Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet75/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Drama (yunoncha drama – harakat so’zidan) – badiiy adabiyotning asosiy turlaridan biri. Dramatik asarlar dialoglarga asoslanadi. Roman, povest, hikoya, ocherk mualliflari asarda tasvirlangan voqealarning o’rni , kishilarning xarakteri va qilmishlari haqida hikoya qilib berish bilan birga, ularni o’zaro gapirtiradilar. Dramada esa muallifning hikoya qilishi ham personajlarning gaplari orqali yuzaga keladi. Lirik asarlarda esa kishining ichki kechinmalari, fikri, his-tuyg’usi ifoda etiladi. Dramatik asar muallifi o’z ahramonlarining lirik kayfiyatlarini ham ularning nutqi va xatti-harakati orqali jonlantiradi. Dramatik asar, odatda, teatrga, sahnaga mo’ljallanadi.


Dunyoviy adabiyot – diniy-mistik adabiyotga qarama-qarshi o’laroq, hayotga muhabbat bilan qarab, dunyoning nozu ne’matlaridan bahramand bo’lishga, yashashga chaqiruvchi, inson va hayot ishqini kuylovchi adabiyot.


Ekzistensializm (existence – mavjudlik) – XX asrdagi ana shu nomdagi falsafa asosida vujudga kelgan modernistik oqim. Ushbu falsafa markazida inson hayotining ma’nosi, shaxs erki va mas’uliyati muammolari turadi. Adabiy oqim sifatida ekzistensializm borliq va insonning g’aroyib sirli-sehrli jihatlari xususida bahs yuritadi. Ushbu adabiyot namunalarida insonning jamiyatga begonaligi, yolg’izligi, mahkumligi muammosi ko’tariladi.


Jangnoma – harbiy-tarixiy voqealarni bayon qiluvchi qadimiy qissa, epik masnaviy shaklidagi yirik badiiy polotno. Sharq adabiyotida Firdavsiyning “Shohnoma’si, qadimgi rus adabiyotida “Igor jangnomasi” kabilar shunday asarlardir.


Janr (Fransuzcha genre – tur, xil so’zidan) – ba’zan adabiy turlar shunday deb yuritiladi: epik janrlar – rivoya janrlari (roman, povest, hikoya, ocherk); lirik janrlar (lirik she’rlar, ashulalar); liro-epik janrlar (poema, ballada); drama janrlari (tragediya, komediya, drama) kabilar. Demak, biz janr termini orqali badiiy asarlar orasidagi farqni nazarda tutamiz. Ba’zan sarguzasht romanni, tarixiy va oilaviy-maishiy romanlarni ham roman janrlari yoki turlari deb yuritishadi.
Xullas, adabiy turlarni janr deyish to’g’riroq bo’ladi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling