Nemis adabiyoti tarixi


Travesti (italyancha travestire


Download 5.22 Mb.
bet85/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Travesti (italyancha travestire – boshqa kiyim kiydirmoq so’zidan) - adabiyotda yumoristik poeziya shakllaridan biri bo’lib, jiddiy mazmunni unga loyiq bo’lmagan hazilomiz, komik shaklga solib tasvir etishdir. Travesti shu xususiyati bilan satirik yoki hazilomiz mazmunni jiddiy tusda tasvirlovchi parodiyadan ajralib turadi.


Tragediya (yunoncha tragodia) – drammatik asar turlaridan biri bo’lib, unda ilojsiz vaziyat, halok etuvhci o’g’ir va teng bo’lmagan kurash negizida qahramonning xarakteri ochib beriladi.
Tragediya dramaning eng qadimgi turlaridandir. U qadimgi Yunonistonda vujudga kelgan va o’z nomini xudo Dionis sharafiga o’tkazilgan bayramdagi xalq tomoshasidan olgan. Dionisga qurbonlik uchun echki olib kelishar ekan (echkini yunonlar tragos deb ataydilar). Bu marosim raqsga tushish, Dionis iztiroblari haqida rivoyat aytish va qurbonlikka chiqarilgan echki haqida qo’shiq aytish (qo’shiq yunonchada ode deb yuritiladi) bilan o’tkazilgan. Demak, tragediya ikki so’zdan: tragos – echki, ode – qo’shiqdan kelib chiqqan.
Yunon fojeanavislari Esxil, Sofokl, Evripid (eramizgacha V asr) tragediya-lari ayniqsa mashhurdir.


Tragikomediya – tragediya xususiyatlari va komediya elementlari birgalikda aks ettirilgan dramatik asar.


Traditsiya (lotincha traditiotopshirish, uzatish, berish so’zidan) – eski va yangi adabiy hodisa o’rtasidagi biridan-biriga o’tib boruvchi aloqa – keyingi yozuvchilar tomonidan qabul qilingan va rivojlantirilgan oldingi yozuvchi yoki yozuvchilar guruhi ijodiga xos g’oyaviy-badiiy xususiyatlar. Traditsiya an’ana deb ham yuritiladi.


Trafaret (italyancha trafaretto – teshilgan so’zidan) – shakldan nusxa ko’chirish uchun qog’oz yoki temirdan qilingan qolip. Biroq adabiyotda biror yozuvchining boshqa bir yozuvchi yaratgan yoki o’zining oldingi asarlarida yaratilgan obraz yoki tasvir usullarini mexanik tarzda takrorlashi salbiy ma’noda trafaret yoki shablon deyiladi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling