Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Neftning fizikaviy xossalari. Neftning zichligi va solishtirma og‗irligini
aniqlash ko‘pincha areometrlar bilan yoki piknometrlarda olib boriladi. Ko‗pchilik neft va neft fraksyalari ko‗p katta bo‗lmagan temperatura (0-50 0 C) oraliqlarida aniqlanadi va zichlikning temperaturaga bog‗liqligi (tog‗ri chiziqli xarakterga ega) grafigi chiziladi [3]. Ko‗pchilik neftlarning zichligi 1 dan kichik va o‗rtacha 0,80 dan 0,90 oralig‘ida yotadi. Yuqori qovushqoqlikka ega bo‗lgan smolasimon neftlar tabiiy asfaltenlarga yaqin bo‗lib, ularning zichligi 1 ga yaqin bo‗ladi. Gazokondesatli joylarda hosil bo‗lgan oq neftlarning zichligi 0,75 - 0,77 gacha bo‗ladi. Neftning zichlik kattaligiga ko‗p faktorlar tasir qiladi. Eng asosiysi smola va erigan gazlarning kimyoviy tarkibidir. Neftda ketma-ket keluvchi fraktsiyalarning zichligi tekis o‗sib boradi. Neftning ingichka fraktsiyalarining zichligi esa, kimyoviy tarkibi bilan bog‗liq bo‗ladi. Aromatik uglevodorodlar ko‗proq zichlikka ega, parafenlar esa kamroq, naftenlarning zichligi esa, ular oralig‗ida yotadi. Shuningdek neftning zichligiga asoslanib, benzin va kerosinlar tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi haqida oldindan aytish mumkin. Neftning yuqori temperaturalarda qaynaydigan fraksiyalaridagi strukturalari haqida zichligini aniqlamasdan turib gapirib bo‗lmaydi. Ko‗pchilik neftlarning o‗rtacha molekulyar og‗irligi 250-300. Aytish mumkinki, neftning birinchi suyuq vakili pentanning molekulyar og‗irligi 72 ga teng. Neftning yuqori molekulyar geteroatomli birikmalari smolalar va asfaltenlarning molekulyar og‗irligi 700 - 2000 og‗irlikda bo‗ladi. Neftning molekulyar og‗irligini bilish moy fraktiyalaridagi funksional gruppa tuzilishlarini aniqlashda, iod va brom sonlarini aniqlashda, neft tarkibidagi to‗yinmagan uglevodorodlarning miqdorini turli texnologik hisoblashlarni oldindan chiqarishga imkon beradi. Bir xil temperaturadagi haydalgan fraksiyalarda va turli neftdan ajratib olingan birikmalarning molekulyar og‗irliklari bir - biriga yaqin bo‗ladi. Quyidagi jadvalda ma‘lum bir temperaturalar oralig‘ida ajralib chiqayotgan fraksiyalarning o‘rtacha molekulyar og‘irliklari keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling