Nemis adabiyoti tarixi


XVIII ASR BIRINCHI YARMIDA MA’RIFATPARVARLIK ADABIYOTI


Download 5.22 Mb.
bet13/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

8. XVIII ASR BIRINCHI YARMIDA MA’RIFATPARVARLIK ADABIYOTI





  1. Adabiyotda “Bo’ron va xujum” davri adabiyoti

  2. Herder va jahon adabiyoti

  3. I.Gottshed - nemis marifatparvarligi tashabbuskori

  4. G.E. Lessing – nazariyotchi, tanqidchi va dramaturg

  5. Romantizm. Yena romantizmi



TAYANCH SO’Z VA IBORALAR





  1. Laokoon

  2. Tadqiqotning tarixiy metodi

  3. Estetik idrok yo’llari

  4. “Bo’ron va xujum” yo’nalishi
  5. Shtyurmer

  6. Klassisizmning Vaymar varianti


Germaniya XVIII asrda milliy siyosiy birlikka ega bo’lmagan, bir-biri bilan yaxshi munosabatda bog’lanmagan feodal davlatlar kenglomeratidan iborat edi. Mamlakatni 300 dan ortiq hukumdorlar boshqarar edi. Ularning har biri o’zi hokim bo’lgan davlatga hayotning barcha jabhalarda o’ziga ma’qul bo’lgan siyosatni olib borar edi.


Mamlakatning milliy-siyosiy parokandaligi nemis jamiyatining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga monelik qilar edi. Bu muammolarni hal etish uchun barcha nemis peshqadam ma’rifatparvarlari va yozuvchilari kurashar edilar.
XVIII asrda Germaniya taraqqiyot kuchlari o’ta kuchsiz edilar. Germaniyaning peshqadam kishilari yorqin kelajakni vatan adabiyotida deb bilardilar. Faqat adabiyotgina barcha g’oyalarning tashuvchisi rolini bajardi. Ijtimoiy-siyosiy tazyiqdan norozilik kayfiyatlari adabiyotda o’z ifodasini topdi. XVIII asr adabiyotiga bir qator buyuk yozuvchi ma’rifatparvarlarni yetishtirib berdi. (Lessing, Herder, Gyote, Shiller va b.) Ularning pozitsiyalari Yevropa ma’rifatparvarligi ideallari bilan hamohang edi.
Ma’rifatparvarlik harakati ayniqsa Fransiyada ravnaq topgan bo’lib, u Volter, Didro, Russo kabi buyuk ma’rifatparvarlik ijtimoiy adabiy arboblarni kashf etadi. Nemis ma’rifatparvarlari Germaniyaning qoloqligi tufayli o’z ijtimoiy-siyosiy qarashlarida nisbatan mo’tadil edilar. Shunga qaramay, ularning barchasi antifeodal kayfiyatda bo’lib, knyazlar despotizmini, siyosiy passivlikni qoralar edilar.
VIII asrda Germaniyada falsafa ilmi muvaffaqiyatlarga erishdi. Nemis yozuvchi- ma’rifatparvarlari ayni zamonda faylasuflar ham edilar. Ular o’z falsafiy risolalarida insonni gumanistik ruhda tarbiyalash masalalarini qo’yar, san’at turlarining o’ziga xosliklari, muammolarini ishlab chiqar, estetik idrok yo’llarini o’rganar, fanga tadqiqotning tarixiy metodni joriy qilar, inson didi va qarashalari uning nuqtai-nazari bilan bog’liqligini o’rganar edilar.
Nemis marifatparvarlik adabiyoti o’z taraqqiyot jarayonida to’rt bosqichni bosib o’tadi.
Birinchi davr XVIII asrning 20-50 yillariga to’g’ri keladi, bu davrda asosan klassisizm hukumronlik qilgan.
Klassisistlar manba qidirib tarixiy o’tmishga murojaat etadilar. Ularning ijodida yashovchan zamonaviylik o’z ifodasini topmagan. Poetik so’z ular o’z axloqiy-siyosiy harakatlarini targ’ib etuvchi vosita sifatida foydalanilgan. 40- yillarda klassisizm o’rnini realistik byurger adabiyoti egallay boshaydi. Ularning nomoyondalari (Gellert va b.) o’zlari zamondosh bo’lgan voqelikni ifoda eta boshlaydilar. Ularning ijobiy qahramonlari endi Gottshed tasvirlaganday “temir qalb”li kishi bo’lmay, eng oddiy byurger. Unga hissiyot ham, insonparvarlik ham begona emas.

Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling