Nega farmasevt kasbini tanladim?
Download 123.66 Kb. Pdf ko'rish
|
formatsev
Nega farmasevt kasbini tanladim? Reja: 1. Kasbim maqsadlarim sari qo’yilgan ilk qadamdir. 2. Farmasevtika sohasini rivojlantirish yo'lidagi oliy maqsadlarim. 3. Farmasevtika -xalqning sog'lom turmush tarzi kafolati. Bu mavzuda insho yozar ekanman , menda chuqur mas’uliyat hissi paydo bo’ladi. Nega deysizmi , chunki bu mavzuni yozish davomida men kelajagimni ko'z o'ngimda paydo qilaman , yarataman. To'g'ri, so'z bilan hammasini izohlash qiyin , lekin bularni yozish orqali o'zimga ko'pgina ishonch va motivatsiya olaman degan umiddaman. Bugungi kunda, rivojlanayotgan zamonda barchamizga ma'lumki, jamiyat qachon rivojlanadi, qachon mamlakat ravnaq topadi, qachonki uning xalqi farovon hayotda yashasa, mamalakat o'z fuqarolari uchun yaxshi sharoit yaratib bersa olsa. Albatta, dunyoda kasblar ko'p va hozirda yanada bularning ko'lami kengaymoqda. Men shu kasblarning ichida Farmasevt kasbini tanladim. Chunki tibbiyot sohasi, aniqrog’i farmasevtika sohasi, hozirgi kunda muhim sohalardan biri deb o’ylayman. Bu soha vakillarining vatani, xalqi oldidagi mas’uliyati kattaligini ham bilaman va shuning uchun ham bu kasb menga juda yoqadi. Tug'ilib o'sgan vatanimga shu yo'l bilan foydam tegishini istayman. Inson dunyoga kelib hayotda yetuk shaxs bo'lishga, o'zidan yaxshi iz qoldirishga, go'zal hayot kechirishga harakat qiladi. Bularning zamirida, albatta, kishining o'zi sevgan ishi bilan mashg'ul bo'lishi turadi. Zero, kimki o’zining qiziqishidan, qobilyatidan kelib chiqib kasb tanlasa, u hech qachon charchamaydi, aksincha energiya oladi. Kasb faqatgina moddiy daromad emas, balki umrining ajralmas qismi hisoblanadi. Atrofdagilar fikri va daromad tufayli tanlangan kasb insonga baxt keltirmaydi. Umri davomida maqsad bilan yashash va bu maqsadlar yo'lida tinmay harakat qilib ularga erishish insonga huzur bag'ishlaydi. Har bir inson o'ziga savol berishi kerak, ya'ni "Hayotda menga nima kerak, maqsadlarim nimalardan iborat va bu yo’lda qanday yutuqlarga erishmoqchiman?" Shunga javoban doimo olg'a borish lozim. Mening fikrimcha, insonning hayotiga qurilgan poydevor, ertangi kuni va maqsadlarining asosi bu uning kasbidir. Men Farmasevtika sohasini tanlar ekanman, shuni chuqur anglab yetdimki, bu dunyoda inson uchun sog’liq hamma narsadan ustun, hamma narsadan muhimdir. Qachonki, inson sog'lom bo’lsa, u dunyodagi eng baxtli insondir. Yaqin atrofimizdagi imkoniyati cheklangan insonlar, og'ir ahvoldagi , og'ir kasallikga uchragan bemorlarni ko'rsak, albatta, ularga achinish hissi paydo bo’ladi va hozirgi kunimizga, sog'lom inson ekanligimizga shukur qilamiz. Men kasbim orqali O'zbekiston tibbiyot sohasini rivojlantirmoqchiman. To’gri, buni gap bilan aytish oson , buni oson ish emasligini ham bilaman, lekin chuqur bilim va izlanishlar orqali bu sohasini rivojlanishiga o'z hissamni qo’shishni istayman. Yangi dorilar ishlab chiqarish, hali davosi topilmagan kasalliklar ustida ishlab, ularni davosini topish, jahon miqyosida mamlakatimizni tibbiyot sohasida yuqori darajalarga olib chiqish, insonlarga, davosini yaratgandan so’rab, shifo bo’ladigan dorini kutayotgan jamiyatimiz a'zolariga yordam berish, men va men kabi kasb egalarining eng asosiy burchi, vazifasi deb bilaman. Kasbim orqali insonlarga yordam berishni, ularni mushkulini bartaraf etishni istayman. Avvalari, bu kasb egalariga havas qilardim, endi esa bu kasbga qadam qo'yganimdan, maqsadlarim sari dadil qadam qo'yayotganimdan faxrlanaman. Zero, shu kasb orqali insonlarga yaxshilik qilsam men dunyodagi eng baxtli inson bo'laman. Men kasb tanlashda yanglishmadim. Chunki bu sohaga qiziqishim va qobilyatim yuqori deb hisoblayman. Dorilar hamda ularning yo'riqnomlari bilan tanishish, ularni tayyorlash texnologiyalarini o'rganish menga zavq bag'ishlaydi. Farmatsevt juda ma'sulyatli va sharafli kasb hisoblanadi. Bu keng soha bo'lib, har bir dori turi zarradek moddadan bemorga yetib kelguncha ko'plab bosqichlardan o'tadi. Sevimli sohamga kirib kelarkanman, avvalo, institutda bilimlarni chuqur o'rganishdan tashqari, professor ustozlar bilan dorilarning ta'siriga oid turli ilmiy ishlar qilish, davosi topilmagan xastaliklar uchun dorilar ixtiro qilish ertagangi kunga bo'lgan maqsad va ishonchimni yanada oshiradi. Farmasevtlik kasbi orqali insonlar dardiga shifo toppish, yangi dori-darmonlar ixtiro qilish yo’li bilan minglab umidsiz qolgan ko’zlarga nur qaytarish mumkin. Bu kasbni tanlashdan asosiy maqsadlarimdan biri ham ana shulardan iborat. Kelajakda dori ishlab chiqarish korxonalari ochishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman. Buni qiyinchliklari ko'p va mas’ulyati katta ekanligini bilaman. Lekin nega O'zbekistonga chetdan kirib kelayotgan dorilar yurtimizni o'zida ishlab chiqarilib, o'zbek xalqi uchun hamyonbop narxlarda yetkizib berilmaydi?! Men shu ishlarni keyingi o'n yillik rejalarimga kiritganman, ya'ni chet el bilan hamkorlikda davlatimizga import bo'ladigan dorilarni vatanimizda ishlab chiqarmochiman. Shuningdek haligacha davosi topilmagan qandli diabet kassaligiga dori ixtiro qilmoqchiman. Negaki, bugungi kunda dunyoda qanchadan-qancha inson ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. Men shu insonlarga yordam berishni xohlayman. Hayotda har bir inson baxtli osoyishta yashashi kerak, xastalik tufali o'limini kutib emas. Shuning uchun bugungi kunda ushbu sohada ko'plab bilimlar egallab, o'simliklar, har xil kimyoviy moddalarni ta'sirini o'rganishga kirishdim. Kelajkda shunday dorilar ishlab chiqaramanki, ular har tomonlama sifatli, samarali foyda beradigan va tez tasir qiladigan bo’ladi. Ularni mamalakatimiz aholisiga hamyonbop narxlarda sotilishini ta'minlayman. Bir o'ylab ko'ring, boshqa mamlakatlardan O'zbekistonning nima kami bor, tibbiyotda yuqori darajalarga erishayotgan mamlakatlardan qayerimiz kam to’grimi, mamlakatimiz mustaqil, sharoitlari yetarli darajada, muhim tinch. Biz harakat qilsak, hamma narsaga erishamiz. Bugungi kunda televidiniya va internet tarmoqlarida kam ta'minlangan, davolanishga muhtoj, shu sababli chet elga borib davolanishga yordam so’rayotgan qanchadan qancha insonlarni ko'ryapmiz , eshitmoqdamiz. Agar bizda dorilar yetarli bo'lsa, davolanish uchun barcha shart-sharoit va tibbiyot buyumlari yetarli bo'lsa , bunga hojat yo’q. Bularning barchasiga erishish o'zimizni qo'limizda. Men nafaqat dorilar ishlab chiqarishni istayman, balki shu dorilarga muhtoj bo’lgan insonlarga ko'mak beradigan hayriya fondlari ochishni ham niyat qilganman. Bu orqali xalqimiz dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Agar biz Farmasevtlar birlashsak, harakat qilsak, yaratganing ko'magi ostida barcha kasalliklarni yengamiz, xalqimiz uchun sog'lom turmush tarzini yaratamiz. Faqatgina olg'a borsak bas, barcha yutuqlar eshigi biz yoshlar uchun ochiq. Hozirgi kunda tibbiyot sohasining asosiy talabi bu yetarli darajada dori-darmon bilan ta'minlanish va albatta, samarali darajada dori- darmonlarning ta'sirini bemorlarda ko'rishdir. Dori-darmonlarni bemorlarga to’gri yetkazib bera olsakkina, ular shifo topadi va mamlakatimizda turli kasallilarni oldini olish darajasi ancha pasayadi. Ya'ni Farmasevtika qanchalik yaxshi rivojlansa, dorilar sifatli va ta’sir doirasi keng bo’lsa, shunchalik jamiyatimiz sog’lom bo’ladi va buning natijasida biz sog’lom turmush tarziga erishamiz. Hozirda hammamiz guvohi bo’lganimizdek, xalqimiz orasida kam qonlik, quvvatsizlik, holsizlik holati juda ko'p kuzatilmoqda. Ayollarda farzand ko’rish darajasi pasaymoqda. Nega desak, chunki ularning organizmi kuchli emas, ko'p homilador ayollarimiz kam qon. Ularga yetarli vitaminlar ishlab chiqarish, homiladorlikda quvvat bo'ladigan dori-darmonlar ko'lamini kengaytirish kerak. Men shu kasbim davomida hozirgi muammoli vaziyatlarga barham berishni xohlayman. Har bir farmasevt shuni tushunishi kerakki , dori- darmonni yaratish, uni ishlab chiqarish tagida faqat daromad olish emas, inson hayoti, uning taqdiri turibdi. Shunday dorilar yaratishimiz kerakki , ular insonlarning dardini yenga olsin, ularning ertangi kunga bo'lgan ishonchini qaytara olsin. Qachonki, farmasevt o’z manfaatlaridan, xalqining, o'zi yashayotgan jamiyatning manfaatlarini ustun qo’ya olsagina u haqiqiy farmasevt bo’ladi oladi, muhimi barchasida insoniylik ustun kela olishi bu uning irodasini begilab beradi. Keyingi 5 yil ichida dorixona ochib unga "Kelajak dorixonasi" nomini bermoqchiman. Bu dorixona qolganlardan farq qiladigan bo’ladi va sifatli dori-darmonlar ularga ehtiyojmand insonlarga tez fursatlarda yetkazib beriladi. Aholi uchun muammo bo’lmaydigan darajadagi narxlar bilan sotiladi. Bu dorixonadan online tarzda sotib olish mumkin va yetkazib berilgani uchun hech qanday haq to’lanmaydi. Dori-darmonga muhtoj, ammo uni sotib olish uchun yetarli mablag’ga ega bo’lmagan insonlarga xayriya fondim tomonidan bepul tarqatiladi. Ushbu dorixonada moddiy hayot emas, balki inson qadri dastlabki o'rinda turadi. Kelajakda shunday farmasevt bo’lishni xohlaymanki, insonlar dorilardan huzur topib qalban ularga bo’lgan mehrimni his qilishsin, ular meni bilmasalarda duolarida bo’la olay. Yaratganimning ko’magida bularning barchasiga erishishimga umid qilaman. Kelajak o’zimizning qo’limizda. Dunyoga bir marta kelamiz. Shu umrimiz davomida yaxshi ishlar qilib, o’zimizdan yaxshi nom qoldira olsak, biz umrimizni behuda sarflamagan bo’lamiz. Download 123.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling