Neft va neft gazni qatya ishlash texnologiyasi
Bosim ostida ishlovchi idish, apparatlarni va gaz uskunalarini xavfsizlik talablari 2.5
Download 219.78 Kb.
|
Kurs loyihasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Xulosa V.Foydalanilgan adabiyotlar
2.4 Bosim ostida ishlovchi idish, apparatlarni va gaz uskunalarini xavfsizlik
talablari 2.5 Gazni qayta ishlashda mukammal qurilmalar qo`llashning talablari 2.6 Tez alangalanuvchi suyuqlik moddalarni tashish va tushirish jarayonida yong‘in portlash xavfini kamaytirsh usullari III.Hisob qism IV.Xulosa V.Foydalanilgan adabiyotlar 0‘zbekistonda neft-gazni qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, uning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yildan-yilga ortib bormoqda. Ushbu sohaga tegishli sanoat korxonalari zamonaviy asbob uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda eng ilg'or texnologiyalar asosida mahalliy xomashyolar qayta ishlanib, tayyor mahsulollar (benzin, aviakerosin, aviabenzin, dizel yonilg‘isi, neft moylari, suyultirilgan gaz, polietilen granulalari, oltingugurt va bosbqalar) olinmoqda Respublikamiz kimyogar olimlari va mutaxassislari oldida hali o'z yechimini kutayotgan ulkan muammolar turibdi. Bu muammolar jumlasiga qovushoqligi katta bo`lgan neftlarning oquvchanligini ko'paytirish, suv-neft emulsiyalarini parchalash uchun saniarali dekmulgatoilarni sintez qilish, neft xomashyosini birlamchi tozalash uchun yangi usullarni topish, xomashyo va neft mahsulotlarini issiqlik ta'sirida qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, neftni qayta ishlash darajasini oshirish, gidrogenizatsion jarayonlarni jadallashtirish uchun o‘ta faol katalizatorlarni yaratish, gaz kondensati tarkibidan har xil erituvchilarni olishni tashkil etish, texnikaning turli sohalari uchun mahalliy xomashyolar asosida moylash materiallari olishni kengaytirish,neft mahsulotlarining sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash maqsadida ularga oz miqdorda qo'shiladigan moddalarni sintez qilish, ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladigan tabiiy gazni chuqur va kompleks tozalash, chiqindisiz va kam energiya talab qiladigan texnologik jarayonlarni kashf etish, tabiiy gazdan suyuq yonilg'i olish texnologiyasini yaratish, yuqori samarali texnologik qurilmalarni ishlab chiqish, asbob-uskuna va jihozlami korroziya va yemirilishdan saqlashning samarali yo`llarini topish, ishlab chiqarishning suyuq va gazsimon chiqindilarini yaxshi tozalaydigan zamonaviy uskunalarni taklif etish kabilarni kiritish mumkin. Neft va gazni qayta islilash sanoati korxonalarida uglevodorodli xomashyolami zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlab, xalq xo‘jaligi uchun muhim bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish hamda fan va texnika yutuqlaridan amaliyotda doimo foydalanib borish uchun yuqori malakali muhandis kadrlar (bakalavr va magistrlar) kerak, albatta.O'zbekiston Respublikasining ta’limi to‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda bakalavr va magistrlar har tomonlama bilimdon, ilg‘or davlatlar tajribalari bilan tanish, yangi ilmiy g‘oyalar va texnikaviy yechimlarni yaratish qobiliyatiga ega bolishlari zarur. Kadrlar o‘ziga xos zamonaviy tafakkurli, bilimli, malakali va ayni paytda yuksak ma’naviy komillik sifatlariga ega bo‘lishi, 0 ‘zbekistonning kelajagi, mustaqilligimiz kelajagi uchun mas’ul, jonkuyar, fidoyi insonlar bo‘lmog‘i kerak. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov o‘zining kitobida ta’kidlab o'tganidek, 0‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi - bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizning umumiy mineral-xomashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.G'oyat muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiygaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon qidirib topilgan. Hisob-kitobdan ma'lumki, gaz zaxiralari 2 trillion kubometrga yaqin,ko‘mir-2milliard tonnadan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bo'lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir.O'zbekiston neftining sanoat asosida ishlanishi XIX asrning oxirlari 1885-yildan boshlangan. Dastlab Farg‘ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i atrofidagi ikki quduqdan neft olingan. 1900-yili ushbu tumanda geologiya-qidiruv ishlari faol olib borilib, 1904-yili neft favvorasini olishga erishilgan. 1906-yili Farg‘ona viloyatida davriy ishlaydigan ikki kubli uskunadan iborat bo‘lgan neftni haydash korxonnsi qurilgan. Neftning sifati termometr va areometrlar yordamida aniqlangan. Asosiy mahsulot kerosin va mazut hisoblangan. Olingan kerosin aravalar, tuyalarda Andijon, Toshkent, Qo‘qon shaharlaridagi paxta tozalash zavodlari, yog‘ chiqarish korxonalariga va maishiy maqsadlarda foydalanish ucliun jo ‘natilgan. Mazut ternir yo‘l yoqilg‘isi sifatida qo`llanila boshlangan. Benzin esa dastlab korxonaning tashqarisidagi o‘ralarda yoqilgan. 1915-1916- yillarda 0‘rta Osiyoda ichki yonish dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar paydo bo‘la boshlagandan keyingina benzinga ehtiyoj paydo bo'lgan. 1907-yili aka-uka Nobellar neftni haydash korxonasini sotib olishadi va uni qayta jihozlashadi. Shu yili Chimyondan neftni haydash korxonasiga qadar neft quvuri o‘tkaziladi. 1940-yili ushbu korxonaning laboratoriyasi mavjud bo‘lib, texnologik jarayon esa yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. Qashqadaryo viloyatida 1972-yili Muborak va 1980-yili esa Sho‘rtan gazni qayta ishlash korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Download 219.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling