Nega farmasevt kasbini tanladim?


Download 123.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.10.2023
Hajmi123.66 Kb.
#1701241
Bog'liq
formatsev



Nega farmasevt kasbini tanladim? 
Reja: 
1. Kasbim maqsadlarim sari qo’yilgan ilk qadamdir. 
2. Farmasevtika sohasini rivojlantirish yo'lidagi oliy maqsadlarim. 
3. Farmasevtika -xalqning sog'lom turmush tarzi kafolati. 
Bu mavzuda insho yozar ekanman , menda chuqur mas’uliyat hissi 
paydo bo’ladi. Nega deysizmi , chunki bu mavzuni yozish davomida men 
kelajagimni ko'z o'ngimda paydo qilaman , yarataman. To'g'ri, so'z bilan 
hammasini izohlash qiyin , lekin bularni yozish orqali o'zimga ko'pgina 
ishonch va motivatsiya olaman degan umiddaman.
Bugungi kunda, rivojlanayotgan zamonda barchamizga ma'lumki, 
jamiyat qachon rivojlanadi, qachon mamlakat ravnaq topadi, qachonki 
uning xalqi farovon hayotda yashasa, mamalakat o'z fuqarolari uchun 
yaxshi sharoit yaratib bersa olsa. Albatta, dunyoda kasblar ko'p va 
hozirda yanada bularning ko'lami kengaymoqda. Men shu kasblarning 
ichida Farmasevt kasbini tanladim. Chunki tibbiyot sohasi, aniqrog’i 
farmasevtika sohasi, hozirgi kunda muhim sohalardan biri deb o’ylayman. 
Bu soha vakillarining vatani, xalqi oldidagi mas’uliyati kattaligini ham 
bilaman va shuning uchun ham bu kasb menga juda yoqadi. Tug'ilib 
o'sgan vatanimga shu yo'l bilan foydam tegishini istayman. Inson 
dunyoga kelib hayotda yetuk shaxs bo'lishga, o'zidan yaxshi iz 
qoldirishga, go'zal hayot kechirishga harakat qiladi. Bularning zamirida, 
albatta, kishining o'zi sevgan ishi bilan mashg'ul bo'lishi turadi. Zero, 
kimki o’zining qiziqishidan, qobilyatidan kelib chiqib kasb tanlasa, u 
hech qachon charchamaydi, aksincha energiya oladi. Kasb faqatgina 
moddiy daromad emas, balki umrining ajralmas qismi hisoblanadi. 
Atrofdagilar fikri va daromad tufayli tanlangan kasb insonga baxt 


keltirmaydi. Umri davomida maqsad bilan yashash va bu maqsadlar 
yo'lida tinmay harakat qilib ularga erishish insonga huzur bag'ishlaydi. 
Har bir inson o'ziga savol berishi kerak, ya'ni "Hayotda menga nima 
kerak, maqsadlarim nimalardan iborat va bu yo’lda qanday yutuqlarga 
erishmoqchiman?" Shunga javoban doimo olg'a borish lozim.
Mening fikrimcha, insonning hayotiga qurilgan poydevor, ertangi 
kuni va maqsadlarining asosi bu uning kasbidir. Men Farmasevtika 
sohasini tanlar ekanman, shuni chuqur anglab yetdimki, bu dunyoda 
inson uchun sog’liq hamma narsadan ustun, hamma narsadan muhimdir. 
Qachonki, inson sog'lom bo’lsa, u dunyodagi eng baxtli insondir. Yaqin 
atrofimizdagi imkoniyati cheklangan insonlar, og'ir ahvoldagi , og'ir 
kasallikga uchragan bemorlarni ko'rsak, albatta, ularga achinish hissi
paydo bo’ladi va hozirgi kunimizga, sog'lom inson ekanligimizga shukur 
qilamiz. 
Men 
kasbim 
orqali 
O'zbekiston 
tibbiyot 
sohasini 
rivojlantirmoqchiman. To’gri, buni gap bilan aytish oson , buni oson ish 
emasligini ham bilaman, lekin chuqur bilim va izlanishlar orqali bu 
sohasini rivojlanishiga o'z hissamni qo’shishni istayman. Yangi dorilar 
ishlab chiqarish, hali davosi topilmagan kasalliklar ustida ishlab, ularni 
davosini topish, jahon miqyosida mamlakatimizni tibbiyot sohasida 
yuqori darajalarga olib chiqish, insonlarga, davosini yaratgandan so’rab, 
shifo bo’ladigan dorini kutayotgan jamiyatimiz a'zolariga yordam berish, 
men va men kabi kasb egalarining eng asosiy burchi, vazifasi deb 
bilaman. Kasbim orqali insonlarga yordam berishni, ularni mushkulini 
bartaraf etishni istayman. Avvalari, bu kasb egalariga havas qilardim
endi esa bu kasbga qadam qo'yganimdan, maqsadlarim sari dadil qadam 
qo'yayotganimdan faxrlanaman. Zero, shu kasb orqali insonlarga 
yaxshilik qilsam men dunyodagi eng baxtli inson bo'laman. Men kasb 
tanlashda yanglishmadim. Chunki bu sohaga qiziqishim va qobilyatim 
yuqori deb hisoblayman. Dorilar hamda ularning yo'riqnomlari bilan 


tanishish, ularni tayyorlash texnologiyalarini o'rganish menga zavq 
bag'ishlaydi. Farmatsevt juda ma'sulyatli va sharafli kasb hisoblanadi. Bu 
keng soha bo'lib, har bir dori turi zarradek moddadan bemorga yetib 
kelguncha ko'plab bosqichlardan o'tadi. Sevimli sohamga kirib 
kelarkanman, avvalo, institutda bilimlarni chuqur o'rganishdan tashqari, 
professor ustozlar bilan dorilarning ta'siriga oid turli ilmiy ishlar qilish, 
davosi topilmagan xastaliklar uchun dorilar ixtiro qilish ertagangi kunga 
bo'lgan maqsad va ishonchimni yanada oshiradi. Farmasevtlik kasbi 
orqali insonlar dardiga shifo toppish, yangi dori-darmonlar ixtiro qilish 
yo’li bilan minglab umidsiz qolgan ko’zlarga nur qaytarish mumkin. Bu 
kasbni tanlashdan asosiy maqsadlarimdan biri ham ana shulardan iborat. 
Kelajakda dori ishlab chiqarish korxonalari ochishni o'z oldimga maqsad 
qilib qo'yganman. Buni qiyinchliklari ko'p va mas’ulyati katta 
ekanligini bilaman. Lekin nega O'zbekistonga chetdan kirib kelayotgan 
dorilar yurtimizni o'zida ishlab chiqarilib, o'zbek xalqi uchun hamyonbop 
narxlarda yetkizib berilmaydi?! Men shu ishlarni keyingi o'n yillik 
rejalarimga kiritganman, ya'ni chet el bilan hamkorlikda davlatimizga 
import bo'ladigan dorilarni vatanimizda ishlab chiqarmochiman. 
Shuningdek haligacha davosi topilmagan qandli diabet kassaligiga dori 
ixtiro qilmoqchiman. Negaki, bugungi kunda dunyoda qanchadan-qancha 
inson ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. Men shu insonlarga yordam 
berishni xohlayman. Hayotda har bir inson baxtli osoyishta yashashi 
kerak, xastalik tufali o'limini kutib emas. Shuning uchun bugungi kunda 
ushbu sohada ko'plab bilimlar egallab, o'simliklar, har xil kimyoviy 
moddalarni ta'sirini o'rganishga kirishdim.
Kelajkda shunday dorilar ishlab chiqaramanki, ular har tomonlama 
sifatli, samarali foyda beradigan va tez tasir qiladigan bo’ladi. Ularni 
mamalakatimiz aholisiga hamyonbop narxlarda sotilishini ta'minlayman.


Bir o'ylab ko'ring, boshqa mamlakatlardan O'zbekistonning nima kami 
bor, tibbiyotda yuqori darajalarga erishayotgan mamlakatlardan 
qayerimiz kam to’grimi, mamlakatimiz mustaqil, sharoitlari yetarli 
darajada, muhim tinch. Biz harakat qilsak, hamma narsaga erishamiz.
Bugungi kunda televidiniya va internet tarmoqlarida kam 
ta'minlangan, davolanishga muhtoj, shu sababli chet elga borib 
davolanishga yordam so’rayotgan qanchadan qancha insonlarni 
ko'ryapmiz , eshitmoqdamiz. Agar bizda dorilar yetarli bo'lsa, davolanish 
uchun barcha shart-sharoit va tibbiyot buyumlari yetarli bo'lsa , bunga 
hojat yo’q. Bularning barchasiga erishish o'zimizni qo'limizda. Men 
nafaqat dorilar ishlab chiqarishni istayman, balki shu dorilarga muhtoj 
bo’lgan insonlarga ko'mak beradigan hayriya fondlari ochishni ham niyat 
qilganman. Bu orqali xalqimiz dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Agar biz 
Farmasevtlar birlashsak, harakat qilsak, yaratganing ko'magi ostida 
barcha kasalliklarni yengamiz, xalqimiz uchun sog'lom turmush tarzini 
yaratamiz. Faqatgina olg'a borsak bas, barcha yutuqlar eshigi biz yoshlar 
uchun ochiq. 
Hozirgi kunda tibbiyot sohasining asosiy talabi bu yetarli darajada 
dori-darmon bilan ta'minlanish va albatta, samarali darajada dori-
darmonlarning 
ta'sirini 
bemorlarda 
ko'rishdir. 
Dori-darmonlarni 
bemorlarga to’gri yetkazib bera olsakkina, ular shifo topadi va 
mamlakatimizda turli kasallilarni oldini olish darajasi ancha pasayadi. 
Ya'ni Farmasevtika qanchalik yaxshi rivojlansa, dorilar sifatli va ta’sir 
doirasi keng bo’lsa, shunchalik jamiyatimiz sog’lom bo’ladi va buning 
natijasida biz sog’lom turmush tarziga erishamiz. Hozirda hammamiz 
guvohi bo’lganimizdek, xalqimiz orasida kam qonlik, quvvatsizlik, 
holsizlik holati juda ko'p kuzatilmoqda. Ayollarda farzand ko’rish 
darajasi pasaymoqda. Nega desak, chunki ularning organizmi kuchli emas, 
ko'p homilador ayollarimiz kam qon. Ularga yetarli vitaminlar ishlab 


chiqarish, homiladorlikda quvvat bo'ladigan dori-darmonlar ko'lamini 
kengaytirish kerak. 
Men shu kasbim davomida hozirgi muammoli vaziyatlarga barham 
berishni xohlayman. Har bir farmasevt shuni tushunishi kerakki , dori-
darmonni yaratish, uni ishlab chiqarish tagida faqat daromad olish emas, 
inson hayoti, uning taqdiri turibdi. Shunday dorilar yaratishimiz kerakki , 
ular insonlarning dardini yenga olsin, ularning ertangi kunga bo'lgan 
ishonchini qaytara olsin. Qachonki, farmasevt o’z manfaatlaridan
xalqining, o'zi yashayotgan jamiyatning manfaatlarini ustun qo’ya 
olsagina u haqiqiy farmasevt bo’ladi oladi, muhimi barchasida insoniylik 
ustun kela olishi bu uning irodasini begilab beradi. 
Keyingi 5 yil ichida dorixona ochib unga "Kelajak dorixonasi" nomini 
bermoqchiman. Bu dorixona qolganlardan farq qiladigan bo’ladi va sifatli 
dori-darmonlar ularga ehtiyojmand insonlarga tez fursatlarda yetkazib 
beriladi. Aholi uchun muammo bo’lmaydigan darajadagi narxlar bilan 
sotiladi. Bu dorixonadan online tarzda sotib olish mumkin va yetkazib 
berilgani uchun hech qanday haq to’lanmaydi. Dori-darmonga muhtoj, 
ammo uni sotib olish uchun yetarli mablag’ga ega bo’lmagan insonlarga 
xayriya fondim tomonidan bepul tarqatiladi. Ushbu dorixonada moddiy 
hayot emas, balki inson qadri dastlabki o'rinda turadi. 
Kelajakda shunday farmasevt bo’lishni xohlaymanki, insonlar 
dorilardan huzur topib qalban ularga bo’lgan mehrimni his qilishsin, ular 
meni bilmasalarda duolarida bo’la olay. Yaratganimning ko’magida 
bularning barchasiga erishishimga umid qilaman. Kelajak o’zimizning 
qo’limizda. Dunyoga bir marta kelamiz. Shu umrimiz davomida yaxshi 
ishlar qilib, o’zimizdan yaxshi nom qoldira olsak, biz umrimizni behuda 
sarflamagan bo’lamiz. 



Download 123.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling