Nazorat topshiriqlari
Download 475 Kb.
|
5-10-sinf nazorat ishlari yangi
NAZORAT ISHI (NI) –II
Nazorat shakli: Geografik diktant Mavzular: Jahon aholisining soni – Fan-texnika inqilobi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga innovatsion texnologiyalarning ta’siri 1. Ilmiy manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, insonlarning eng qadimgi ongli vakillari - ………………………………………… - bundan taxminan 50 ming yillar avval paydo bo‘lgan. Javob: Homo sapiens 2. 1960 – 1980-yillarda jahonda “…………………………………………” (o‘lim darajasi pasayishi tufayli aholi sonining tez sur’atlar bilan ko‘payishi) jarayoni yuz berdi. Javob: demografik portlash 3. Davlatlarda aholining tabiiy o‘sishi yuqori darajada saqlanishiga ………………………………………………….. va ……………………… omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Javob: ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 4. ………………………, …………………………., …………………………, ……………………………, ………………………………. kabi davlatlar jahonning aholi zichligi ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan davlatlari qatoriga kiradi. Javob: Mongoliya, Namibiya, Avstraliya, Kanada, Qozog‘iston 5. Jahon aholisining jinsiy tarkibida erkaklar salmog‘i ……………, ayollarniki esa ………………... ga teng. Javob: 50,5%, 49,5% 6. Amerika qit’asi aholisining irqiy tarkibida …………………, …………………., ………………….. aralsh irq vakillari yuqori salmoqqa ega. Javob: metis, mulat, sambo 7. Yagona tili, hududi, madaniyati, mentaliteti va milliy o‘zligini anglash xususiyatlari yuqori darajada shakllangan, ko‘pchilik holatlarda o‘z siyosiy davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan yirik etnoslar …………………… deb ataladi. Javob: millat 8. …………………., …………………….., ……………………….., ……………………….., ………………………. va ……………………. tillari BMT faoliyatida qo‘llaniladigan rasmiy tillar hisoblanadi. Javob: xitoy, ingliz, ispan, fransuz, arab, rus 9. …………………………………. – shaharlar, shahar aholisining soni va salmog‘ining o‘sishi, shahar turmush tarzining tarqalish jarayoni. Javob: urbanizatsiya 10. …………………………………. – turli kattalikdagi shaharlarning ma’muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy aloqalar natijasida birlashuvi hisoblanadi. Javob: Shahar aglomeratsiyasi 11. …………………………….. deb yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining bir-biriga qo‘shilib ketishiga aytiladi. Javob: Megapolis 12. …………………………………………….. deb, ayrim davlatlar xo‘jaligining ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va bu mahsulotlarni boshqa davlatlar bilan ayirboshlashiga aytiladi. Javob; Xalqaro mehnat taqsimoti 13. XVIII asr oxirida …………………… tomonidan bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalarining ishga tushirilishiga yordam berdi. Javob: J.Uatt 14. …………………………………….. davlatlarning o‘zaro mustahkam aloqalarga hamda milliy xo‘jaliklararo mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy birlashuv jarayonidir. Javob: Xalqaro iqtisodiy integratsiya 15. Ikki va undan ortiq davlatda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar hamda katta miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya …………………………….. hisoblanadi. Javob: transmilliy kompaniya 16. Ishlab chiqarish, fan-texnika va moliyaviy resurslari katta bo‘lgan, jahon xo‘jaligi va siyosatida alohida o‘rin egallagan davlatlar …………………………………………………………………………………… sifatida tilga olinadi. Javob: jahon iqtisodiyotining asosiy markazlari 17. ………………………………………….. deb jamiyatda fanning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi natijasida ishlab chiqarishda tub sifatiy o‘zgarishlarga erishish jarayoniga aytiladi. Javob: Fan-texnika inqilobi (FTI) 18. Butun jahonda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining 4/5 qismi …………………………, ……………………………, ……………………. va boshqa 10 ta rivojlangan davlatga to‘g‘ri keladi. Javob: Yaponiya, AQSH, GFR 19. …………………………………… (iqtisodiyoti) turli ko‘rinishdagi savdo-iqtisodiy aloqalar bilan o‘zaro bog‘langan barcha mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlari majmuyi hisoblanadi. Javob: Jahon xo‘jaligi 20. Barcha ……………………………………. davlatlarga esa jahon bo‘yicha fan rivojiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning atigi 4 – 5 % i to‘g‘ri keladi. Javob: rivojlanayotgan Download 475 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling