1877 y. D. I. Mendeleev taхmini bo’yicha, uglevodorodlarni hosil bo’lish sabablaridan biri, metall karbidlarni suv bilan reaktsiyaga kirishishi natijasidir.
2FeC + 3H2O = Fe2O3 + C2H6 yoki umumiy holda
MeCm + mH2O = MeOm + CmH2m+2 yoki (CH2)m
Hosil bo’lgan gazsimon uglevodorodlar yerning yuqori qatlamlarida kondensatsiyalanib yerni g’ovak bo’shliqlaridan joy oladi. Neftni kosmik paydo bo’lishi haqidagi gipoteza
1892 yil P.A. Sokolov Neft kosmik jarayoni (oddiy elementlardan) natijasida paydo bo’lgan degan edi.
Uning taхmini bo’yicha hosil bo’lgan uglevodorodlar gaz holida bo’lib, yerni asta – sekin sovushi natijasida uning sovugan qatlamlari tomonidan yutilgan, keyinchalik sovugan magmatik jinslardan ajralib yerni yuqori qatlamlariga ko’tarilib konlar hosil qilgan degan.
Bu gipotezani paydo bo’lishiga sabab kometalarni dumini tarkibida uglerod va H2 ning borligidir.
Neftni organik moddalardan hosil bo’lganligi to’g’risidagi gipoteza O’simliklarni va hayvonlarni halok bo’lgan qismi kislorod va bakteriyalar ta’sirida parchalash, suyuq va gazsimon moddalarni hosil bo’lishiga sababchi bo’ladi. Bu hosil bo’lgan moddalarning bir qismi suvda yaхshi yeriydi, bir qismi esa kimyoviy jarayonlar va bakteriyalar ta’siriga chidamlidir. Bu moddalar sekin – asta cho’kindi qatlamini hosil qiladi. Kimyoviy tarkibi bo’yicha bu cho’kindi moddalar, oqsil moddalarning hosilalari, gumus va lignin, shuningdek yog’larni, uglevodorodlarni va alkoloidlarining hosilalaridir. Keyinchalik bu moddalar juda murakkab kimyoviy jarayonlar natijasida kislorod ishtirokisiz vodorodli muhitda neftga aylanadi (million yillar davomida). Neftni organik moddalardan hosil bo’lishida quyidagi faktorlar ta’sir ko’rsatadi:
Katalitik ta’sir.
Radioaktiv elementlar ta’siri.
Yuqori temperatura.
Yuqori bosim.
Mikroorganizmlarning biokimyoviy ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |