Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet71/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot to’g’risidagi fan. Adabiyotshunoslik uch asosiy qismdan iborat: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqid.
Adabiyot nazariyasi so’z san’atining mohiyatini, taraqqiyot qonuniyatini, kishilik jamiyati rivojidagi o’rni va rolini, o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy adabiyot asarlarini tahlil qilish printsiplari va unga baho berish me’yorlarini belgilaydi.
Adabiyot tarixi so’z san’atining vujudga kelish va rivojlanish tarixini tadqiq etadi, ma’lum bir xalqning va, umuman, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida, sinfiy kurash tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi.
Adabiy tanqid zamonaviy badiiy asarlarni xalq hayoti, uning hozirgi kundagi ehtiyoj va talablari jihatidan tadqiq etadi, baholaydi, fazilat va nuqsonlarni aniqlaydi, yozuvchilarning ijodiy o’sishi va adabiyotning ravnaqiga ko’maklashadi.


Adabiy oqim – ma’lum tarixiy davrda o’z mafkurasi va hayotiy tajribasi bilan bir-biriga yaqin turgan bir necha yozuvchilar ijodidagi g’oyaviy-badiiy xususiyatlar (mavzu, g’oya, badiiy tasvir vositalari va boshqalar) birligi.


Allegoriya – (lotincha allegoria – kinoya, qochiriq, kesatish so’zidan) – biror mavhum tushunchani konkret narsa yo hodisa orqali (“Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit” qabilida) ifodalagan majoziy, ya’ni o’z ma’nosidan boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z va iboralarning bir turi.
Alliteratsiya (lotincha ad-ga, da; lit(t)era – harf so’zidan) badiiy nutqni yanada ifodaliroq qilish uchun ko’pincha she’rlarda, ba’zan prozada bir xil, ohangdosh tovushlarni takrorlash.


Anafora – (yunoncha anaphora – yuqoriga chiqarish so’zidan) – stilistik figuralardan biri bo’lib, misralarning boshida yoki prozaik badiiy asardagi gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so’z yoki iboralarning takrorlanib kelishi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling