Nematov shaxob
Download 412 Kb. Pdf ko'rish
|
NEMATOV SH. Qatog'on siyosati
ig'vosi va bo'htonining aybsiz qurboni bo'ldi. Uning rahnamoligida millat
ravnaqi va istiqloli yo'lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan «Milliy istiqlol» tashkilotining 87 a'zosi ustidan sud uyushtirildi. Ularning 49 nafari «Xalq dushmani», «burjua millatchisi» degan ayblar bilan qoralanib, og'ir jazolarga hukm qilindi. O'zbek adabiyotining ustunlari bo'lgan, noyob ijodlari xalq mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Usmon Nosir, Mahmud Botu (Xodiyev), Elbek (Mashriq Yunusov), G'ozi Yunus kabi ajoyib iste'dodlar quruq bo'htonu tuhmatlar asosida «xalq dushmanlari» sifatida jismonan yo'q qilinib, yorqin faoliyati so'ndirildi. Masalan, ulardan biri - professor G'ozi Olim Yunusovni oladigan bo'lsak, u 50 dan ziyod asarlar muallifi edi. Arab, fors, nemis, ingliz va barcha turkiy tillarni puxta bilardi. U hatto rus, arab va nemis tillarida Samarqand universiteti, Toshkent pedagogika instituti hamda Til va adabiyot ilmiy - tadqiqot institutida umumiy tilshunoslik va t;l bilimiga kirish kabi maxsus kurslardan ma'ruzalaro'qirdi. Biroq bunday iste'dodlar qatag'on jallodlari uchun sariq chaqalik qadr -qimmatga ega bo'lmagan. Mustabid tuzum farmonbardorlari, ayniqsa, bunda o'zbek xalqining milliy ongi, tafakkurini yoritish, uning o'zligini tanitishga fidoyilik qilgan, istiqloi darg'alari bo'lgan jadidizm namoyandalarini yo'q qilishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar. Bunga erishdilar ham. Shulardan yana biri shoir Usmon Nosir edi. U Namangan shahrida dunyoga keladi. Usmon Nosirni hibsga olishga sabab bo`lgan bahona haqidagi so`nggi vaqtda matbuotda turli-tuman fikr bayon qilindi. Chunonchi, shoir jiyani Nodira Rashidova bir maqolasida bu haqda quyidagi so`zlarni aytgan: "1937 yilning may oyida Moskvada O`zbekiston adabiyoti va san`ati dekadasi bo`lib o`tadi. Delegasiya sostavida Usmon Nosir ham bo`lgan. Toshkentga bir to`p yozuvchilar poyezdda qaytishadi". Usmon Nosir: "Mana Stalinni ham o`z ko`zimiz bilan ko`rdik, hammamiz qatori oddiy odam ekan. U menga bir kerosin sotadigan do`stimni eslatdi", - deb aytdi. Holbuki, bu faqat bir joyda qayd etilmagan. Tergov materiallari shundan dalolat beradiki, Usmon Nosirni qora kursiga o`tkazgan kishilardan biri Aleksandr Grigoryevich Lavrentyev degan rus yozuvchisidir. A.S.Pushkin vafotining 100 yiligi munosabati bilan 1937 fevralida o`tkazilgan SSSR yozuvchilar uyushmasining tantanali tadbirida bu ikki Qo`qonlik (U .Nosir va A.G.Lavrentyev) "do`st" ham ishtirok etishgan. Usmon Nosir mehmonxonada Lavrentyev bilan turgan. Mehmonxonadagi Lavrentyev bilan qilgan suhbati chog`ida she`riyat mundarajasi pissimistlik dunyoqarashiga tayangan va shoir mavjud tuzumga oppozisiyada bo`lgan taqdirdagina haqiqiy san`at asari maydonga kelishini aytgan. Yana shu suhbat mobaynida O`zbekiston sosializm barpo etish uchun albatta SSSR tarkibida bo`lishi shart emas, turkiy xalqlar o`zaro birlashib ham sosializmga borishi mumkin, degan, Download 412 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling