Назорат учун саволлар


Download 15.9 Kb.
Sana27.10.2020
Hajmi15.9 Kb.
#137112
Bog'liq
Назорат учун саволлар 1


Назорат учун саволлар

  1. Инновацион фаолиятни бошқариш фанининг мақсади ва вазифалари?

  2. Инновацион фаолиятнинг моҳияти ва турлари, инновацион фаолият концепцияси?

  3. Инновацион фаолият инфратузилмаси ва инновацион ривожланиш?

  4. Ўзбекистон Республикасида замонавий инновацион маркетингстратегиялари.

  5. Бугунги кунда жахон билан олиб бораётган инновацион олди сотди муносабатлар қай даражада?

Javoblar

1. Korxona innovatsion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi,

an’analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog’liq. Zamonaviy iqtisod xo’jalik faoliyatining sub’ekti – bu korxona, kompaniya, firma, korporatsiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir.

Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi

hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.

U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi.

Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko’tarishdan iboratdir.

Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.

Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog’liqdir.

Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o’tkazishni o’z ichiga oladi.

Innovatsion menejmentning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish asosida tashkilotni o’sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishnifaol o’sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir.

Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va o’zlashtirish, korxonaga investitsiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni o’zgartirishga o’qitish, xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash, ITTKI va yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo’llari va uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.

Rejalashtirish. Rejalashtirish – bu innovatsion menejmentning maxsus vazifasi, u

tashqi va ichki muhit omillarini tahlil qilish, tashkilot faoliyatini bashoratlash firma

strategiyalarini amalga oshirish va qo’yilgan maqsadga erishishni rejalashtirish bo’yicha

tadbirlar tizimini boshqarishdan tashkil topadi. Rejalashtirish jarayoni ishlarni bajarish

muddatlari (qisqa muddatli, o’rtacha muddatli, uzoq muddatli), maqsadlar (strategik va

operativ rejalashtirish), ob’ektlar (IITKI, ishlab chiqarishlari, ta’minot, sotish va h.k.

rejalashtirish), ishlab chiqarish omillari (uskunani modernizatsiyalash, texnologiyani

takomillashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash, xom ashyo va materiallar

bilan ta’minlash va h.k.) bo’yicha bo’linadi.

Rejalashtirish jarayoni quyidagilarning tahlilidan tashkil topadi:

- tashqi va ichki muhit omillari;

- ishlab chiqarish imkoniyatlari va ishlab chiqarish apparatining holati;

- ITTKI, yangi texnologiyalar, mahsulotning yangi namunalari;

- moliyaviy holat va moliyaviy imkoniyatlar va boshqalar.

Keyingi bosqich quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar rejalarining holatidan iborat:

- yangiliklar g’oyalarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy – tadqiqot ishlari, laboratoriya tadqiqotlarini o’tkazish, yangi mahsulotning laboratoriya namunalari, yangi texnika va yangi buyumlarining turlarini ishlab chiqish;

- tajriba konsturktorlik ishlarini tashkil qilish va o’tkazish;



2.
Download 15.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling