Neft fraksiyalarinig kimyoviy tarkibi
Download 27.49 Kb.
|
1 2
Bog'liqNEFT FRAKSIYALARINIG KIMYOVIY TARKIBI 11
NEFT FRAKSIYALARINIG KIMYOVIY TARKIBI Neftni qayta ishlash sanoatida eng zarur neft mahsulotlarini olish uchun va ularning siafatini oshirishda kimyoviy jarayonlar keng qo`llaniladi. Kimyoviy jarayonlarni qo`llash ilk neftdagi miqdoridan 1,5-2 marta ko`p bo`lgan miqdorda rangsiz neft mahsulotlarini olish bilan boradigan neftni chuqurroq qayta ishlashni ta'minlaydi. Kimyoviy jarayonlar ko`pincha neft kimyoviy ishlab chiqarishlar uchun xomashyo olishga imkon beradi. Masalan, to`yinmagan uglevodorodlar - etilen, propilen, butilenlar, butadien; aromatik uglevodorodlar - benzol, toluol, etilbenzol, ksilollar, izopropilbenzol va boshqalar. Bunday xomashyo bazasida plastmassalar, sintetik kauchuklar, sintetik tolalar, yuvish vositalari va boshqa qimmatli mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda. Qator kimyoviy jarayonlarni qo`llash rangsiz neft mahsulotlari va moylarning sifatini oshirishni ta'minlaydi – oltingugurtsizlantirish-ga, detonatsiyaga qarshi xossalarni oshirishga va turg`unlikni oshirishga, kokslanishni pasaytirishga, rangini yaxshilashga va shu kabilarga olib keladi. Neftni qayta ishlashda qo`llaniluvchi va keng tarqalishga ega bo`lgan asosiy kimyoviy jarayonlarning ayrimlarini sanab o`tamiz: katalitik riforming, katalitik kreking, izomerizatsiya, gidrotozalash, gidrokreking, kokslash, piroliz, benzolni alkillash, izoparafin uglevodorodlarni alkillash, degidrirlash, oksidlash, polimerizatsiya va boshqalar. Neftni termik qayta ishlash asosiy jarayonlari quyidagilardir: 1. Termik kreking. 2. Piroliz. 3. Kokslash. Termik jarayonlarni olib borish sharoitiga qarab xomashyo turli agregat holatda bo`lib qolishi mumkin. Piroliz jarayonida reaksiyalar gaz fazada amalga oshiriladi, neft qoldiqlarini kokslash jarayoni esa suyuq fazada ketadi, og`ir xomashyoni termik krekingida esa gaz va suyuq fazalar birgalikda mavjud bo`lishi mumkin. Neftni qayta ishlash og`ir qoldiqlarini termik krekingi quyidagi mahsulotlar olish uchun amalga oshiriladi: avtomobil benzini (hozirda ushbu jarayon eskirgan); qurum ishlab chiqarish uchun xomashyo bo`lgan yuqori aromatlashtirilgan gazoyl; koks ishlab chiqarish uchun kreking qoldiq; kam qovushqoqlikka ega bo`lgan mazut yoqilg`isi. Jarayon 470-5300C, 2-7MPa bosimda olib boriladi. Avtomobil benzinini olish uchun xom ashyo sifatida nisbatan yengil neft fraksiyalari (200-3500C) ishlatiladi. Kam qovushqoqlikka ega bo`lgan qozon yoqilg`isi hamda qurum va koks olish xomashyosi sifatida neft qoldiqlari bo`lmish yarim gudron va gudronlar xizmat qiladi. Termik krekingning asosiy mahsulotlari quyidagilar: uglevodorod gazi, kreking – benzin, kerosin – gazoyl fraksiyasi, termogazoyl va kreking – qoldiq. Tarkibida ko`p miqdorda to`yinmagan uglevodorod bo`lgan termik - kreking gazi neft kimyosida neftkimyo xomashyosi sifatida ishlatiladi (jadvalga qarang). Termik kreking jarayonida maksimal miqdorda kreking - qoldiq (I) va termogazoyl (II) olishda hosil bo`ladigan mahsulotlarning miqdori (% da) quyida keltirilgan: Download 27.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling