Neft va neft mahsulotlari tarkibining nazariy asoslari Neft paydo bo’lishining birinchi anorganik gepotezasi, ya’ni «karbidli gipoteza»
Neft gazlarning klassifakastiyalash
Download 65.78 Kb.
|
Neft gazlarning klassifakastiyalash. Ma’lumki, neft tuzulishi jaxatdan juda murakkab tabiiy tuzilishga ega bo’lganligi uchun, uni o’rganish turli xil taxlilar asosisida olib boriladi. Dastlab neftning genezi hamda neft saqlovchi xududning paydo bo’lishi va uni izlab topish muammolari, so’ngra esa qayta ishlash uchun kimyoviy tarkibini o’rganish talab etiladi. Shu va shunga o’xshagan savollarning echimini izlab topishga ratsional klassifikastiyalash usuli yordam beradi. Buning uchun neftni nazariy va amaliy jixatdan izoxlab berish kerak bo’ladi. Lekin shunga qaramay bunday klassifikastiyalashni yaratish juda murakkab masala bo’lib, hozirgi vaqtgacha aniq echimini topgani yo’q. Chunki u quyidagi qiyinchiliklarga ega; Birinchidan neft tarkibi, xattoki aynan bir konning ikki nuqtasidan qazib chiqarilayotgan bo’lsada, kimyoviy tarkibi jixatdan esa juda xam bir – biridan ko’p farq qiladi. Ikkinchidan yer qa’rida neftning paydo bo’lishi va bir turdan ikkinchi bir turga o’tish faktorlari, tarkibiy o’zgarishlarining ketma – ket tarzda borishini progressiv tarzda o’rganishda bilimlarimizning etarli darajada emasligi. Uchinchidan neftning fizika – kimyoviy tuzulishini hamda boshqa xarakteristikalarini bir vaqtning o’zida taxlil qilish, minimal klassifikastion parametrlarga tayanib maksimal informastiyaga ega bo’lishlik ancha kiyinchilik tugdiradi. Hozirgi vaqtgacha neftni klassifikastiyalash uchun juda ko’p urinishlar bo’lgan, bu urinishlarning maxsuli sifatida faqat kimyoviy, giokimyoviy (genetik) va texnologik (sanoat va xomashyo) jarayonlar uchun 3 – 4 guruxga bo’lingan.
Kimyoviy klassifikastiyalash, neftni kimyoviy tarkibi, hamda uning aloxida olingan frakstiyalarining tarkibi tuzilishi jixatdan xar xilda ekanligiga asosladi[4-5]. Birinchi bo’lib, neftni kimyoviy klassifikastiyalash Gefer tomonidan 1907 yilda amalga oshirilgan. Lekin 20 asrning 60 yillarida Rossiyada va ko’pgina boshqa xorijiy davlatlarda neftning turli xildagi klassifikastiyasi tavsiya etilgan edi. Bu klassifikastiyalarning kamchiligi shundan iborat ediki neft faqat tuzilish jixatdan faqat uglevodorod degan nuqtai –nazaridan qaralgan edi. Ammo kimyoviy klassifikastiyalashda uglevodorod bo’lmagan tarkibini- komponentalarni xam xisobga olinishi kerak edi. Zamonaviy kimyoviy klassifikastiyalashda neftdagi oltingugurt miqdori, hamda smolali – asfalten moddalar miqdorini xam bilish talab etiladi. Ba’zi bir klassifikastiyalashlarda muxim tomonlari keltirilgan bo’lib, unda neftning zichligi va oltingugurt miqdori xam inobatga olingan: -Neftning zichligi bo’yicha; engil, o’rta, og’ir va o’ta og’ir neftlarga ajratilgan. Oltingugurt miqdoriga qarab esa: kam oltingugurtli, oltingugurtli va yuqori oltingugurtli neftlarga ajratilgan. Uglevodorod tarkibning xarakteristikasi sifatida esa ammiaklarning sikloalkanlarga nisbati (A/S), va arenlarning sikloalalkanlarga nisbati (Ar/Sik) qabul qilingan. Neftning klassifikastiyalashni to’la – to’kis yoritish uchun, uni ikki bosqichli klassifikastiyaga bo’lib, o’rganish ba’zi bir adabiyotlarda keltirilgan. Birinchi bosqichda faqat neftning fizikaviy-kimyoviy xarakteristkalari o’rganiladi. Ikkinchi bosqichda esa faqat uglevodorod tarkib o’rganiladi. Masalan: birinchi bosqichda neftning zichliklari bo’yiga taxlili kiradi. Unda quyidagilar 0 – juda engil va eng kichiq zichlikka ega ( ); 1 - engil past zichlikka ega ( ) 2 – o'rtacha zichlikka ega ( ) 3 – og’ir yuqori zichlikka ega 4 – juda og’ir va o’ta yuqori zichlikka ega Xuddi shunday oltingugurtning neftda massa ulushi bo’yicha; smolali - asfaltenlarning massa miqdori bo’yicha; og’ir uglevodorodlarning (parafinlar) massa ulushi bo’yicha v.x.k. Ular 720 ta klassga bo’linadi. Ikkinchi bosqichda; alkanlarning massaviy ulushi ; stikloalkonlarning , hamda arenlari massaviy ulushi % larda berilishi tavsiya etilgan. Bu bosqichda 16 – ta sinfga bo’linadi. Hozirgi vaqtgacha neft nomenklaturasi to’g’risida savol diskussiyali savol bo’lib qolmoqda [8-9]. Texnologik klassifikastiyalash juda katta amaliy axamiyatga ega. Neftning asosi sifatida uning ko’rsatgichlari olinadi. Bunda neft u yoki bu neft maxsulotlari olish uchun xomashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu klassifikastiyaning eng asosiy bosh tavsiyasi; u yoki bu neftni qayta ishlashda o’ta rastional sxemani tanlab olish, hamda olingan maxsulotlarni sifatini taxlil qilishdan iborat. Hozirgi vaqtda Rossiyada texnologik klassifikastiyalash ishlab chiqilgan bo’lib, u amalda tadbiq qilingan. Bu texnologik klassifikastiyaga asosan neft 3 ta sinfga (I, II, III) bo’linib o’rganiladi. Masalan oltingugurni miqdorini neftda va neft maxsulotlarida aloxida xolda o’rganiladi. Tinik rangli neft maxsulotlari (T1, T2, T3) ga frakstiya bo’yicha bo’linadi, ya’ni bunda temperatura 350 0C gacha ekanligi inobatga olinadi. To’rt guruxga (M1, M2, M3, M4) – neft moylari; ikki guruxga (I1, I2) qovushqoqlik indeksi bo’yicha ba’zaviy moylar, 3 xil tipdagi (P1, P2, P3) – parafinli moylar kiradi. To’laligicha neft sinflar, guruxlar, hamda xillarining ketma ketligi bo’yicha tashkil topganligi orqali xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda zamonaviy tabiiy bilimlar ichida muammo bo’lib turuvchi, neftning qanday paydo bo’lganligi tug’rsisdagi savollar bir tomondan juda murakkab, ikkinchi tomondan esa juda qiziq savol bo’lib kelmokda. Neft soxasida juda ko’plab ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirib, fanning rivojiga o’z xissasini qo’shgan ulug’ rus olimi Gubkin ta’biri bilan aytganda «neftning paydo bo’lishi (kelib - chiqish) to’g’risidagi tabiatda eng ishonchli topqirlik biz uchun nafaqat ilmiy nazariy axamiyatga ega, balki birinchi darajali amaliy axamiyatga xam egadir», degan iborani ta’kidlagan edi. Birinchi bo’lib, neftning paydo bo’lishi to’g’risidagi gipoteza 18 – asrning ikkinchi yarimda ulug’ rus olimi Lomonosov tomonidan ilgari surilgan edi. Lomonosov g’oyasiga asosan neftning paydo bo’lishi asosan ko’milib ketgan torf qatlamlaridan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan. Jumladan, neft genezisi to’g’risidagi tasavvurlarning rivojlanish yo’lida bir qancha ishlar majmuasi mavjuddir. Bu ikki yo’nalishdan iborat bo’lib, birinchisi organik, ikkinchisi esa anorganikdir. Bu boradagi muloxozalar, tortishuvlar, (diskussiyalar) Hozirgi kungacha davom etib kelmoqda [10]. Lekin shunga qaramasdan neft soxasida ilmiy – tekshiruv ishlarini olib borayotgan ko’pgina olimlar fikriga ko’ra, neftning paydo bo’lishi biogen xususiyatga ega degan fikrlarni xam bildirmoqdalar. Neftning paydo bo’lishini Vassovich bir qancha bosqichlarga bo’ladi. Ya’ni neft paydo bo’lishi jarayonni generastiyadan iborat ekanligini izoxlab beradi. Birinchi bosqichda uglevodorodlarning xosil bo’lishi, hamda unga kislorod saqlovchi komponentlarning birikishi ta’kidlanadi. Ikkinchi bosqichda, dastlabki boshlangan diagenetikada uglevodorodlarning xosil bo’lishi uncha yuqori bo’lmagan temperaturada uglevodorodlar bilan cho’kindi biogenlarning metabolizm bog’langanligi ta’kidlangan. Bu bosqichda organizmlarning emirilishida fermentlarning gidrolizi va ba’zi bir kimyoviy jarayonlar kechib yangi moddalar xosil bo’ladi. Barqaror sharoitlarda cho’kindida to’yingan kislotalari, alkanlar, stikloalkanlar, arenlar xosil bo’la boshlaydi. Bundan tashqari polimerizastiyalanish, hamda to’yinmagan uglevodorodlar bilan bir qatorda, ba’zi bir erimaydigan geopolimerlar va kislorod saqlovchi birikmalar xosil bo’ladi. Cho’kindilarning yanada ko’milib borishi bilan bakteriologik jarayonlar o’la boshlaydi. Bu esa o’z navbatida uchinchi kechki diagenetik bosqichni kirib kelishiga zarurat tug’ilganini anglatadi. Bu bosqichdagi barcha kimyoviy jarayonlar, uglevodorodlar hamda saqlanib qolgan fermentlar ta’sirida amalga oshadi. Bu bosqich ko’rinishidan uncha yuqori axamiyatga ega emasdek tuyuladi. To’rtinchi va beshinchi bosqich, uglevodorordlarning generastiyasi katogenezisiga tegishli bo’lib va u termokataliz, termoliz jarayonlari orqali bog’lanishga ega. Shunday qilib, organik moddalarning bir – turdan boshqa ikkinchi – turga aylanishda, unga ta’sir etuvchi asosiy omillar ba’zi bir minerallarning katalizi va temperaturasining o’zgarishi oqibatida kechadi. Turtinchi bosqichda temperatura 50 0C dan yuqoriroq bo’lganda engil termoliz, yoki termokataliz jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayon, kislorod tarkibli va boshqa gruppalarni parchalanishi, geopolimerlarni esa degidridlanishi hamda vodorodli disproporstionallanish orqali kechadi. Bu borada stiklli strukturaga ega bo’lganlar uglevodorodlarni dealkillashuvi kuzatiladi. Metan, uglerod II oksidi (CO2), suv bug’lari va boshqa gazsimon maxsulotlarning ajralishi bilan bu jarayon davom etadi. Beshinchi bosqichda ya’ni 100 0C va undan yuqori temperaturalarda temokataliz jarayoni geopolimerlarning destrukstiya (strukturani buzilishi) xolatini yuzaga keltiradi. Asosan shu bosqichda uglevodorodlar, hamda uglevodorod oldi moddalarining to’la bir - turdan ikkinchi - turga aylanishi bo’lib o’tadi. Destrukstiya, izomerizastiya va vodorodning proporstionallashuv jarayonlari va boshqa jarayonlar xisobiga neftning xamma komponentalari xosil bo’ladi. Bu bosqich, neft paydo bo’lishning eng muxim, ya’ni «bosh fazasi» deb xisoblanadi, xosil bo’lgan neft esa mikroneft deyiladi. Bosh fazani xosil bo’lishida organik moddaning shu qismi sarflanadiki, unda uglevodorodlarning va boshqa komponentalarning generastiyasi muxim rol o’ynaydi. Xar xil tarkibli neftning paydo bo’lishida, asosan uning organik moddalarning xosil bo’lishida asosan geoximik sharoitlari muxim axamiyatga ega. Bundan tashqari qatlamlarda xosil bo’lgan neft tektonik, biokimyoviy, kimyoviy va fizik jarayonlarning ta’sirida tarkibiy o’zgarishlarni boshdan kechiradi [22]. Qatlamdagi neft hamda yer jinslari tarkibidagi organik moddalar orasida o’xshashlik mavjud; sochilgan organik moddalar va neft tarkibida shunday birikmalar mavjudki ularning kelib chiqishi biogen tuzilisha ega ekanligi aniqlangan. Shu va boshqa omillar neftning biogen tuzilishga ega ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. «Neftning cho’kma migrastion nazariya»sini taxlil qilishda shunday murakkab savollar borki, qaysiki ular aniqlanishni talab etib yana xam chuqur o’rganishni taqozo etmoqda. Shuning uchun bu soxada ilmiy izlanishlar xam davom etmoqda. Download 65.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling