Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


Magistrlik dissertasiyasining vazifalari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Magistrlik dissertasiyasining vazifalari:  
1. Sintez qilingan sopolimerlarni fraksiyalarga ajratish. 
2. Har bir fraksiya eritmasini qovushqoqligi hamda molekulyar massasini 
aniqlash. 
3. 
Sintez 
qilingan 
polietilenadipamid, 
melamin-furfurol, 
fenol-
formal‘degid, mochevina-furfurol smolalarining fizik-kimyoviy xossalarini 
o‘rganish. 



4. Olingan smolalar uchun eng yaxshi erituvchilarni tanlash va yupqa 
qatlam plyonkalar hosil qilish xususiyatlarini o‘rganish. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Neftdan juda ko‘plab, 4000 
dan ortiq (kimyoviy reagentlar va erituvchilar, kema, avtomobil, aviasion 
yoqilg‘ilar, qurilish, yo‘l qurilish bitumlari, izolyasion materiallar, surkov 
moylari, polimer va sopolimerlar, lak, emal, yelim va bo‘yoqlar, tibbiyotda 
ishlatiladigan dori-darmonlar va hokazo) mahsulotlar olinadi. Keyingi vaqtlarda 
rivojlangan mamlakatlarda neft mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida kam 
foydalanilmoqda. Ko‘proq neftni kimyoviy qayta ishlash natijasida xalq 
xo‘jaligining turli sohalari uchun tayyor mahsulotlar olinmoqda. Neft er ostida 
uzoq vaqt (asrlar) davomida hosil bo‘ladi. Uni tejab ishlatishimiz lozim.
Agar kelajakda smola va smola mahsulotlari (lak, emal, yelim va 
bo‘yoqlar)ga bo‘lgan talab ko‘payib ketsa, smolalarni faqat neft (bitum) dan 
ajratib olmasdan balki, sintez usullari asosida ham smolalar olish mumkin. 
Sintez usulining afzallik tomonlari ham mavjud bo‘lib, bir xil tarkibli va bir xil 
uzunlikdagi smolalar olish mumkin. Ularning fizik-kimyoviy xossalari bir xil 
bo‘lganligi uchun, ularga ma‘lum bir talablarni qo‘yish hamda xalq xo‘jaligining 
turli sohalarida qo‘llash mumkin bo‘ladi. 
 Mavzu bo„yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Ko‘plab adabiyotlar bilan 
tanishib chiqganimizda neftni qayta ishlash jarayonlarida bitum olish 
jarayonigacha o‘rganilgan. Neftni qayta ishlash texnologiyalarida ham oxirgi 
mahsulot bitum ekanligini ko‘rish mumkin. Adabiyotlarda smolalar sintezi va 
smolalarni neft (bitum) dan ajratib olish, ulardan lak, emal, yelim va bo‘yoqlar 
tayyorlash jarayonlari kam o‘rganilgan. 
Adabiyotlarda berilgan ma‘lumotlarga tayangan holda smolalarni neft 
(bitum) dan ajratib olish hamda sintez usullaridan foydalanib smolalar 
sintezlash, olingan smolalarni fraksiyalash, eng yaxshi uchuvchan erituvchilarni 
tanlash, lak, emal olish, smolalarga pigmentlar qo‘shib bo‘yoqlar tayyorlash 
jarayonlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydim.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling