Neftning dunyodagi ahamiyati. O’zbekistondagi neft zahiralari
Download 60.68 Kb.
|
Neft zahiralari
Metanli neft –ko’proq tarmoqlanmagan alkanlardan tarkib topgan.
Naftenli neft – asosan siklik aromatik bo’lmagan uglevodorodlar – sikloalkanlar yoki naftanlardan tarkib topgan. Aralash neft – alkanlar, naftenlar va aromatik uglevodorodlar aralashmasini o’z ichiga oladi. Neft alkanlar ba’zi siklanlar va arenlar, shuningdek kislorodli sulfitli va azotli birikmalarning murakkab aralashmasidir. Klassifikasiyasi – ba’zan neftni fizik xossalari bo’yicha klassifikasiyalanadi, masalan yengil neft zichligi 0,92 g/ml gacha va ancha og’ir neft. Bu jihatdan yengil neft zichligi 0,65 - 0,87 g/cm3, o’rtacha neft zichligi 0,910 – 1,05 g/sm3 ga bo’linadi. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam sulfatli (tarkibida 0,5% gacha S), sulfatli (0,5 – 2%) va yuqori sulfatli (2% dan yuqori) deb farqlanadi. Neft juda qadimdan (miloddan avvalgi 6000 yillikdan boshlab) ishlatilib kelinadi. Neftni dunyo zaxirasi (MDH mamlakatlaridan tashqari) 1989 – yildagi ma’lumotlarga ko’ra 82 mlrd tonnani tashkil qiladi. Neftning eng ko’p zaxiralari Saudiya Arabistonida, Eronda, Iroqda, AQSHda, G’arbiy Sibir, Ural, Baku, Markaziy Osiyo va boshqa joylarda uchraydi. Respublikamizda topilgan neft konlari soni 160 dan ortiqdir. O’zbekistonda neft va gaz zaxirasi katta bo’lgan mintaqalarga: Ustyurt, Buhoro, Xiva, Janubiy – Garbiy Xisor, Surhondaryo va Farg’ona kiradi. Neft – qora, qo’ng’ir, moysimon suyuqlik, o’ziga xos hidli. U yonuvchan, suvdan biroz yengil amalda suvda erimaydi. Neft turli uglevodorodlar aralashmasi bo’lgani uchun uning aniq qaynash temperaturasi bo’lmaydi. Neftni yer qarida paydo bo’lishi to’g’risida bir qancha nazariyalar mavjud. Eng extimoli shundayki neft dengiz organizmlari va o’simliklar qoldiqlarining million yillar davomida dengiz tubiga cho’kishidan hosil bo’ladi. Anorganik moddalar chirishdan havosiz joyda yashaydigan anaerob bakteriyalar katalizator vazifasini bajargan. Tektonik siljishlarda dengiz tubidagi organik qatlam yer qatlamlariga o’tgan va u yer qoldig’ining bosimi va yerning ichki qatlamlardagi issiqlik energiyasi ta’sir etgan. Shunday qilib cho’kindilar qatlami uglevodorodlar aralashmasiga aylangan va neft qatlamlari sifati tog’ jinslarda yig’ilgan. Ushbu organik nazariyalardan tashqari D. I. Mendeleyev tomonidan bildirilgan anorganik nazariya ham mavjud. Bu nazariyaga muvofiq neft yer qatlamida bo’ladigan metall karbidlari va sizot suvdan hosil bo’ladi. Bulardan tashqari kosmik nazariya ham taklif etilgan. Bunga muvofiq neft planetamiz shakllanishida vodorod va uglevodorodlardan hosil bo’lgan deyiladi. Neftning paydo bo’lishi haqidagi gipotezalarning birortasi ham hozirgacha to’la to’kis tasdiqlangan emas. Neft xalq xo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib dunyo bo’yicha amaldagi neft xazinasi yer qaridan quduqlar qazib burgulash yordamida chiqarib olinadi. Neftni qazib chiqarish, neft va neft mahsulotlari tarkibi va xossasi, kimyoviy o’zgarishi va neftni qayta ishlash jarayonlarini o’rganish kimyo texnologiyasining bo’limi “neft kimyosi” nomiga birlashgan. Neftni qayta ishlashdan oldin unda erigan anorganik tuzlar ajratiladi. Bunda boshqa aralashmalar yig’gichda ajraladi. Neftni suvsizlantirish elektrostatik usulda o’zgaruvchan tok (400 v) ta’sirida amalga oshiriladi. Neft tarkibidagi yo’ldosh gazlar seperatorlarda vakuym ostida ajratiladi. Download 60.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling