Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash. Ma‘lumki neft
mahsulotlarini kimyoviy tekshirish usullari turli tumandir. Eng oddiy hollarda hech bo‗lmaganda qaysidir bir guruh miqdorini aniqlash talab qilinadi. To‗yinmagan uglevodorodlarni barcha kimyoviy usullar bilan aniqlash tarkibidagi qo‗shbog‗ga birikish reaksiyasiga asoslangan. Reagentlar sifatida galogenlar va ularning hosilalari, sulfat kislota, vodorod, sirka kislotaning simobli tuzi, azot oksidlari va qo‗shbog‗ga birika oladigan boshqa moddalar kiradi [5-6]. Eng oddiy va eng kam tarqalgan usullardan biri bu brom yoki yod sonini aniqlash usulidir. Brom yoki yod soni bu 100 g tekshiriluvchi moddaga birikishi mumkin bo‗lgan brom yoki yod miqdoriga aytiladi. Brom yoki yod sonini aniqlashning mohiyati shundaki, galogenlash reaksiyasi o‗tkazilgandan keyin reaksiyaga kirishmay qolgan galogen natriy tiosulfat bilan titrlanadi. Parallel ravishda reaksiya uchun olingan galogenning miqdori ham titrlanadi. Shunday 15 qilib, maqsadli ravishda o‗tkazilgan titr bilan ikkinchi parallel o‗tkazilgan titrlarning farqi topiladi. Brom va yod sonlarini aniqlashning bir qancha variantlari taklif qilingan. Ular bir biridan galloidni biriktirish reksiyasiga kiritish usullari bilan farq qiladi. Eng ko‗p tarqalgan bromat usulida brom KBr va KBrO 3 tuzlarinig kislotali muhitdagi eritmasidan olinadi. 5КВr + КВrО 3 + 3Н 2 SO 4 = 3K 2 SO 4 + 3H 2 O + 3Br 2 Bu sulda bromning birikish reaksiyasi sovutish orqali olib boriladi, sovugan muhitda brom bug‗ shaklida ajralib chiqib yo‗qolmaydi va yonaki reaksiyalarning ketishini sovutish yordamida tormozlash imkoniyati mavjud bo‗ladi. Bundan tashqari Kaufman-Galpern usullari ham eng samarali usullardan biri bo‗lib sanaladi. Bu usulda almashinish reaksiyalarida deyarli ishtirok etmaydigan kompleks hosil bo‗ladi, bu esa, o‗z navbatida qo‗shbog‗ning aynan uzilgan joyiga bromlanish reaksiyasining borishini ta‘minlaydi. Xloroltingugurtli birikmalar alkanlar, sikloalkanlar va aromatik birikmalar bilan ta‘sirlashmaydi. Nametkin usuli bo‗yicha benzin xloroltingugurt bilan ishlanadi. So‗ngra hamma reaksiyaga kirishilmagan uglevodorodlar bug‗ bilan haydaladi va suvdan ajratilgandan keyin torozida uning miqdori o‗lchanadi. Bu usul orqali alkenlarning miqdori juda katta aniqliklarda topiladi. Sulfat kislotaning 86% dan kam bo‗lmagan konsentratsiyasi bilan to‗yinmagan uglevodorodlar nordon va o‗rta tuzlarni hosil qiladi: R- CH = CH 2 + H 2 SO 4 = R – СH 2 (CH 3 ) – O - SO 2 OH Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling