Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet77/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Istoriografiya – adabiyotshunoslikning yordamchi soxalaridan biri. Adabiyotshunoslik tarkibiga kirgan adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning istoriografiyasi bor.


Klassik adabiyot – o’tmishning va hozirgi g’oyaviy-badiiy jihatdan yuksak, namuna bo’la oluvchi adabiyoti. Klassik yozuvchi deganda o’z davri ilg’or g’oyalarini yuksak san’atkorlik bilan mujassamlashtirgan, umumxalq tomonidan e’tirof etilib, asarlari xalq madaniyati xazinasidan mustahkam o’rin olgan yozuvchilar tushuniladi.


Klassisizm – XVII-XVIII asrlarda G’arbiy Yevropa hamda Rossiya san’ati va adabiyotida vijudga kelgan oqim.
Klassisizm sirtidan antik (klassik) san’at namunalariga taqlid qilgan, klassisizm nomi ham shundan kelib chiqqan. Aslida esa G’arbiy Yevropa va Rossiyadagi klassisizm namoyandalari o’z asarlarida ko’p jihatdan o’z davri hayotini aks ettirdilar, bit qator muhim hayotiy masalalarni ilgari surdilar ba ma’lum darajada realizmning o’sishiga zamin ham tayyorladilar.
Fransuz adabiyoti nazariyachisi Bualo o’zining “Poetik san’at” (“Jartpoetique” 1674 – “Поэтические искусство”, М., 1957)” nomli she’riy risolasida klassisizmning xarakter va hodisalarni tanlash va tasvirlash prinsiplarini ma’lum bir tartibga slogan edi. Klassisizm prinsipi tabiatga (inson turmushi ma’nosida) taqlid etishni, aql-idrokka muvofiq harakat qilishni, antik adabiyot va san’at asarlarini namuna qilib olib, uning traditsion qoidalariga tayanishni taqozo qiladi. Klassisizm vakillari, o’rta asr idealistik sxolastikasi va diniy dogmatikasiga qarama-qarshi o’laroq, real turmush va real odamlarni tasvirlashni san’at va adabiyotning asosi, deb hisobladilar.


Komediya – (yunoncha komodiaquvnoq tomosha, qo’shiq so’zidan) dramatik asarning bir turi bo’lib, unda hayotdagi kulgili hodisalar tasvir etiladi, ijtimoiy yoki oilaviy mojarolar, kishilar xarakteridagi bema’ni, kulgili xususiyatlar masxara qilinadi.
Komediya dramatik asarning bir turi sifatida qadimgi Yunonistonda quvnoq xalq tomoshalari zaminida vujudga keldi. Qadimgi yunonlar sharob va shodlik ma’budi Dionis (yoki Vakxa) sharafiga atab, karnaval yurishlari qilib, bu yurushlarda qo’shiq aytganlar, raqsga tushganlar.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling