Uchinchi sog`liq guruhiga – qandaydir surunkali kechayotgan kasalligi bo`lgan bolalar
va o`smirlar kiradi.Masalan, tonzillit, revmatizm, yurak porok kasalligi, loringit,
traxeobronxit, bronxial astma, gepatit, xoletsistit, piyelonefrit, gastrit, enterit, kolit, asab
tizimi kasalliklari va hokazo.Ammo, bu surunkali kasalliklar ayni paytda xuruj qilmagan
(kompensatsiya) davrida bo`ladi.Bu bolalar va o`smirlarning ish bajarish imkoni deyarli
normal bo`ladi;
To‘rtinchi sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasalliklari bo`lib, ayni paytda u yengil
xuruj qilgan (subkompensatsiya) davrida bo`ladi.Bola va o`smirning ish bajarish imkoni
ma`lum darajada pasaygan bo`lib, poliklinikaga qatnab, uyida davolanish zaruriyati
tug`iladi;
Beshinchi sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasalligi bo`lib, ayni paytda u og‘ir
xuruj qilgan (dekompensatsiya) davrida bo`ladi. Bola va o`smirning ish bajarish imkoni
yo`qoladi, uning shifoxonada yoki uyida shifokor nazoratida ko`rpa-to`shakda yotib
davolanishi shart bo`ladi.
Izoh: Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi sog`liq guruhiga kirgan bolalar va o`smirlar 15
yoshgacha bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr-shifokori, 16-18 yoshdagi o`smirlar-
kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`ladilar va vaqti-vaqti
bilan ularga sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkazib turiladi. Maktab va boshqa o`quv
muassasalarida jismoniy mehnat bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarda ularga yengillik
beriladi.
Bular mahalliy pediatr va o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`lish bilan birga
surunkali kechayotgan kasallikning turiga ko`ra, tor mutaxassis shifokorlarning
nazoratida ham bo`lib, ularning tavsiyasiga muvofiq vaqti-vaqti bilan davolanib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |