Нефт махсулотларини етказиб бериш тўҒрисида


ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI


Download 166.39 Kb.
bet9/10
Sana06.11.2023
Hajmi166.39 Kb.
#1750571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ширин Метан сер МЧЖ КХБ-2-ч

7. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI
7.1. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda sodir etilishi va taraflarning bunga lozim darajada ma’sul bo‘lgan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi. (Budjet tashkilotlari uchun G‘aznachilik bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi 594-sonli qaroriga muvofiq, majburiy ro‘yxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi).
7.2. Shartnoma 1 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, muddati tugagach, taraflardan biri uni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida murojaat qilmasa, shartnoma keyingi yil uchun uzaytirilgan hisoblanadi. (Budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun 2016 yil 22 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2850-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi Budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ga asosan amal qilish muddati “31” dekabr 2023 yilgacha belgilanadi).
7.3. Mazkur shartnoma ikki nusxada tuzilib, bir xil yuridik kuchga ega bo‘lib hisoblanadi va tomonlarning har biri uchun bir nusxadan beriladi.
7.4. Shartnoma muddatidan oldin quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

- tomonlarning kelishuviga muvofiq;


- O‘z.R. qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.

8. KORRUPSIYAGA QARSHI SHART
8.1. Tomonlar:
- Tomonlar, ularning affilangan (o`zaro bog`langan) shaxslari va xodimlari, ushbu shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarishlari davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablarining buzilishiga olib keladigan va/yoki korrupsiya xarakteriga ega bo`lgan, shu jumladan (ammo bu bilan cheklanmay) pora berish yoki berishni va`da qilish, ta`magirlik, pora olishga bevosita yoki bilvosita rozi bo`lish hatti-harakatlari/harakatsizliklarini sodir etmaydilar.
- Tomonlar, ularning affilangan (o`zaro bog`langan) shaxslari va xodimlari boshqa Tomonning xodimlari yoki vakolatlangan vakillarini qandaydir tarzda rag`batlantirishdan , shu jumladan pul summalari, sovg`alarini taqdim etish, ularning manziliga xizmatlarni beg`araz ko`rsatish yoki bu xodim yoki vakolatlangan vakil tomonidan uni rag`batlantiruvchi Tomon foydaasiga qandaydir hatti-harakat-lari/harakatsizliklar bajarilishini ta`minlashga qaratilgan ishlarni bajarishdan voz kechadilar deb ma`lum qiladilar.
8.2. Tomonda ushbu shartnomaning 6.1-bandidagi talablarni buzish sodir etilganligi yoki sodir etilishi mumkinligi to`g`risidagi shubhalar yuzaga kelgan holda, tegishli Tomon bu haqda ikkinchi Tomonni xabardor qilish, korrupsiya bilan kurashish sohasidagi O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining normalari buzilganligi faktining rad etib bo`lmaydigan dalillari mavjud bo`lgan holda esa – amaldagi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda vakolatlangan organlarni ham xabardor qilish majburiyatini o` zimmasiga oladi.

Download 166.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling