Texnologik jarayonning kirish va chiqish parametrlari
haqidagi axborot
o‘lchov asboblarining datchigi va axborotni kiritish-chiqarish kompleksi orqali
raqamli hisoblash mashinasiga (RHM) boradi. Bu axborotni (yoki
uning bir
qismini) operator ham aloqa qurilmasi orqali RHM ga kiritishi mumkin. Bu holda
operator nazorat qurilmasidagi ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Boshqaruvchi RHM
oldindan belgilangan algoritmlar va boshqaruv dasturi,
boshqarish maqsadi,
tanlangan optimallash simvoli, cheklashlar asosida ma’lum bir tartib bilan kirgan
axborotni qayta ishlaydi.
Server xonasi –
avtomatlashtirishning dasturiy vositalari \hamda axborotlar
saqlanadigan joy.
Server (ing. Server, to serve inglizchadan—
xizmat qilish)
—
axborot
texnologiyalarida hisoblash sistemasining dasturining komponenti,
mijozning
so‘roviga ko‘ra servis (xizmat ko‘rsatish) funksiyalarini bajaradi, mijozga ma’lum
bir resurs yoki xizmat ko‘rsatishdan foydalanishiga yordam ko‘rsatadi.
Server apparatlari (apparatli ta’minot) odatda
ishlatish uchun sodda va
foydalanish uchun ishonchli, kam energiya iste’mol qiladi, ba’zi holatlarda arzon.
SHu bilan bir qatorda uncha moslashuvchan emas.
Server Experion PKS rezerv serveri bo‘lishi mumkin. Asosiy server
ishdan chiqqan holatda uning barcha funksional vazifalarini rezerv server o‘z
zimmasiga oladi.
Quyidagi holatlardan biri sodir etilganda rezerv server asosiy serverdan
boshqarishni oladi:
- Asosiy serverning apparat qismi ishdan chiqqan va
rezer server bilan
asosiy server aloqasi uzilgan holatda
- Asosiy server bilan rezerv serverning tarmoq kanallari uzilgan holatda
- Asosiy serverning kontroller S300 bilan aloqasi uzilganda
- foydalanuvchi serverlarni qo‘lda o‘chirganda
Do'stlaringiz bilan baham: