Nemis adabiyoti tarixi


XVIII ASR NEMIS ADABIYOTI


Download 5.22 Mb.
bet15/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

9. XVIII ASR NEMIS ADABIYOTI

XVIII asrda nemis adabiyoti erishgan ulkan muvaffaqiyatlar jahon madaniyatiga bebaho hissa bo’lib qo’shildi. Aynan nemis dramaturglari – Lessing, Gyote, Shiller Ma’rifatparvarlik davrida adabiyot va teatr sohasida erishilgan yutuqlarga yakun yasab, ma’rifatparvarlik realizmidan XIX asr tanqidiy realizmiga o’tish yo’lini belgilab berdilar.


1625-yilgi dehqonlar urushi zarbalari, asosan Germaniyada sodir bo’lgan o’ttiz yillik (1618-1648) umumovro’pa urushi, savdo yo’llarining O’rta yer dengizidan Atlantika okeaniga ko’chishi – bularning ja’mi Germaniyani siyosiy, xo’jalik va madaniy sohalarda orqaga itqitib tashlagan edi. Mamlakat 360 ta mayda feodal davlatlarga bo’linib ketgan bo’lib, ular bir-birlari bilan uzluksiz raqobatda bo’lib keldilar. Ustiga ustak, bu davlatlarda to’rachilik va beboshlik avj olib bordi.
“Germaniyaning XVIII asrdagi qismati o’kinchli va qabohatli edi, - deb yozgan edi Gertsen. – Aslzodalari ishyoqmas va tambal… Germaniyada odob axloq shu darajada tubanlashib ketganki, insoniy nafsoniyat haqida og’iz ochnasa ham bo’ladi. Qal’alar maxbuslarga to’lib ketgan, din uchun quvg’in, she’r uchun quvg’in, vazir haqida nojo’ya so’z uchun quvg’in – bular shovqin – suronsiz pinhona amalga oshirilaveradi”.
Tabiiyki, Germaniya hukmdorlari ham Ma’rifatparvarlik asri ta’siridan chetda qolmadilar. Lekin bundan mamlakat o’zini ma’naviy va madaniy rostlay olmadi; aksincha, omma yana ham kuchli tazyiq ostiga olindi, talandi. Nemis saroylarida milliy madaniyat nish urmadi. Nemis aslzodalari milliy madaniyatga bepisandlik bilan qarab, o’z saroylari eshiklarini Fransuz madaniyati mahsuliga ochib qo’ygan edilar.
Oyoqqa turib borayotgan nemis ziyolilari esa boshqa xalqlarning yutuqlariga suyanib, nemis madaniyatini yaratishga intiladilar. Shu bilan ular ulkan milliy vazifani amalga oshirdilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, germaniya bir qator tarixiy sabablarga ko’ra, faqat madaniyat sohasidagina ilg’or davlatlar darajasiga ko’tarilishi mumkin, lekin boshqa sohalarga da’vo qilishga imkoni yo’q mamlakat edi.
XVIII asrdagi nemis adabiyoti Ovro’poning boshqa mamlakatlari adabiyoti kabi turlicha rivojlanish bosqichlarini o’taydi. Bu madaniyat ham ma’rifatparvarlik klassisizmi, ma’rifatparvarlik realizmi, sentimentalizm, ilk romantizm davrlarini boshdan kechiradi. Lekin bu oqimlar Germaniya badiiy hayotida boshqa mamlakaggiga qaraganda o’zgacha ahamiyatga ega bo’ldi.
Fransiyada ancha taraqqiy topgan ma’rifatparvarlik klassisizmi germaniya shart – sharoitiga uncha mos tushmadi. Aql-idrok ustuvorligi, fuqarolik haqidagi chaqiriqlar bu yerda baralla, to’la ma’nosi bilan jaranglamadi. Volter dramaturgiyasining tub vazifalari VIII asr Germaniyasi uchun barvaqt qo’yilgan vazifalar bo’lib chiqdi.

Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling