10
Javob
|
A
|
A
|
A
|
B
|
A
|
D
|
A
|
C
|
D
|
C
|
Javobi yoziladigan testlar
1960-yil „Triyest” batiskafida qaysi okean botig‘i aniqlangan?
Javob: 1960-yilda fransuz Jan Pikar Mariana cho‘kmasini zabt etdi.
Hozir Dunyo okeanida qancha hayvon va o‘simlik turi mavjud?
Javob: Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida o‘simlik turi mavjud.
Nektonlar qanday organizmlar?
Javob: Nektonlar – erkin ko‘chib yuruvchi organizmlar bo‘lsa, planktonlar suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlardir (fitoplankton va zooplanktonlar).
14.Hozir Dunyo okeani sohilida qancha dengiz port-shaharlar mavjud?
Javob: Hozir Dunyo okeani sohillarida 2700 ta dengiz port – shaharlari mavjud.
15. Dengiz turizmidan olinadigan daromad qancha dollarni tashkil etadi?
Javob: Undan tushgan yillik daromad 220 mlrd. dollar ($)ni tashkil etgan.
3-NAZORAT ISHI
Mavzu: Afrika materigi
Nazorat shakli: Amaliy topshiriq
I variant.
Afrika materigini 20° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho‘zilganligini gradus va km larda hisoblang.
Javob: 20° meridian yoyi bo‘ylab Afrikaning chekka shimoliy nuqtasi 32° shimoliy kenglikdan, janubi esa 35° janubiy kenglikka to‘g‘ri keladi. Bu ikki nuqta ikki xil yarimsharda joylashganligi sababli ular o‘zaro bir-biriga qo‘shiladi, ya’ni 32°+35°=67°. Demak, 20° meridian yoyi bo‘ylab Afrika materigi shimoldan janubga 67° ga cho‘zilgan. Endi uni km larda ifodalaymiz. Buning uchun bizga 1° meridian yoyining o‘rtacha uzunligining qiymati kerak bo‘ladi. Bu qiymatda 1° meridian yoyining o‘rtacha uzunligi 111,1 km ga teng. Bundan 67×111,1 km = 7443,7 km. Afrika materigi 20° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga 67° ga cho‘zilgan. Bu o‘rtacha 7443,7 km ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |