Nega Sharq G‘arbdan ortda qolib ketdi?


Download 15.51 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi15.51 Kb.
#151407
Bog'liq
Nega Sharq Garbdan qolib ketdi


Nega Sharq G‘arbdan ortda qolib ketdi?

Hammaga ma’lumki, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha asosiy kashfiyotlar Sharqda qilingan. Al Xorazmiy, Ovrupo mamlakatlarida Al Fraganus nomi bilan tanilgan Al Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino nomlari yer yuzidagi barcha o‘qimishli insoniyat orasida ma’lum. Aynan shu va boshqa ko‘plab sharq olimlarining kashfiyotlari zamonaviy matematika, fizika, kimyo, astronomiya kabi fanlarga asos soldi. Masalan, Al Farg‘oniyning asarlari 400 yil davomida Ovruponing eng yetakchi universitetlarida, jumladan mashhur Sorbonna universiteti talabalari uchun fizika fanini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib keldi.
Hamma gap axborotning aholi uchun ochiqligida, deb o‘ylayman. Kashfiyotlarning vatani hisoblangan musulmon Sharqida biron-bir ilmiy risolani qayta ko‘chirish uchun Ulamolar Kengashining ruxsati kerak bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, ilmiy ma’lumotlardan juda kamchilik foydalana olishiga olib keldi.  
Bu orada Ovrupoda bosma mashinaning yaratilishi puli bor har bir odamga kitob bosib chiqarish imkonini yaratdi. Kitob chop etish oddiy biznesga aylandi va bunga deyarli hech nima to‘sqinlik qilmadi. Axborot ommaga tarqaldi, buning natijasida bilimlar o‘sha davr uchun misli ko‘rilmagan tezlikda ommalashib ketdi.
Qur’on ilm-fanni o‘rganishga rag‘batlantirasa-da, bunga amal qilinmagan yoki uni shunday talqin qilishganki, bunda u mavjud hokimiyatga putur yetkazmasligi kerak bo‘lgan – hukmdorlar va ulamolar tushunmagan hamma narsa taqiqlangan. Oqibatda ilm bilan bog‘liq ko‘p narsalar gunoh deb hisoblana boshlangan
Ovrupoda ham dindorlar fan taraqqiyotiga to‘sqinlik qilgan: Galileo Galiley, Koperniklarning taqdirini yaxshi bilamiz. Lekin Ovrupoda bunday holat, tarixiy mezonlar nuqtai nazaridan qaralganda, nisbatan tez o‘tib ketdi. Ovrupo burjuaziyasining Sharqqa qaraganda davlat va dindan mustaqilroq ekani unga ustunlik berdi, bu esa fikr va g‘oyalarning muayyan erkinligiga yo‘l ochdi. Shu tariqa, burjuaziyaning hukmdorlardan nisbatan erkinligi uni taraqqiyotning dvigateliga aylantirdi.
 
Sharqda esa bu yuz bermadi. Hayotning barcha jabhalari jilovlanib, mustaqil fikr va tashabbus qattiq tazyiq ostida qoldi. Sharqda o‘zimizning Marko Polo, Kolumb, Kortes, Amerigo Vespuchchilarimiz yo‘q. O‘zimizning Nyuton va Faradeylarimizni bilmaymiz. Porox Xitoyda kashf etilgan bo‘lsa-da, faqat G‘arbda ommaviy qirg‘in quroliga aylandi.
G‘arbda zambaraklar va o‘qotar qurollar paydo bo‘ldi va olam olov hamda poroxning kuchi oldida tiz cho‘kdi. Endi hatto uch karra damashq po‘latidan yasalgan qilich ham, mamluklar ham G‘arbning qudratli o‘qotar quroli oldida hech nima bo‘lmay qoldi. Bug‘da ishlaydigan mashina sanoatda inqilob yasadi. Va nihoyat, ichki yonuv dvigateli, ya’ni transportdagi inqilob. Uchinchi bosqich – atom bombasi va kompyuterlar. Bu esa to‘la va so‘zsiz g‘alaba.

Sharqda aqidaparastlarning diniy bosimi, hokimiyatning o‘ta markaziylashtirilganligi, turmushda belgilangan qoidalarga amal qilinishi, shaxsiy fikrni ifodalash erkinligining yo‘qligi, kattalarga so‘zsiz bo‘ysunish yo‘sinidagi tarbiya, o‘zgacha fikrdan hadiksirash ilm-fan, texnologiya va texnika jihatdan Sharqning G‘arbdan ortda qolishiga sababchi bo‘ldi.

Sharq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasamaorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigʻilgan, "xazinat ulhikma", "dor ululum"larda tolibi ilmlar, ustozshogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obroʻ eʼtibori yuksak qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari Gʻarbiy Yevropadagi Uygʻonish davriga bevosita taʼsir etgan. Chunki 12—14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon ya.o. da bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning "Tib qonunlari", "AshShifo", Forobiyning "Ilmlar tasnifi", Ahmad Fargʻoniyning "Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi", Muxammad Muso Xorazmiyning "Aljabr val muqobila", Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. "Tib qonunlari" 7 asr mobaynida Yevropa untlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi.



Ibn Sino — Avitsenna, Ibn Rushd — Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al Ramzats, Abu Maʼshar Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur boʻlgan. "Oʻsha paytda (13—16-asr) jaholat changalidagi Yevropaning koʻpgina qismida musulmonlar ilm chirogʻini yoqdilar... ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shim., gʻarbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon — rumo — arab urugʻidan unib chiqqandir" (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. "Sharkliklar Gʻarbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar" (Gegel).

Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, harbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. "Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk... bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar" (G. Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante "Bazm", "Ilohiy komediya" asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi.
Download 15.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling