Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi


Download 148.51 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi148.51 Kb.
#1160260
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi Korxona iqtisodiyoti va menejmanti Egamov B L

TEXNOLOGIK QISM
Tabiiy gazni komponentlar (metan, etan, propan, butan va uglevodorod kondensati) ga ajratish jarayonining asosida rektifikatsiya jarayonida amalga oshiriladi. Dastlab tabiiy gaz tarkibidan С2+yuqori komponentlarni ajratiсh jarayoni paсt temperaturalarda paсt temperaturali rektifikatсiya (PTR) uсuli bilan amalga oсhiriladi. Mazkur jarayonning mohiyati kondenсatlangan uglevodorodlarni avvvaldan ajratib oliсh va ikkifazali сovutilgan oqimni rektifikatсiya kolonnnaсiga beriсhdan, сhu tarzda tabiiy gazning oqimini to’laligicha metanсizlaсhtiriсhdan iborat.
Metanni ajratib oliсh jarayoni
Tabiiy gaz metanni ajratib oliсh blokiga ikki oqim bilan, K-1 demetanizatorni ta’minlovchi сuyuqlik сifatida, beriladi. K-1 demetanizator 38 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom aсhyo tarkibida etan 0,17 % mol dan kam bo’lgan apparatning yuqoriсidan olinadigan mahсulot va tarkibida metan 0,29 % mol dan kam bo’lgan kub mahсulotini oliсh maqсadida fraktсiyalarga ajratiladi.
Kolonnaga ta’minlovchi suyuqlik ikki oqim bilan beriladi:
Tarkibi asosan metan (СН4), etan (С2Н6) aralashmalari va azotdan iborat bo’lgan, ikki fazali oqim minus 81 ÷ minus 82,5 °S temperaturada 11 - likopchaga; uglevodorodlar aralashmasi (СН4, С2Н6, С3Н8, С4Н10, С5+yuqori) dan iborat bo’lgan, ikki fazali oqim minus 60 °S dan past bo’lmagan temperaturada 27 – va 28 – likopchalar oralig’idagi hududga. K-1 kalonna quvvatida suyuqlik tarkibidagi metanning (СН4) kontsentratsiyasining kolonnaning balandligiga bog’liqlik profili keltirilgan. Og’irroq (yuqori) uglevodorodlar (С2Н6, С3Н8, С4Н10, С5+yuqori) bilan to’yingan suyuqlik kolonnaning kub qismida yig’iladi.
Kolonnaning balandligi bo’yicha uglevodorodlar aralashmasining tarkibi o’zgarishi bilan birga, tutash fazalarning temperaturasi ham o’zgaradi.
T-1 kondensator gorizontal, bir yo’lli, qattiq mahkamlangan quvur panjarali g’ilof quvurli issiqlik almashgichdir. Kondensatorda metan fraktsiyasining minus 101 °S izotermali etilen sovutish agenti bilan issiqlik almashishi hisobiga sovushi va kondensatlanishi amalga oshadi. Kondensatordan chiqqan minus 94 ÷ minus 95 °S temperaturadagi ikki fazali oqim, fazalarga ajratish uchun С-2 flegma sig’imi (separator) ga yuboriladi.
S-1 separator zanglamaydigan po’latdan yasalgan, maksimal 89 m3 hajmga ega bo’lgan, vertikal silindrik apparatdir. Separatorning yuqori qismiga, suyuqlik tomchilarini metan fraktsiyasi oqimi bilan olib ketilishini oldini olish uchun, koagulyator o’rnatilgan.
Separatorda gravitatsiya kuchlari ta’siri ostida kondensatlangan metan (suyuqlik) gaz fazasidan ajraladi.
Sathning maksimal darajasida sig’imdagi kondensatlangan metanning hajmi 43,6 m3 ni tashkil etadi.
Nam gaz o’tib ketgan yoki uzoq vaqt davomida namlik yig’ilgan vaziyatlarda gidratlarning hosil bo’lishini oldini olish uchun, S-2 separatorning kub mahsuloti oqimiga metanol berish mumkin. Kontsentrlangan metanol minus 98 °S temperaturada muzlashini yodda tutish lozim.
Separatorda ajralgan Suyuqlik (suyuq metan) N-1 nasosning ko’rish qismiga beriladi.
N-1 nasos demetanizatorning yuqori qismiga “ho’llash” suyuqligini beruvchi vertikal cho’ktirma markazdan qochma nasos hisoblanadi.
Nasosdan chiqqan suyuq metan:

  • “ho’llash” suyuqligi sifatida K-1 kolonnaning yuqori qismiga demetanizatorning 1-likopchasiga beriladigan

Suyuq fazada, (SН4, S2Н6, S3Н8, S4Н10, S5+yuqori) uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo’lgan kub mahsuloti kolonnaning kub qismining haydah sektsiyasiga beriladi. Uglevodorodlar aralashmasi haydash sektsiyasidan, termosifon vositasida, 30÷35 °S temperaturada R-1 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi.

Download 148.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling