Nemis adabiyoti tarixi


Anekdot – (yunoncha anekdotos


Download 5.22 Mb.
bet72/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Anekdot – (yunoncha anekdotos – bosib chiqarilmagan) – g’alati voqea, kulgili hodisa to’g’risida kichik va maroqli hikoya.
Miloddan ilgari VI asrda o’tgan Bizantiya tarixchisi Prokopiyning imperator Yustitsian va uning saroy ahli shaxsiy hayotidan olingan qiziq voqealarni hikoya qiluvchi “Sirli sandiq” asari birinchi marta anekdot deb atalgan edi. Shundan keyin anekdot termini maxsus adabiy asarlarga nisbatan ishlatila boshlangan.


Antik (Fransuzcha antique, lotincha antiquus – qadimgi so’zidan) – qasimgi Yunoniston va Rimga nisbatan qo’llanilib, antik dunyo, antik san,at, antik adabiyot kabi birikma-terminlar shaklida keladi. Antik so’zi ayrim Sharq xalqlarida, jumladan o’zbek xalqida antiqa tarzida ishlatilib, qadimiy, ajoyib, go’zal va g’alati kabi ma’nolarni ifodalaydi.


Antiteza (yunoncha antithesis – qarama-qarshi qoy’ish so’zidan) – bir-biriga zid tushuncha, fikr va hissiyotlarni yaqqol ifodalashda hamda ularga qiyosiy xarakteristika berishda qo’llaniladigan adabiy usul.
Antitezaning Sharq klassik adabiyotida qo’llangan turlaridan biri tazod deb atalgan.


Antologiya (yunoncha anthos – gul va lego – teraman so’zidan) – qadim zamonda antik adabiyot namunalarini o’z ichiga olgan to’plamlar guldasta ma’nosida shunday atalgan. Hozir ham shoirlarning tanlangan namunalari to’plami antologiya deb nomlanadi.


Arxaizm (yunoncha archaios – qadimgi so’zidan) – hozirgi umumxalq tilida ishlatilmaydigan eskirib qolgan so’z va iboralar, shuningdek, hayotda uchraydigan eskilik sarqitlari.


Arxitektonika (yunoncha architektonike – me’moriy san’at so’zidan) – badiiy asar tuzilishi, undagi boblar, qismlar va epizodlarning muvofiqligi va h.k.
Assonans (lotincha assonare – ohangdoshlik so’zidan) – gapda, misra va bandda bir xil unli tovushlarning qayatrilishi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling