yassilashadi.
qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Kifoz qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin va
Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasi ning hamma tabiiy egilishlari normaga nisbatan
kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi.
Skolioz qad-qomat. Tik tirganda
yelkalarning biri baland, biri past, kuraklarni biri
baland, biri past bo`ladi. Ko`ylaksiz, yalong`och holatda ko`rganda, umurtqa
pog`onasining o`ng yoki chap tomonga egrilanganini ko`rish mumkin.
Umurtqa pog`onasining egrilanishini oz yoki ko`p bo`lishiga ko`ra skolioz 3 darajada
bo`ladi:
- birinchi daraja skoliozda odam kuylaksiz tik turgan vaziyatda ikki qo`lini boshining
orqasiga qo`ysa, umurtqa pog`onasining egrilangan qismi tekislanadi, ya`ni skolioz
vaqtincha yo`qoladi.Bunda umurtqa pog`onasi muskullarining tarangligi pasaygan
bo`ladi;
- ikkinchi daraja skoliozda odam yuqoridagi vaziyatda turganda skolioz vaqtincha
yo`qoladi. Bunda umurtqa pog`onasi muskullarini tarangligi pasayishdan tashqari, paylar
ham cho`zilgan bo`ladi.
- uchinchi daraja skoliozda umurtqa pog`onasining egrilanishi odamning ko`ylaksiz
(yalang`och) holatida yaqqol ko`rinib turadi. Umurtqa pog`onasining bukilib, dumboq
hosil qilgan tomonidagi qovurg`alar ichiga botadi, qarama-qarshi tomondagi qovurg`alar
esa bo`rtib chiqadi.Turnikka osilganda skolioz yo`qolmaydi. Bunda umurtqa
pog`onasining muskullari va paylari tarangligini pasayishidan tashqari, umurtqalar
orasidagi tog`aylar va umurtqa suyaklari ham o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: