Neft-gazni qayta ishlash ob’yektlari” kafedrasi o’G’lining “” mavzusida


Absorberga armaturalar majmuasini montaj qilish sxemasi


Download 214.76 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi214.76 Kb.
#1594442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Atajanov BMI

1-chizma. Absorberga armaturalar majmuasini montaj qilish sxemasi
Absorber 10K-1da bosim farqini о‘lchash DSP 4(13DD 11,DPP-2) asbobi poz.204 bilan amalga oshirilib, kо‘rsatgichlari operatorlar xonasi shitidagi RPV asbobiga beriladi. 10K-1 da bosim farqining maksimal kо‘rsatgichida tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi ishlaydi.
Absorber 10K-1dagi aminning tо‘yingan eritmasi sathi sathо‘lchagich UPB bilan о‘lchanib, undan berilgan pnevmatik xabar PR3.3.1 rostlagich orqali 424l poz.dagi klapan rostlagichga beriladi. Sath operatorlar xonasi shitidagi PV 10.1E asbobi poz.424a-1 bilan rostlanadi. Minimal yoki maksimal sathga yetganda 424a-2 poz.dagi tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi ishlaydi. Satx juda tushib ketganda absorberdan tо‘yingan eritma chiqish yо‘liga о‘rnatilgan 424v poz.dagi kesgichklapan va xom ashyo gazning kirishini oldini oluvchi 304 poz.dagi klapanlar 12 yopilishi kо‘zda tutilgan. Nordon komponentlardan tozalangan, harorati bо‘lgan gaz, tozalangan gaz ajratgichi 10YE-3 ga kiradi, ya’ni tо‘rsimon qaytargichdan sо‘ng gaz bilan ketadigan eritma tomchilarini ajratish uchun. Ajratgich 10YE-3dan yig‘ilishiga qarab eritma, regeneratsiyalangan eritma sig‘imi 10YE-7ga haydaladi. Ajratgich 10YE-3 eritmaning kо‘piklanish ehtimoli natijasida otilib chiqadigan moddalarni ham qabul qilishga mо‘ljallangan.
Tozalangan gaz ajratgichida suyuqlikning eng past sathi haqida xabar berish nazarda tutilgan. Sathni 10YE-3 da nazorat qilish datchik UPB poz.423 bilan amalga oshirilib, undan pnevmatik xabar operatorlar xonasi shchitidagi PV 1.1E asbobga beriladi. Gaz bosimi 222a pozitsiyadagi MPP asbobi bilan qayd etiladi.
Tozalangan gaz tarkibidagi vodorod sulfid gazoanalizatorlar yordamida nazorat qilinadi. Gaz tarkibida H2S miqdori 7,0 mg/ dan kо‘p bо‘lganda, uzgichlar maydonida о‘rnatilgan uzgich klapanlarni yopish yо‘li orqali xom ashyo gazini berish tо‘xtatiladi. Halokat yoki konditsiyalanmagan gazni chiqarib yuborish kerak bо‘lganda 10YE-3ning chiqish tizimiga о‘rnatilgan 2 ta uzgich ochilib, gazni yuqori bosimli mash’alaga yuboriladi.


Download 214.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling