Nematov shaxob


Download 412 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana08.01.2022
Hajmi412 Kb.
#236507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NEMATOV SH. Qatog'on siyosati

"aksilinqilobiy" mulohazani bildirgan. Moskva safaridan qaytish ham 

Usmon Nosir uchun beiz ketmadi. U poyezdagi ozgina mayxo`rlikdan 

so`ng Lavrentyev bilan aytishib qolib, uni "Velikorus" deb xaqorat qilgan. 

Oradan 4 oy o`tgach, Lavrentyev Usmon Nosir ustidan ariza yozib, shoirni 

millatchi, aksiinqilobchi sifatida aybladi. 

1937 yilning 12 iyunida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida Usmon 

Nosirni shaxsiy ishiga bag`ishlangan yig`ilish shoir uchun fojeali 

yakunlandi. O`sha kunni ertasiga DXQ 4-bo`limini Klenov va Xayruddinov 

familiyali xodimlari kelib Usmon Nosir uyida tintuv o`tkazadilar va uni 

olib ketadilar. 

Usmon Nosir chirkin qamoqxonalarda ham yorug`, hur kunlar kelishiga 

umid bilan boqib yashaydi. Yashashga bo`lgan ilinji shoirni ijod qilishga 

undadi. Bugungi kunda: "Shoir o`sha kezda Stalinni sevmasdi, uni og`ir 

qismati uchun tinmay la`natlardi", - deyish juda ham to`g`ri bo`lmasa 

kerak. Uning "Xalqlar dohiysi"ga hurmati baland bo`lgan. Aniqrog`i uni 

ardoqlar va itoat etardi. Shu bois, u nomining bot — bot tilga olardi. Yoki 

ro`y berayotgan bedodliklardan Stalinni mutlaqo bexabar, deb anglaydi. 

Agarda shunday deb o`ylamaganda, unga shaxsan xat bilan murojaat 

etmagan bo`larmidi?! Zero, bu bilan o`zi uchun ma`lum bo`lgan 

xaqiqatni oydinlashtirmoqchi edi, xolos. Baxtga qarshi uning qalb nidosi 

qumga oqqan suv misoli izsiz yo`q bo`lib ketgan. 


Sevimli shoirimiz E.Vohidov Usmon Nosir ijodiga shunday ta`rif bergan: 

"Kalbi keng, ko`ngli ochiq, to`g`ri so`z va jangovar shoir yigitni ko`p 

jihatdan Yeseninga o`xshash ko`raman". Usmon Nosir huddi ulkan rus 

shoiri kabi olovli, isyonkor qalb egasi, she`riyat ufqida nogohon balqigan 

yorug` yulduz edi. U ham yorug` dunyoni juda erta va bevaqt tark etdi. 

Yesenin kabi murakkab davr girdobida halok bo`ldi. 

Usmon Nosirni olib ketishgach, undan uzoq vaqt hech qanday darak 

bo`lmadi, oila a`zolari undan xabar olish maqsadida kimga murojaat 

qilishni bilmay, boshlari qotgandi. Bir vaqtlar minglab she`riyat muxlisi 

tan olgan g`ark etgandek, guyo undan hamma birdan yuz o`chirgandek 

edi. Nihoyat, Usmon Nosir Toshkent qamoqxonalaridan birida ekanligi 

aniq bo`ladi. Bir kuni shoirdan qamoqxonadan xat chiqarishga imkon 

tug`iladi. Unda: "Singlim Rohatxon! Uyg`unnikiga borib, mening 

narsalarimi yig`ishtirib ol. Madamin, Davronnikida paltoyim bor.. Kerakli 

narsalarni to`plab, Ibrohim Nazirnikida etigim bor. Shularni olib kelib, 

menga kirgizib yubor, uzoqlarga ketadiganga o`xshayman", — deyilgan 

edi. Xatda aytilganlarga hammasi shoir buyurganlarini, berishadi, lekin 

Ibrohim Nazir: "Men "Xalq dushmani" singlisi bilan gaplashmayman", - 

deb etikni otib yuboradi. Kechagina do`stman, deb yurganlar shunday 

qilmishgacha yetib borgan bo`lsalar. Lekin shoirdan tonmagan tanishlari 

ham yo`q emas edi. 1944 yilning boshida eski tanishim toshkentlik 

jurnalist Farruh Ahmadiy kelib, qo`rqa-pisa Usmon Nosirdan kelgan xatni 

tutqazadi. Xatda: "Singlim Rohatxon, sening O`tkir Rashidga turmushga 

chiqqanini eshitib bag`oyat hursand bo`ldim. Sizlarga atab she`r ham 


Download 412 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling