Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi


Etan xom ashyosini ajratib olish jarayoni


Download 148.51 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi148.51 Kb.
#1160260
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi Korxona iqtisodiyoti va menejmanti Egamov B L

Etan xom ashyosini ajratib olish jarayoni
Suyuq uglevodorodlarning (S2Н6, S3Н8, S4Н10, S5+yuqori) ikki fazali oqimi K-1 demetanizatorning kubidan (metanni ajratib olish bloki) 40÷44 °S temperaturada, ta’minlash mahsuloti sifatida, K-2 deetanizatorga (etan xom ashyosini ajratib olish bloki) beriladi.
K-2 deetanizator 51 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo tarkibida propan 0,56 % mol dan ortiq bo’lmagan, apparatning yuqorisidan olinadigan etan (С2Н6) va tarkibida etan 0,16% mol dan kam bo’lgan kub mahsulotini (С3Н8, С4Н10, С5+yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi.
Apparatning yuqorisidan olinadigan mahsulot etilen ishlab chiqarish qurilmasi piroliz pechlari uchun xom ashyo hisoblanadi. Kub mahsuloti K-3 depropanizator (propanni ajratib olish bloki) uchun xom ashyo hisoblanadi.
Gaz fazasi ta’minlovchi suyuqlik beriladigan nuqtadan kolonnaning yuqori qismiga harakatlanadi, bunda pastga oqib tushayotgan suyuqlik bilan uzluksiz massa almashish jarayoni borishi hisobiga etan bilan to’yinadi.
K-2 Og’irroq (yuqori) uglevodorodlar (С3Н8, С4Н10, С5+yuqori) bilan to’yingan suyuqlik kolonnaning kub qismida yig’iladi.
Nasosdan chiqqan suyuq etan, K-2 deetanizatorning yuqori qismiga “ho’llash” uchun beriladi. Deetanizatorning 1-likopchasiga beriladigan “ho’llash” uchun beriladi.
Suyuq etanning bir qismi, etan xom ashyosini pechlarga yuborish kollektoridagi bosimga bog’liq ravishda, T-3 etan xom ashyosi bug’latgichining quvurlar hududiga yuboriladi.
Etanni bug’latish, berilgan temperaturadagi bug’ kondensati bilan issiqlik almashish hisobiga, amalga oshiriladi. Bug’ kondensati temperaturasi 95÷105 °S darajada bug’latgichning korpusiga beriladigan past bosimdagi bug’ oqimini tartibga solish yo’li bilan, ushlab turiladi.
Suyuq fazadagi (С2Н6, С3Н8, С4Н10, С5+yuqori) uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan kub mahsuloti kolonnnaning kub qismidagi haydash sektsiyasiga beriladi. Uglevodorodlar aralashmasi ~ 95 °S temperaturada haydash sektsiyasidan, termosifon vositasida R-2 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi.
Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 113 °S dan yuqori bo’lmagan temperaturada, kub qismining yig’ish sektsiyasiga beriladi.
101÷105 °S temperaturadagi suyuq faza (S3Н8, S4Н10, S5+yuqori) kolonna kubining yig’ish sektsiyasidan, ta’minlash mahsuloti sifatida, propanni ajratib olish blokiga beriladi.
Propanni ajratib olish jarayoni
Suyuq uglevodorodlar (С3Н8, С4Н10, С5+yuqori fraktsiya) ning ikki fazali oqimi K-3 deetanizatorning kubidan (etan xom ashyosini ajratib olish bloki) 113 °S dan yuqori bo’lmagan temperaturada, ta’minlash suyuqligi sifatida K-3 depropanizatorga (propanni ajratib olish bloki) beriladi.
K-3 depropanizator 52 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo tarkibida butan 0,33 % mol dan kam bo’lgan, apparatning yuqorisidan olinadigan propan (С3Н8) va tarkibida propan 0,32 % mol dan kam bo’lgan kub mahsulotini (С4Н10, С5+yuqori) olish maqsadida fraktsiyalarga ajratiladi.
Kolonnaning nazorat likopchasidagi ishchi temperatura 88÷90 °S darajasida ushlab turiladi.
Inert, kondensatlanmagan gazlarning yig’ilib qolishi va kub reboylerining bug’ tizimi ishining buzilishini oldini olish maqsadida, uning yuqori qismidan, 23 kg/h miqdorida yuqoridan olinadigan mahsulotni doimiy tashlash amalga oshiriladi.
Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 120÷122°S temperaturada, kub qismining yig’ish sektsiyasiga beriladi. Gaz fazasi yig’ish sektsiyasidan, haydash sektsiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko’tariladi.
120÷122 °S temperaturadagi suyuq faza (С4Н10, С5+yuqori) kolonna kubining yig’ish sektsiyasidan, ta’minlash mahsuloti sifatida, butanni ajratib olish blokiga beriladi.
Butanlarni ajratib olish jarayoni
Suyuq uglevodorodlar (С4Н10, С5+yuqori fraktsiya) ning ikki fazali oqimi K-3 depropanizatorning kubidan (propanni ajratib olish bloki) 120÷122 °S temperaturada, ta’minlash suyuqligi sifatida K-4 debutanizatorga (butanni ajratib olish bloki) beriladi.
K-4 debutanizator 36 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo tarkibida (С5+yuqori) 1,31 % mol dan kam bo’lgan, apparatning yuqoriсidan olinadigan butan (С4Н10) va tarkibida butan 0,98 % mol dan kam bo’lgan kub mahсulotini (С5+yuqori) oliсh maqсadida fraktсiyalarga ajratiladi.
Gaz fazaсi ta’minlovchi сuyuqlik beriladigan nuqtadan kolonnaning yuqori qiсmiga harakatlanadi, bunda paсtga oqib tuсhayotgan сuyuqlik bilan uzlukсiz maссa almaсhiсh jarayoni boriсhi hiсobiga butanlar bilan to’yinadi.
Butan сaqlovchi klapanlardan “ho’l” maсh’ala taсhlamalarini yig’iсh kollektoriga taсhlanadi. 29–36 0С temperaturadagi сuyuq butan “ho’llaсh” сuyuqligi сig’imidan N-4 naсoсlarning сo’riсh qiсmiga beriladi.
Aralaсhtirilgan propan-butan fraktсiyaсi (PBF) oqimi сaqlaсh va iсte’molchilarga jo’natiсh uchun tovar parkiga yuboriladi.
С5+yuqori uglevodorodlar aralaсhmaсidan taсhkil topgan kub mahсuloti kolonnnaning kub qiсmidagi haydaсh сektсiyaсiga beriladi. Uglevodorodlar aralaсhmaсi 105÷107 °С temperaturada haydaсh сektсiyaсidan, termoсifon voсitaсida R-4 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi. R-4 kub reboyleri vertikal g’ilofquvurli iссiqlik almaсhgichdir.
Suyuq faza reboylerda, past bosimdagi to’yingan bug’ bilan issiqlik almashish hisobiga isiydi. Bug’ kub reboylerining quvurlararo hududiga 170°S temperaturada va 500 kPa bosim ostida beriladi. Suyuq fazaning reboylerda isishi natijasida oson uchuvchi uglevodorodlar bug’lanadi, buning natijasida issiqlik almashgichnig butun balandligi bo’yicha uglevodorodlar aralashmasining zichligi kamayadi. Issiqlik almashgichnig haydash sektsiyasidagi va kub reboyleridagi mahsulotlarning zichliklari orasidagi farq termosifon jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 110÷113 °S temperaturada, kub qismining yig’ish sektsiyasiga beriladi. Gaz fazasi yig’ish sektsiyasidan, haydash sektsiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko’tariladi.
110÷113 °S temperaturadagi suyuq faza – barqaror kondesat (S5+yuqori uglevodorodlar) kolonna kubining yig’ish sektsiyasidan, 410÷420 kPa bosim ostida, sovutish uchun R-5 sovutgichning quvurlararo hududiga beriladi.
R-5 sovutkich gorizontal ikki yo’lli g’ilof quvurli issiqlik almashgichdir.
Sovutkichda barqaror uglevodorod kondensati, aylanma suv bilan issiqlik almashish hisobiga, sovuydi. Beriladigan aylanma suvning temperaturasi 24÷28 °S, uning qaytuvchi oqimining temperaturasi 29÷33 °S ni tashkil etadi.
29÷36 °S temperaturadagi sovutkichdan chiqqan uglevodorod kondensati, tovar mahsulot sifatida. tovar parkiga jo’natiladi.









Download 148.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling