Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
III bob bo‟yicha xulosa 1. Bitumdan smolalar va asfaltenlar ajratib olishda neft:n-pentan 40:1 nisbatda aralashtirilganda asfaltenlar cho‘kmaga tushishi, smola va moylar esa, eritmada qolishi o‘rganildi. 2. Adsorbsion xromatografiya usulidan foydalanib, smolalar va moylarni bir-biridan ajratib olindi. Ajratish jarayonida adsorbent sifatida siolitlardan, desorbent sifatida esa, etanol va benzol aralashmasidan foydalanildi. 3. Asfaltenlar, karbenlar va karboidlar aralashmasidan asfaltenlarni ajratib olishda CCl 4 foydalanildi. Asfaltenlar CCl 4 da erishi, karbenlar va karboidlar esa, erimasligidan foydalangan holda bir-biridan ajratib olindi. 4. Novolok smolasini hosil bo‘lish reaksiyasining muqobil sharoitlari (fenol:formaldegid 7:6 mol nisbatlarida, PH=6 kislotali muhitda, reaksiya harorati 85-90 0 C, reaksiya davomiyligi 2 soat ekanligi) aniqlandi. 84 Xulosa Olingan natijalarga asoslangan holda quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Ko‘plab adabiyotlar bilan tanishib chiqqanimizda smolalar sintezi hamda bitumdan smolalarni ajratib olishning texnologik jarayonlari kam o‘rganilganligi aniqlandi. 2. Bitumdan smolalar va asfaltenlar ajratib olishda neft:n-pentan 40:1 nisbatda aralashtirilganda asfaltenlar cho‘kmaga tushishi, smola va moylar esa, eritmada qolishi o‘rganildi. 3. Adsorbsion xromatografiya usulidan foydalanib, smolalar va moylarni bir-biridan ajratib olindi. Ajratish jarayonida adsorbent sifatida siolitlardan, desorbent sifatida esa, etanol va benzol aralashmasidan foydalanildi. 4. Asfaltenlar, karbenlar va karboidlar aralashmasidan asfaltenlarni ajratib olishda CCl 4 foydalanildi. Asfaltenlar CCl 4 da erishi, karbenlar va karboidlar esa, erimasligidan foydalangan holda bir-biridan ajratib olindi. 5. Bitumdan ajratib olingan smolalarga taqqoslab o‘rganish maqsadida smolalar hosil qiluvchi (polietilenadipat, melamin furfurol, fenol formaldegid, mochevina furfurol) sopolimerlar sintez qilindi va ularning erituvchilari (aseton, propel spirit, izopropil spirti, bo‘tanol) hamda cho‘ktiruvchi (suv, aseton, benzol) lari aniqlandi. 6. Polietilenadipat sopolimerining (asetondagi) eritmasi cho‘ktiruvchi (suv) ta‘sirida 5 ta fraksiyaga ajratildi. Har bir fraksiyaning xarakteristik qovushqoqlik (0,98; 0,81; 0,74; 0,66; 0,55) lari hamda molekulyar massa (11258; 10400; 9500; 8600; 7800) lari hamda polimerlanish daraja (65,5; 60,5; 55,2; 50; 45,3) lari aniqlandi. Sopolimerning quyi molekulyar massali (10400; 9500; 8600; 7800) fraksiyalarini smola sifatida ishlatish mumkin degan xulosaga kelindi. 85 7. Novolok smolasini hosil bo‘lish reaksiyasining muqobil sharoitlari (fenol:formaldegid 7:6 mol nisbatlarida, PH=6 kislotali muhitda, reaksiya harorati 85-90 0 C, reaksiya davomiyligi 2 soat ekanligi) aniqlandi. 8. Smolalarga pigmentlar qo‘shib rangini, to‘ldirgich (uglerod, selyuloza, metal sulfid) lar qo‘shib mustahkamligini, cho‘zilishini 2500kg/sm 2 gacha va solishtirma qovushqoqlik zarbini esa, 40-50 kg.sm/sm 2 gacha oshirish mumkinligi o‘rganildi. 9. Smolalarning xossalari to‘ldirgich (talk, kaolin, astbestli kukun) lar ta‘sirida yaxshilanib, mebellar, avtomobillarning turli qismlari uchun talablarga javob beradigan lak, emal, yelim va bo‘yoqlar sifatida ishlatish mumkin degan xulosalarga kelindi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling