Неизвестное название


Download 26.63 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi26.63 Kb.
#1752449
Bog'liq
ички такриз yangi





Farg‘ona Davlat Universiteti Sirtqi bo‘lim Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Sh.T.Mavlonovaning “The concept of psychology ” o‘quv qo‘llanmasiga


TAQRIZ


Chet tillarini o‘rganish hozirgi kunda jamiyatning asosiy ehtiyojlaridan biri bolib bormoqda. Aynan hozirgi davrga kelib yurtimizda yoshlar orasida chet tili bilimdonligini oshirish bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilmoqda, turli tanlovlar joriy qilinmoqda. Chet tilida muloqot qila olish jahon talabiga aylanib ulgurdi. Hozirgi kunda qaysi sohani olmaylik chet tili, chet el texnologiyasi bilan bog‘liq bo’lmagan biror jabha deyarli qolmadi.
Ushbu qo‘llanma o‘rganuvchilar uchun qulay tomonlarini hisobga olgan holda yozilgan bo‘lib har bir darsda grammatika, o'qish va muloqot uchun matnlar berilgan. Matnlarda inson psixologiyasidagi temperamentlar, ta’m,hid bilish va vaziyatdan chiqish usullari haqida yoritilgan. Grammatik mavzular mustahkamlash mashqlari bilan to‘ldirilgan bo‘lib, matnlar esa har biri mustahkamlash uchun savollar hamda o‘rganuvchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida matnda uchraydigan notanish so‘zlarning tarjimasi berilgan.
Qo’llanma asosan sirtqi bo‘lim talabalri uchun mo’ljallangan bo’lib, 16 dars (32 soat) dan iborat. Shu bilan bir qatorda qo‘llanmadan mustaqil o‘rganuvchilar va abiturentlar ham foydalanishlari mumkin.
Hozirgi kunda ko‘plab qo‘llanmalar mavjud bo’lishiga qaramay sirtqi ta’lim talabalariga mo‘ljallangan o‘quv qo’llanmalar kamligini e’tiborga olgan holda qo‘llanma nashrga tavsiya etiladi.
Farg‘ona Davlat Universiteti
Adabiyotshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi,'Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jo‘rayeva Manzura Аhronqulovna


Download 26.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling