Nematov shaxob
Download 412 Kb. Pdf ko'rish
|
NEMATOV SH. Qatog'on siyosati
yozdim. Turmushlaring yaxshi bo`lsin. Bu xatni olib borgan odamdan
yomonlik kutmang, nahotki mening O`zbekistonda do`stlarim yo`q bo`lsa? Toshkent qamoqxonalarida umrbod yotishga ham roziman. Faqat, meni bu yerdan olib ketishmasin. Yozuvchilar uyushmasiga borib murojaat qilgin. Xatni o`qigach, uni yo`qotinglar". Ming afsuslar bo`lsinkim, yozuvchilar uyushmasiga borib qilingan iltimosni ham bir chaqali foydasi bo`lmadi. Kora kunlar tushib, undan omon qaytishiga muyassar bo`lgan Tojixon Shodiyovaning xikoya qilib berishicha, shoir uzoq ayozli Magadanlarda bo`lganida oyog`ini sovuqqa oldirib qo`yibdi. So`ng uni Kemerovaga jo`natishibdi. So`ngi kunlarda shoir bedodlikka qarshi hatto ochlik ham e`lon qilgan. Og`ir xastalik bilan u qamoqxonada ko`z yumibdi. Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat, Cho`lpon singari XX asr o`zbek adabiyotining eng yirik namoyondalaridan biridir. Uning hayotiy yo`li va ijodiy faoliyati g`oyat murakkab bo`lishiga qaramay, bugun biz uni o`zbek xalqining madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan adib va alloma sifatida hurmat bilan tilga olamiz. Fitrat 1886 yilda Buxoroda tavallud topdi. U eski maktabda xat-savodini chiqargan. Mir Arab madrasasida tahsil ko`rdi, o`zbek va tojik adabiyoti namunalarini sevib o`qidi. Diniy va dunyoviy adabiyot namunalarini berilib o`qidi, ong va bilimni oshirish choralarini axtardi. Jadidlar harakati o`lkada keng qanot yoyishini va tajribali rahbarlarga ega bo`lishi uchun ularni rahbarlar iste`dodli yoshlarni Turkiyaga o`qishga yuborishadi. Fitrat ham 1908 yilda Istambulga borib, 4 yil davomida ta`lim va tarbiya oladi. Uning ijodi shu yerda boshlanadi. Adibni dastlabki mashqlari- "Sayyohi hindi bayonoti" (1913) nasriy asari va "Sayxa" she`rlar to`plami (1910) Istambulda maydonga keldi. Ularda jadidona g`oyalar bilan sug`orilgan qarashlar o`z aksini topgan. 1913 yilni oxirida Fitrat Turkiyadan qaytib kelganda uning qarindosh - urug`lari hatto tanimay qolishgan. O`qishga mullavachcha qiyofasida, salla va chopon kiyib ketgan Abdurauf endi batamom yevropacha kiyinib qaytgan edi. Uni bunday holatda ko`rganlar orasida: "Esiz, shunday mullavachcha yigit to`rt yilda kofir bo`lib qolibdi", deb afsuslanganlar ham bo`libdi. Fitrat Turkiyadan ancha ilg`or qarashlar bilan qaytgan edi. Buni ustiga, 1916 yili milliy - ozodlik harakati, 1917 yilgi fevral inqilobi, oktabr to`ntarishi voqealari uning siyosiy - ijtimoiy ongining tez shakllanishga zamin hozirladi. 1923-1924 yillarda Moskvada Sharq tillari institutida tahsil oladi. Fitratni ijodiy va ijtimoiy faoliyatining uch davrga bo`lish mumkin. U birinchi davr: 1908-1918 yillarda «Yosh buxoroliklar» harakatini g`oyaviy programmasi bo`lib xizmat qilgan "Munozara", "Sayyohi hindi", "Rahbari najot", "Oila" kabi asarlarni yaratgan va jadid adabiyotini ko`zga ko`ringan arboblaridan biriga aylandi. 1918-1924 yillarni o`z ichiga olgan ikkinchi davrda, oktabr voqealariga o`z munosabatini bildirib bordi. Uchinchi davr: 1925-1937 yillarni o`z ichiga oldi. Download 412 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling