Aynan o‘sha kvantlar ekrandagi lyuminoforga ta'sir ko‘rsatib, o‘z navbatida, lyuminoforni biz ko‘ra oladigan spektrdagi yorug‘lik chiqarishga majbur qiladi. Displeyning har bir pikseli, yanada kichikroq bo‘lgan pikselchalardan iborat bo‘lib, undagi lyuminofor turli rangdagi yorug‘lik nurlarini - yashil, ko‘k va qizil nurlarni chiqaradi. Hozirgi paytda mavjud bo’lgan vakuum texnikasi gazning zichligini 109 marta kamaytirish imkonini beradi. Yuqori vakuumda idish ichida qolgan molekulalar soni – 1010 sm3 bo’lib, havo uchun molekulalarning tartibsiz harakati tezligi 500m/s ni tashkil etadi.Yuqori vakuumda tok tashuvchi yo’q va uning uchun u izalyatordir. Lekin vakuumda elektr toki hosil qilish mumkun. Elektronlarning jismdan chiqish hodisasi elektronlar emissiyasi deyiladi. Jism qizdirilganda elektronlarning undan chiqish hodisasi termoelektron emissiyasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |