Название Viii-bo`lim. Onalik va bolalikni muhofaza qilish


Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari


Download 145.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana08.01.2022
Hajmi145.04 Kb.
#246510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3-Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi - Viii-bo`lim

Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari.

Yuqorida ko`rsatilgan bolalik va o`smirlik davrlarining har biri o`ziga xos anatomik-




fiziologik va tibbiy-ijtimoiy xususiyatlarga ega.

Chaqaloqlik davri. Bola tug`ilishi bilanoq, uning kindigi kesilib, ona organizmidan

ajratiladi. Shu vaqtdan u ona tanasidan alohida, mustaqil yashay boshlaydi. Bola bir oylik

bo`lguncha chaqaloq hisoblanadi.Bu davr bola uchun eng murakkab davr bo`lib, u tashqi

muhitga moslasha boshlaydi.Ma`lumki, bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi,

buyraklari, ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqarish a`zolari, nerv sistemasi va

boshqalar u tug`ilgunigacha ishlab turadi, ba`zi a`zolari esa (nafas, ovqat hazm qilish,

kichik qon aylanish doirasi) tug`ilgandan keyin ishlay boshlaydi.

Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo`lib, u har xil kasalliklarga tez

chalinadi.Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan

xalqimiz urf-odatiga ko`ra, chaqaloq 40 kunlik bo`lguncha chilla davri deb ataladi.Bu

davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil

kasalliklardan muhofaza etiladi.Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o`rni bitgunicha

(8-12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo`lish zarur.Kindik

yarasiga brilliant yashili surtib turiladi.

Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo`lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash

kerak.Yo`rgaklari toza, dazmollangan bo`lishi, parvarish qiluvchi kishi qo`lini sovunlab

yuvib turishi va og`iz-burniga to`rt qavatli doka niqob tutishi kerak.

Chaqaloqning hazm qilish a`zolari juda nozik bo`lganligi sababli uni ovqatlantirish

qoidalariga alohida e`tibor berish kerak. U onasini emib o`sa boshlaydi. Ona suti

bo`lmasa yoki yetishmasa, sun`iy sut aralashmalari beriladi. Bolani har 3 soatda (bir

kecha-kunduzda 7 marta, kechasi 6 soat tanaffus) emizish kerak.

Agar chaqaloq yaxshi parvarish qilinsa, ovqatlantirish qoidalariga amal qilinsa, u normal

rivojlanadi, bezovta bo`lmaydi, bir kecha-kunduzda 22 soat uxlaydi, ya`ni faqat

ovqatlanish vaqtida uyg`onadi. Chaqaloq parvarishi va uning kasalliklari haqida oldingi

mavzuda batafsil ma`lumot berilgan.


Download 145.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling