Nemis adabiyoti tarixi
-yilda „Erk erkinligi haqida suhbat“ («Беседа о свободе воли»)
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Nodonlikning ardoqli so’zi“, „Oddiy muloqotlar“ (разговор запросто)
1524-yilda „Erk erkinligi haqida suhbat“ («Беседа о свободе воли») nomli risola yozib, unda shaxsning ilohiy kuchlar quli (bandasi) bo’lmay, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi haqida yozadi.
Lyuter bilan bahsda gumanist sifatida ko’r-ko’rona ishonchdan tanqidiy tafakkurni, idrokni afzal ko’radi. Keyingi avlodlar hayotiga u o’zining ikki asari „Nodonlikning ardoqli so’zi“, „Oddiy muloqotlar“ (разговор запросто) nomli satirasi bilan kirgan. „Nodonlikning ardoqli so’zi“ hazil ohangida yozilgan bo’lib, ijtimoiy hodisalarni tahlil qilar ekan, nodonlikni gapirtirib, uning voqeilikda juda katta mavqei borligini ko’rsatmoqchi bo’ladi. Bu bilan Erazm zamonasining ko’pgina chirkinliklarini fosh etib, ular ustidan kuladi. U o’z asarlarida inson hayotidagi hissiy bilish ibtidosining ahamiyatini ta’kidlaydi. „Agarda inson emotsional stixiya ixtiyorida bo’lmaganida edi, deb yozadi, inson zoti davom etmagan bo’lardi, xuddi shunday demoqchimisiz? O’zim ham shunday deb o’ylovdim. Hech qaysingiz fikrimga qo’shilmaydigan axmoqlardan emassiz. Agar hayotga bir chimdimgina nodonlikni omuxta qilinmasa, unda g’am-anduh, zerikish, azob-uqubatlarni o’zi qolmaydimi?“. (XII) Bu fikr bilan Erazm bizga Renessans (Uyg’onish davri) kishisi, buyuk hayotsevar stoisizm1, va asketizm2ni ko’rishga toqati yo’q kishi sifatida namoyon bo’ladi. U hayotni sevadi va uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishni xohlaydi. Uyg’onish davrining buyuk olimi sifatida fanga nisbatan fidoiylikni qadrlaydi, lekin bir tomonlama berilishni yoqlamaydi. Erazmning achchiq satirasi mehnat qilayotganlarga qaratilmagan bo’lib, mehnat ahli haqida va hamdardlik ohanglarida yozadi. “Ardoqli so’zlar” asari insonga, xalqqa muhabbat bilan yo’g’rilgan Erazm o’z g’azabini aqllilik, fan va hayot dushmanlariga qaratadi. Uning kitobining ommaviyligi va reformatsiyani tayyorlashdagi rolini shu bilan izohlash o’rinli. Erazmning “Adagiya” asari zamondoshlari orasida mashhur edi. Mazkur hikoyatlarning ayrimlari batafsil sharhlarga ega bo’lib, oshkora publisistik xarakter kasb etar edi. Masalan, suhbatlardan birida burgut og’u tashuvchi, sukunat va osoyishtalikni buzuvchi, janglar va qaroqchilik uchun tug’ilgan “qush” sifatida tasvirlanadi. U o’zi zamondosh bo’lgan hokimlarda “burgutnamo” qiliqlarni, ya’ni, o’ziga qaram bo’lgan oddiy xalq osoyishtaligini qanday buzishlarini yaqqol ko’rsatadi. 1518-yilda Erazmning suhbatlar tarzida yozilgan “Oddiy muloqotlar” kitobining birinchi nashri e’lon qilinadi. Bu kitob turmush mavzulariga bag’ishlangan turli suhbatlardan tashkil topgan bo’lib, turli tabaqa va yoshdagi, turli kasb-kor va manfaat egalari o’zaro suhbat quradilar. Natijada Germaniya va uning axloqiga dahldor ichki manzaralar chiziladi. Erazm xo’jayin va qarol munosabatlari, o’rta asrlardagi o’qitish tizimi, ruhoniylarning daromad dardidagi tashvishlari haqidagi suhbatlar orqali o’sha davr voqeligini jonlantirmoqchi bo’ladi. Shuningdek, u ushbu asarda sevgi va oila mavzusiga katta e’tibor beradi; xiyonatkor ayollar va erkaklar haqida yozib, sog’lom va sadoqatli, o’zaro hurmat va sevgi asosida qurilgan oilani himoya qiladi. Har doimgidek, Erazm monaxlar ustidan kuladi, cherkov aqidalarini tanqid qiladi. Kitobda Erazm ideali Yevseviy obrazi talqini orqali beriladi. Asar qahramonining shahar chetidagi ajoyib uyi, bo’g va polizi bo’lib, bo’g va poliz ne’matlari umum ixtiyorida, deydi u. Bog’ning eshigi beva-bechoralar uchun har doim ochiq va tundagina bekiladi. O’z xarajatlari evaziga bo’lsa ham, yetim-yesirlar ko’nglini olsa bas. Bu bilan u kishilar qashshoqligining oldini olmoqchi bo’ladi. Yevseviyning ajoyib kutubxonasi bo’lib, o’z tanholigini kitoblar bilan mashg’ul bo’lishga, do’stlar bilan suhbatga bag’ishlaydi. Bu utopiyada Erazmning kuchli va kuchsiz tomonlari namoyon bo’ladi. Uning kamchiligi zamon kurashlaridan o’zini chetga olish bo’lsa, dahshatli voqelik ruhiy erkinlikka tashnalikni ruhiy teng huquqlilikni, sharoitga moslashmaslik kabilarga intilishi uning kuchli tomonlari edi. Garchi asarlarida qahramonlar tanholikka intilsalar-da, yozuvchining shaxsiy hayoti sira tanholikda kechmagan. Yozuvchining hayoti uzluksiz kurashlar bilan to’liq bo’lib, insoniyat xotirasida Erazmning o’zi ozodlik uchun kurashchi sifatida saqlanib qolgan. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling