Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 28 Kb.
bet2/2
Sana16.12.2021
Hajmi28 Kb.
#181322
1   2
Bog'liq
Biznes rejalashtirish maʼruza 6-topshiriq

Javoblar:

1. Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovami ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo'ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. Umuman, marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlaming vujudga kelishi, tovar turlarining ko'payishi va tadbirkorlar o'rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir. Marketing korxonalaming bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo'lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o'rganish, ularga mos tovariar yaratish, narx belgilash, tovarlami yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko'rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketing tamoyillari marketing asosi va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo'ljallashdan iborat.

2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo'lib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konsemi boshqaruvi raisi Djon harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o'rnini tavsiflab shunday deydi, ya’ni «Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg'i, balki kema komandasidir». Talab bilan taklifning o'zaro ta’siri alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-i qtisodiy kategoriyalarning o'zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlaming iste’moli (ishlatilishi) kiradi.

3. Marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillar kelib chiqadi:

• iste’molchilarga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;

• istiqbolga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga yo'naltirilgan bo'lishi zarur;

• pirovard ko'rsatkichga erishishga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasi, foyda oshishi va hokazolar.

4. Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

5. Xaridorlaming tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentlash deyiladi.

6. Bozorni segmentlash turlari:

a) Segmentlash xarakteriga koʻra:

-makrosegmentlash;

-mikrosegmentlash;

-ichkarida;

-chuqur segmentlash;

-avvaldan;

-yakuniy segmentlash.

b) Isteʼmolchilar xarakteriga koʻra:

-isteʼmol tovarlari isteʼmolchilarini segmentlash;

-ishlab chiqarish, texnik tovarlar boʻyicha isteʼmolchilarni segmentlasg;

-ikki turdagi tovar isteʼmolchilarini segmentlash.

7. Segmentlash jarayonining muhim bosqichi bozoming maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi. Maqsadli segmentni tanlash muammosi yetarli darajada murakkab bo'lib, uni hal etish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi:

• segment o'lchami va uning o'zgarish (o'sish, kamayish) tezligini o'rnatish;

• segmentning jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;

• o'zlashtirayotgan segment maqsadi va tashkilot resurslarini aniqlash.

Segment o'lchami uning miqdoriy o'lchamlari va birinchi navbatdasig'imi bilan tavsiflanadi. Segment sig'imini aniqlash uchun tovariar hajmi, ushbu segmentda ulami umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovaming potemjial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir.

8. Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur ma’lumotlar va axborotlarni to'plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o'tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumot va manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ulami qayta ishlash mumkin. Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so'rov, guruhli bahs eng ko'p qo'llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida samarali axborot to'plash, uni qayta ishlash, texnika vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli va bort-kompyuterii avtomobilga boshlang'ich talabni baholash tadqiqotini olib ko'raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlaming joriy davrda va avtomobilb bozoridagi munosabatlari, ko'nikmalarini baholash mumkin. So'rov uslubida esa aniq bir xaridoming «yangi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo'yadigan talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillaming kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin.

9. Marketing tadqiqoti turlari:

- iste'mol ehtiyojlarini o'rganish;

- raqobatchilar harakatlari o'rganish;

- monitoring etkazib beruvchilar;

- sanoat bozorida o'rganish;

- tahlil tovarlar va xizmatlar, shuningdek, shu jumladan narx monitoringi;



- o'quv dasturlari mahsulotlarini tanitish uchun.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling