol atsetat, tokoferol atsetat, follikulin, xlorofillit, estradion benzoat kabi dori turlari ishlab chiqariladi. 4.Eritmalarni ampulalarga qo’yish avtomatik yoki yarim avtomatik usullar yordamida, vakuumda va parokondensatsiya usuli yordamida amalga oshiriladi. Shprits usulida ampulalarga eritma qo’yish maxsus yarim avtomat yordamida (Shtrunk Germaniya, Autonan - Angliya, Ponper - AQSh) olib boriladi. Bu usulda ampulalarga quyiladigan eritma miqdori aniqligi (2%), hamda ampula kapillyar qismida eritma qolmasligi kabi afzalliklarga ega. Ish unumdorligi soatiga 9000 dona ampula bo’lib, eamon talabiga javob bermaydi. Vakuum usuli.Bu usulda ampulalarni eritma bilan to’ldirish vakuum usulida yuvishga mo’ljallangan asboblarda olib boriladi. Farqi hosil qilinadigan vakuum chuqurligi aniq bo’lishi kerak, chunki u kerakli hajmdagi suyuqlikni ampulaga kirishini ta‘minlaydi. Ampula kapillyarida qolgan suyuqlikni yo’qotish uchun ampulalar kasseta bilan kapillyarini yuqoriga qaratib boshqa vakuum asbobga joylashtiriladi va filtrlangan havo yuboriladi, bunda suyuqlik ampulani korpusiga o’tadi. Bu usul korxona sharoitida keng qo’llaniladi va soatiga 30-50 ming ampulani eritma bilan to’ldirish mumkin. Kamchiligi: dozirovkasidagi aniqlik - 15% ni tashkil qiladi, ampula kapillyarlari eritma bilan ifloslanadi va uni yo’qotish alohida vaqt talab etadi. Ampulani to’ldirish kerak bo’ladigan eritmadan 3-4 marta ko’p eritma qaytadan filtrlashga yuboriladi. M.A.Seletskiy va V.A.Rivkinalar taklif qilgan yarim avtomatda eritmani dozalarga bo’lish va vakuum darajasi elektron boshqaruvchi va vakuum kontaktor yordamida amalga oshiriladi. Natijada ampulani aniq belgilangan miqdordagi eritma bilan to’ladi. Parokondensatsion usul.Bu usulda ampulalarni eritma bilan to’ldirish mumkinligini prof. F.A.Konev amalda ko’rsatdi. Bunda ampulani eritma bilan to’ldirish quyidagicha amalga oshiriladi: ampula parokondensatsion usulda to’la yuvib bo’lgandan so’ng suv bug’i bilan to’lgan ampulalar kapillyari bitta ampulaga mo’ljallangan eritma saqlagan dozatorga tushiriladi va korpusi suvitiladi. Bunda ampula eritma bilan to’ladi. Bu usulda ampulani eritma bilan to’ldirish shart-sharoitlari aniqlangan. Masalan, 1 ml li ampuladan suvni to’la siqib (vыdavlivanie) chiqargandan so’ng qizdirish zonasida (300oS) 25oS gacha bu zonadan tashqari (25oS) eritma bilan to’ldirishdan oldin 30 s gacha eritma bilan to’ldirish vaqti 3 s gacha. Parokondensatsion usul bilan faqat suvli eritmalar to‗ldiriladi. Soatiga 30-50 ming ampula to’ldirish mumkin. Ampulalarni to’ldirish aniqligi - 1%. Idishlarda in‘eksion eritmalar miqdori ko’rsatilganga nisbatan ko’proq bo’lishi kerak, chunki shprits yordamida olayotgan bir qism eritma idishni ichki devorini ho’llash (namlash) uchun sarflanadi. Ampulalarga solinadigan eritma me‘yori XI DF da keltirilgan. Ampulalar kapilyarlarini kesish.Bu jarayon qo’lda yoki avtomatlar yordamida amalga oshiriladi. Qo’lda kesishda asosan qayroqtoshdan foydalaniladi. Qayroqtosh maxsus yog’och yoki metaldan yasalgan o’rindiqqa mustahkamlangan bo’ladi. Korxonalarda bu maqsadda P.I. Rezepin foydalaniladi. Bunda bunkerdagi palkalar aylanib turadigan do’mbira cho’ntaklarga tushadi. Do’mbira aylanish davomida pulkalar kesuvchi pichoqqa tegib o’tadi. Shu vaqtda teskari tomonga aylanadigan tishli rezina disk pulkani o’z o’qi atrofida aylantirib, uning yuzida iz hosil qiladi. So’ngra sindirgich disk yordamida ampula kapilyarlari sindirib olinadi. Bu avtomatda soatiga 12,5 ming pulkani kesish mumkin. Hozirgi vaqtda shisha zavodlarda qo’shaloq ampulalar ishlab chiqarilmoqda. Ularninng kapilyarlarini o’rtasidan kesish va kassetaga joylashtirish 3113-00- 00PS avtomatida amalga oshiriladi. Eslatma: bu jadvaldan eritma solishdan oldin ampulalar quritilganda foydalaniladi, agar ampulalar quritilmasdan eritma quyiladigan bo’lsa, eritma tayyorlash vaqtida uning konsentratsiyasi ko’rsatilgan konsentratsiyadan kuchliroq bo’lishi kerak va belgilangan hajmdagi eritma solinadi. 5. Kavsharlash. Ampulalarni kavsharlashdan oldin uning kapillyarlaridagi suyuqlik yo‘qotiladi. Aks holda ampular yupqalashib, sterilizasiyaga bardosh bera olmaydi. Ular - alanga, elektr toki va plastmassa yordamida kavsharlanadi. Korxona sharoitida ko‘proq alangada kavsharlash usulidan foydalaniladi. Alangada kavsharlash kapillyar uchini eritish va uning o‘rtasidan eritib cho‘zish orqali amalga oshirilishi mumkin. Yorliqlash. Har bir ampula (idish) ga dori moddaning nomi, konsentratsiyasi yoki faolligi, hajmi (og’irligi) yoziladi. Bu jarayon Simxovich-Kislin dastgohi yordamida olib boriladi. Dasgoh yuqori qismida ampulalar joylashtirilgan idish (bunker) bo’lib, u cho’ntakchalari (har bir ampula joylashadigan moslama) bo’lgan do’mbiraga ampulalarni tushirib beradi. Bu do’mbiradan ampulalar ikkinchi do’mbira yuzasiga joylashgan qo’shaloq g’ildirakchalar o’rtasiga tushadi. 6. Sterillash va sterilizasiya usullari XI DF sining talabiga ko‘ra barcha tayyor dori preparatlari mikrobiologik tozaligi bo‘yicha talabga javob berishi lozim. Shuning uchun sterillash jarayoni barcha dori preparatlarini, ayniqsa in'eksion dori turlarini tayyorlashda katta o‘rin tutadi. Sterillash deb, turli usullar yordamida ob'ekt tarkibidagi barcha turdagi mikroorganizmlarning turli vegetativ shakllaridan xoli bo‘lishiga aytiladi. Dorilarni sanoat miqiyosida ishlab chiqarishda 3 xil sterillash usulidan foydalaniladi: 1. Fizikaviy 2. Kimyoviy 3. Mexanik usul: Fizik usul. Xaroratga chidamli dorilar avtoklavda 1200S xarorat, 1,1 atm. bosimda 8—15 daqiqa yoki 1100S xarorat, 0,5 atm. bosimda 30—60 daqiqa Bug‘ oqimida esa 100°S da 15—60 daqiqa Yuqori xaroratga chidamsiz moddalarni esa tindalizasiya usuli bilan 60—65°S xaroratda 1 soatdan 5 kun yoki 70—80°S xaroratda xar kuni 1 soatdan 3 kun sterilizasiya qilinadi. Korxonalarda ko‘pincha sterilizasiya Krupin kamerasida olib yuboriladi. Bu kamera ikkita xona o‘rtasida joylashgan bo‘lib, xar ikki tomonda eshiklari bo‘ladi. Bir tomondan ampulalar joylashtirilib, sterilizasiya tugagach, ikkinchi tomondan olinadi. Avval kameraning ilonsimon naylariga bug‘ yuborib isitiladi, so‘ng bug‘ kameraning o‘ziga yuboriladi. Kameradagi xarorat, bosim va sterilizasiya vaqti avtomatik usulda yozib boriladi. Sterilizasiya davrida singan, darz ketgan yoki kavsharlanmagan ampulalardagi suyuqlik chiqib ketadi va ampu¬la bug‘ bilan to‘lib qoladi. Bundan ampulalarni ajratib olishni osonlashtirish maqsadida sterilizasiya vaqti tugagach, kamera xona xaroratidagi rangli suv bilan to‘ldiriladi. Ampulalar sovigach bosimlar farqi hisobiga darz ketgan yoki yomon kavsharlangan ampulalarga suyuqlik kirib, ularni rangga bo‘yaydi. So‘ng suyuklik kameradan nasos yordamida kaytarib idishiga o‘tkaziladi. Avtoklavni ochib ampulalarni olgach, ular qaynoq suv bilan yuviladi va rangga bo‘yalgan ampulalar terib tashlanadi. Kimyoviy sterillashda har xil kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Shu maqsadda turli antiseptik (yunoncha anti— qarshi, sepsis — chirish, buzilish) moddalar (masa-lan, nipagin, nipazol, timol, salitsil va benzoy kislota), xlo-retan, trikrezol, feniletil spirt, sefirol tipidagi preparatlar, fenol, sulema, glitserin va boshq.) ishlatiladi. Bu preparat-larni konservantlar ham deb ataladi. Farmatsevtika amali-yotida konservantlardan eng ko’p qo’llaniladiganlari qu-yidagilar: Nipagin — paraoksibenzoy kislotaning metil efiri, oq kristall kukun, suvda kam eriydi (0,25 % 20°C da) etanolda eriydi. Qimmatbaho konservant, indiferent, 0,05 % konsentratsiyada natijasini beradi. 0,25 % konsentratsiya-gacha qo’llaniladi. Fenolga nisbatan bakteritsidligi 2,6 marta yuqori. Nipazol — paraoksibenzoy kislotaning propil efiri. Suvda eruvchanligi 0,03 %. Bakteritsidligi fenolga nisba-tan 15 marta yuqori. Qiyin eruvchanligi sababli 0,07 % ara-lashmali eritma — 7 qism nipagin, 3 qism nipazoldan iborat bo’lib, yuqori ta'sirga ega. Bu eritma bir qator dori mod-dalarning inyeksion eritmalarini tayyorlashda erituvchi sifatida qo’llaniladi, bu eritmalar issiqlikka sezgir bo’ladi va tezda parchalanadi. Xlorbutanolgidrat (xlor-eton) -- rangsiz kristall kam-fora hidiga ega bo’lib, 200 g suvda eriydi, etanolda esa oson eriydi. 0,5 % gacha konsentratsiyasi qo’llaniladi. Konservant-lar qatoriga etanol, glitserin kirib, ular suvli ajratmalarga ayrim hollarda qo’shish uchun ishlatiladi. Xloroform — xloroformli suv ko’rinishida (ekstraktlar olishda) salitsi-lat kislota 0,1 % va boshqalar. Ayrim dori moddalar bakte-riostatik ta'sirga ega bo’lib, ularning eritmalari o’zini-o’zi sterilizatsiya qilishi mumkin. Masalan, geksametilentetramin. Mexanik usulda eritmalar maxsus filtrlar orqali suziladi. Bunday filtrlar teshikchalarining diametri mikroorganizmlardan kichik bo’ladi va shuning uchun mikroblarni mexanik ravishda tutib qoladi. Filtrlar kaolin, chinni, asbest, kollodiy va shunga o’xshash moddalardan tayyorlanadi. Ular bakterial filtrlar deb ataladi va silindr plastinka shaklida chiqariladi. Mexanik usul, asosan, kimyofarm zavodlarda qizdirish vaqtida parchalanadigan moddalar uchun qo'1laniladi. Dorixonada shisha filtrlar keng qo’llaniladi. Ular shisha donchalarning pishirilgan plastinkalaridan iborat. Turli xil teshikli o’lchamlari mavjuddir. Filtrlar katta o’lchovli teshiklarda (Nel—4) eritmalarni filtrlash uchun qo’llaniladi. 5-o'lchamli filtrda steril eritmalar filtrlanadi. Filtrlash va-kuum-nasos yordamida olib boriladi. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling