Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet84/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Sonet (italyancha soneto) – band qurilishi murakkab bo’lgan she’r shakllaridan biri; bu she’r, o’rta asrlarda Italiyada shakllangan qoidaga muvofiq, o’n to’rt misradan tashkil topishi kerak: sonetning birinchi qismi – ikki to’rtlik (katren); ikkinchi qismi – ikkita uchlik(tertset)dan tuziladi.


Takror – stilistik ko’rinishlardan biri bo’lib, bir so’zni yoki bir necha so’zni, ba’zan esa ma’lum satrni atayinqaytarish. Shu tariqa takror ma’lum fikr va hisni yaqqol ifodalash bilan birga, ta’sirni kuchaytirish va turli intonatsiyani bo’rttirib ko’rsatishga xizmat qiladi.


Tezis (yunoncha thesis) – ma’lum asarda muallif tomonidan isbotlanib, ilgari surilgan fikr va xulosalar. Antik she’r tuzilishida stopadagi ritmik urg’uli hijo tezis deb aytilgan.


Tekstologiya – adabiyotshunoslikning qo’shimcha bir sohasi bo’lib, badiiy asarlarning matni bilan shug’ullanadi. Badiiy asarlarning turli (qo’lyozma, bosma) nusxalarini bir-biriga chog’ishtirib, ularning aslini (yoki shunga yaqin nusxasini) tiklaydi, aniqlaydi, matnni ommabop yo akademik nashrga tayyorlaydi.


Tendentsiya (lotincha tendere – yo’naltirish, intilish) – yozuvchi asarda hayot manzaralari va xarakterlarini tasvirlash bilan o’quvchiga yetkazmoqchi bo’lgan g’oya, xulosa.


Tertsina (italyancha terzina) – yamb bilan yozilib, bandlari uch misradan iborat bo’lgan she’riy shakl Sharq she’riyatida musallas deyiladi.
Dantening “Ilohiy komediya” asarining bandlari tertsina usulida yozilgan. A.S.Pushkin ham bu she’riy shaklga murojaat etgan.


Tipik – turli xil hayotiy voqealar, jamiyat tuzumi, ma’lum kishilar guruhi va boshqalar uchun xarakterli bo’lgan xususiyatlarni yorqin ifodalovchi narsa, hodisa yo shaxs. Bunday tipik xarakter va xususiyatlar tipik hayot hodisalarida, ma’lum jamiyat va bir turdagi ijtimoiy sharoitda yashovchi ko’p kishilarda ko’zga tashlanib turadi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling