Немис тили дарсларида маданиятлараро мулоқотга ўргатиш машқларидан фойдаланиш


Download 125.47 Kb.
bet12/15
Sana19.04.2023
Hajmi125.47 Kb.
#1361819
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Nemis tili darslarida madaniyatlar

Dinamikadagi mashq deganda, chet tilda o`quvchi bajaradigan amallar tushuniladi. Mashg’ulot davomida o`quvchi fonetik, grammatik va leksik mashqlarni bajaradi. Matnni o`qib tushunganini o`z so`zlari bilan bayon etadi. Mashqlarning dinamika tomonida nutq ko`nikma va malakalarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy ishlar olib boriladi (J.J.Jalolov, 1996).
Metodik adabiyotlarda “mashqlar sistemasi”, “til va nutq mashqlari” (I.V.Raxmanov), “informatsion, operatsion va motivatsion mashqlar” (V.A.Buxbinder), “nutqqacha bo`lgan mashqlar” (M.S.Ilin), “algoritmik qoida” (J.J.Jalolov) atamalari ko`p ishlatiladi.
Mashqlar sistemasini quyidagicha tasniflash mumkin: (1) til materialini o`zlashtirishga ko`ra: fonetik, grammatik, leksik mashqlar; (2) nutq faoliyati turlarini egallashda qo`llanishiga ko`ra: tinglab tushunish, gapirish, o`qish va yozishga o`rgatish mashqlari; (3) lingvistik materialga ko`ra: til va nutq mashqlari; (4) bilim, ko`nikma va malaka hosil qilishiga ko`ra: tayyorlov va amaliy mashqlar; (5) bajarilish joyiga ko`ra: sinfda, uyda, laboratoriyada bajariladigan mashqlar; (6) nutq shakli va usuliga ko`ra: og’zaki va yozma nutq mashqlari; (7) tillar soniga ko`ra: bir tilli va ikki tilli mashqlar; (8) amallarni mustahkamlashga ko`ra: biriktirish, o`zgartirish-reproduktiv, tanlash, guruhlash, o`xshatish, farqlash-retseptiv mashqlar; (9) Yordamchi vositalar ishlatilishiga ko`ra: ko`rgazmalilik, texnika vositalari, programmalashtirish elementlari yordamida bajariladigan mashqlar; (10) o`zlashtirish bosqichlaridan kelib chiqishiga ko`ra: dastlabki egallash, mashq qilish, amaliyot, takrorlash, nazorat qilish mashqlari.
Har bir mashq ta`lim maqsadaliriga qarab tanlanadi va bosqichma bosqich o`rgatiladi. Bilim, ko`nikma va malaka hosil qilishiga ko`ra mashqlar sistemasini shakllantiruvchi mashq ya`ni til materiali(fonetika, leksika, grammatika)ni egallash, rivojlantiruvchi mashq, o`zlashtirilgan til materialidan nutqda foydalana olish va takomillashtiruvchi mashq axborot uzatish va o`zga shaxs fikrini tushunish maqsadida qo`llanadigan mashqlar kabi turlarga bo`lish mumkin.
Nemis tili mashg’ulotlarida og’zaki va yozma, tanishtiruv, takrorlash va qidiruv mashqlaridan foydalanish mumkin.
Til vositasida amalga oshiriladigan nutq faoliyatining asosiy maqsadi turli vaziyatlarda insonlar o`rtasida vujudga keladigan muloqotni ta`minlashdir. Bu esa chet tilda og’zaki va yozma mashqlarni ko`p bajarishni taqoza etadi.
Og’zaki nutq tovushli so`zlashuv nutqi bo`lib, u ko`proq ohang va turli imo-ishoralar qo`llanishi bilan xarakterlanadi. Unda murakkab grammatik qurilmali gaplar ishtirok etmaydi. O`quvchi ko`proq sodda gaplardan foydalanib o`z fikrini izhor etishga urinadi. Nutqning bu turi bir yoki bir necha kishi tomonidan amalga oshiriladi va monologik hamda dialogik shaklda namoyon bo`ladi.
O`quvchilarning til tajribalarini orttirish maqsadida va nutq faoliyatiga oid bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilishda informatsion/operatsion/motivatsion mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Nemis metodist olimi B.Eggert o`zining 1911 yilda nashr etilgan “Uebungsgesetze im fremdsprachlichen Unterricht” nomli kitobida birinchilardan bo`lib og’zaki mashqlar ya`ni tinglab tushunish va gapirishni o`rgatishga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqdi. Buyuk metodistlar M.Val’ter, G.Palmer, A.S.Xornbi, CH.Friz, R.Ladolar o`zlarining nazariyalarini yaratishda va amaliyotga tadbiq etishlarida B.Eggert tomonidan tasniflangan mashqlar tizimidan foydalanishdi (Il’in M.S. Osnovi teorii uprajneniy po inostrannomu yaziku // Pod red. prof. V.S.TSetlina. –M.: Pedagogika, 1975.–S.103).
CHet tildagi nutqni tinglab tushunish malakalari tekshirilganda chet tilda va ona tili va chet til ishtirokida og’zaki va yozma mashqlar bajarildi. Bir tilli nazoratda audiomatnni tinglash, uning umumiy mazmunini, asosiy g’oyasini tushunish, savollarga javob berish, mazmunni o`z so`zlari bilan hikoya qilish va matn yuzasidan savollar berish, undan yangi axborotni topish, unga munosabat bildirish singari nutqiy vazifalar bajarildi. Tinglab tushunish malakalari davriy va yakuniy nazoratda yoppasiga yozma tarzda tekshirildi.
Gapirish malakalarini yakka, yalpi va guruhiy tekshirildi. Har bir o`quvchining yakka nutqni egallash darajasini bilish maqsadida yakka tekshiruv o`tkazildi: tayanch so`zlar, mavzular, rasmlar asosida gapirish, matn yuzasidan savollarga javob berish shular jumlasidandir. Sinfdagi o`quvchilar bekor qolib ketmasliklarining oldini olish maqsadida yoppasiga nazorat qilishdan keng foydalanildi.
CHet tilda gapirishni tekshirishda quyidagilarga e`tibor qaratildi:
(1) juft nutqda sherigini tushunish va muloqot niyatini tushunish va unga mos javob replikasini o`rinli ishlatish, suhbatning davomiyligini ta`minlash, grammatik me`yorga rioya qilish; (2) monolog shakldagi nutq jarayonida hikoya qilish, tasvirlash, axborot berish kabi turli kommunikativ yo`nalishdagi bog’lanma nutq yurita olish; (3) nutqida ishlatilgan materialning o`zlashtirilgan darajasi, gapirish tezligi, nutq vaziyatiga mosligi kabilar.
Og’zaki mashqlar deganda, o`qituvchiga taqlid qilish, so`zlarni o`rnini almashtirish, aytilganni o`zgartirish, savolga javob qaytarish va savol berish, fikrga qo`shilish yoki inkor etish mashqlari nazarda tutiladi. Og’zaki nutq jarayonida yo`l qo`yiladigan xato va kamchiliklarni ro`yxatga olish qiyin kechadi. SHu bois, ishni osonlashtirish maqsadida texnik vositalar yordamida o`quvchining nutqi yozib olindi va tekshirildi
Nutq malakalari kichik hajmli sodda birliklardan to yirik hajmdagi murakkab matnlargacha bo`lgan nutq hodisalarini o`zida qamrab olgan mashqlarni ko`p marta takroran bajarish orqali egallanadi. Ma`lumki, mashqlar bajarish orqali ijobiy natijaga ega bo`lish maqsad qilib olinadi. Ba`zan u kam natija berishi mumkin. Mashqlarning samaradorligi uni tashkil etishga bog’liqdir.
Mashqlar sistemasida o`quv mashqlari nomi bilan yuritiladigan tayyorlov va nutq mashqlari alohida xususiyatga ega. Tayyorlov mashqlari o`qituvchi yoki diktorga taqlid qilish, so`zlarning shaklini o`zgartirib aytish, jumlalar tuzish va ularni guruhlarga bo`lish orqali til materialiga oid ko`nikma va malakalarni rivojlantirishga mo`ljallangan mashqlardir. Ular til hodisalarining shakliy (formal), ma`noviy (semantik), qo`llanish (funktsional) qiyinchiliklarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Nutqiy mashqlar o`z novbatida tayyorlangan va tayyorlanmagan mashqlarga bo`linadi. Tayyorlangan mashqlarda tayanch so`zlar ishtirokida fikrni o`zgartirib va to`ldirib izhor etish, fikrni bayon etishda rasm, kino, diafil’m va matn singari axborot manbalaridan foydalanish va o`rganilgan mavzu yuzasidan reja tuzish hamda rejaga bo`yicha hikoya qilib berish asos qilib olinadi. Tayyorlanmagan mashqlarda esa o`quvchilardan oldin ko`rgan fil’m va o`qigan asarlarga o`z munosabatini bildirish yoki o`y-fikrlarini o`z hayot tajribasidan kelib chiqqan holda gapirib berish tavsiya etiladi.
Kommunikativ (nutqiy) mashqlar kommunikativ motivatsiya nutqiy jarayonda o`rganilayotgan tilni turli stimullarini shaxsiy fikrlarini ifodalashda qo`llaniladi. Kommunikativ mashqlar qiyin topshiriqlarni bajarishda, ya`ni muhokama va qarashlarning to`g’ri yoki noto`g’riligini (xolis, noxolis) asoslash, kengaytirilgan fikr bildirishda qo`llaniladi.
Mashq mazmunini tushunish uchun quyidagilar bajariladi: matnni ichda o`qish va ma`nosini anglash, asosiy mazmunini bir-ikkita gapda bera olish, matnni og’zaki yoki yozma ravishda tahlil qilish, tayanch so`zlar yordamida matndagi savollarga javob berish, abzats ma`nosini tushunish.
Mashqlar mazmunini aniqlashda quyidagilar bajariladi: matnni alohida guruhlarga ajratish, mantiq jihatdan mos keladigan savollar qo`yish, abzatsning bayon tartibi. Ba`zi qiyinchiliklar o`qiyotgan matn mazmunini ochish, sharhlash, yangi olingan axborotni oldingisi bilan chog’ishtirish, asosiy voqea va hodisalarni qiyoslash, qahramonlar, muallif fikrini uqa bilish; avtorning nuqtai nazari, matnosti mazmunni fahmlash, o`qilganlik yuzasidan o`z fikrini bildirish.
I.A.Gruzinskaya o`z ilmiy-tadqiqot ishini darsliklarda mavjud mashqlarni tahlil qilishga bag’ishlaydi. Olima darsliklarni tahlil qilar ekan, u o`z oldiga darsliklarda mashqlarning qaysi turlari ko`proq berilishini aniqlash vazifasini qo`ydi va mashqlarni quyidagi turlarga ajratdi: 1) fonetik-orfografik mashqlar; 2) grammatik mashqlar; 3) lug’at bilan ishlash mashqlari; 4) bilim, ko`nikma va malakalarini takomillashtirishga qaratilgan mashqlar.
CHet til o`qitish metodikasida mashqlarni retseptiv va reproduktiv turlarga ajratiladi. Retseptiv mashqlar ifodalangan fikrni idrok etishga o`rgatadi. Bunga tinglab tushunish va o`qish mashqlari misol bo`la oladi. Reproduktiv mashqlarga gapirish va yozuvni o`rgatish mashqlari kiradi. Inson gapirganda va yozganda o`z fikrini ifodalashga harakat qiladi.
Dars boshlanishidagi chet til sun`iy muhitini yaratishda, darsning asosiy qismi va yakunida bajariladigan mashqlarning ko`p qismi tinglab tushunishni o`rgatishga taalluqlidir. Ta`lim vositasi sifatida retseptiv mashqlarini bajarish orqali o`quvchilarning chet tildagi nutqni tinglab tushunish qobilyatlari o`stiriladi. Maxsus eshitish mashqlarini bajarmasdan til o`rganuvchilar talaffuz qilish jarayonida duch keladigan qiyinchiliklar va buning oqibatida yo`l qo`yadigan xatolarini seza olmaydilar. Jumladan, ikki va undan ortiq undoshlar bir kelganda ko`p xatoliklarga yo`l qo`yiladi. Masalan: Pflanze, Student, Schlange.
Nutq faoliyatining to`rttala turidan birortasi (gapirish yoki o`qish yoki yozuv) darsda mashq qilinmasligi mumkin, biroq darsni tinglab tushunishsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`qituvchi darsni chet tilda boshlaydi, o`tadi va yakunlaydi. Bu jarayonda o`quvchi tinglovchi vazifasini bajaradi. O`quvchi chet til darslarida diktor yoki muallim nutqini tinglash orqali uni mag’zini chaqishga, tushunib olishga harakat qiladi.
CHet til o`qitish amaliyotida tinglab tushunishni o`rgatishda har-xil usullar ishlatiladi. SHulardan biri, dastlab til materialini, so`ngra nutq faoliyatini o`rgatishdir. Bunda so`z, so`z birikmasi, gaplarni bilib olishni mashq qilishdan boshlab, o`quvchilar diqqati o`rganilgan materialning mazmun tomoniga yo`naltiriladi. Ikkinchi usulda, tinglab tushunishni o`rgatish nutq malakalarini shakllantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu yo`nalishning oldingisidan avzaligi shundaki, o`quvchilarga gapirish, o`qish va yozuvni o`rgatish jarayoni tinglab tushunish bilan bevosita bog’liq tarzda olib boriladi.
Retseptiv shakllantiruvchi mashqlardan ayrimlarini ko`rib chiqamiz:

  1. Tinglang va so`zlarni bir-biridan farqlovchi unlilarni aniqlang (schoen-schon, Baer-Beer).

  2. Eshitgan so`zingizdan unli tovushni ajrating.

  3. Eshiting va so`z oxiridagi unlilarga e`tibor bering.

  4. So`zlarda aytilgan tovushlar juftini tinglang va ularni farqlang: ist-isst.

  5. Eshiting va quyidagi tovushlarga e`tibor bering: [r], Raum, arbeiten.

Har bir dars ikki toifa - sinfda va uyda bajariladigan mashqlardan iborat bo`ladi. Sinfda bajariladigan mashqlar nutq faoliyatining to`rttala turi gapirish, tinglab tushunish, o`qish va yozuv malakalarini hosil qilishga qaratilsa, uy mashqlarining ko`p qismi yozma bajarishga mo`ljallanadi.
CHet til o`qitishda til tajribasining uch tarkibiy qismi nutqiy, lisoniy va lingvistik tomonlari farqlanadi.
1. Nutqiy tarkib deganda, muloqot malakasi, ya`ni axborot etkazish va o`zgalar fikrini idrok etib tushunish;
2. Lisoniy tomonida axborot olish va berish maqsadida til birliklaridan foydalanish;
3. Lingvistik jihatida til hodisalariga doir bilimlar ko`zda tutiladi.
Har uch qism birlashib “til bilish” tushunchasini vujudga keltiradi.
CHet til darslarida o`quvchi shaxsining muhim belgilari rivojlantiriladi, madaniyatlararo munosabat o`rnatiladi. O`quvchi chet til mashg’ulotlari chog’ida til hodisalarining vazifalari nimadan tashkil topishini his qilishi, til materiali birliklarini o`zlashtirish yakuniy maqsad emasligi, ularning nutqiy muloqotda qo`llashdan ko`zlangan maqsad, kelib chiqadigan ehtiyojni qondirishga qaratilishini bilib olishiga yordam beradi.
CHet til ta`limi jarayonida o`quvchining individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish muhim omillardan biri hisoblanadi. O`quvchining til o`rganishini samaradorligi nutqda qo`llashga tayyor turadigan, til materialini saqlashga xizmat qiluvchi xotiraning ko`ruv, eshitish, verbal va harakat turlarini rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Mashg’ulot davomida nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o`qish va yozuv)ga doir ko`nikma va malakalarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar bajariladi. O`quvchida til bilishga bo`lgan qiziqish kuchli bo`lsa, mashqlarni tez va oson o`zlashtirib oladi. Mashqlarni tanlashda ularning intellektual qobiliyatini hisobga olish o`qituvchidan psixologik bilimni va kasbiy malakani talab etadi. Kollej o`quvchilari o`spirin yoshiga o`tish davrida bo`lgani bois, ularning ruhiy kechinmalarini nazorat qilishni taqoza etadi.
Ma`lumki, har qanday tilni egallash murakkab jarayon hisoblanadi. Nemis tili ham shular jumlasiga kiradi. Nemis tili darslari samaradorligi, o`quvchilarni mustaqil tarzda ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki va yozma shakllarda to`g’ri, ravon ifodalay olishga o`rgatish bilan o`lchanadi.
Nutq faoliyatining tinglab tushunish, gapirish (dialog va monolog) turlari og’zaki nutqqa mansub bo`lsa, o`qish (o`rganuv o`qish, tanishuv o`qish, kuzatuv o`qish) va yozuv yozma nutqqa tegishlidir. Nutq faoliyatining ushbu turlari bo`yicha davlat ta`lim standartlari talablari darajasida nutqiy malakalar takomillashtiriladi. Nutqiy malakalar til materiali(leksika, grammatika va talaffuz)ni o`zlashtirish va uni nutq faoliyatida qo`llash ko`nikmalariga tayangan holda shaklantiriladi
Nemis tili darslarida o`quvchilarga madaniyatlararo muloqotni o`rgatish, tili o`rganilayotgan mamlakat(lar) nutq madaniyati, tarixi, bayramlarini o`rganish ikki yo`l orqali: (1) darsda, nemis tili amaliy mashg’ulotlarida va (2) darsdan tashqari ishlar jarayoni (turli tadbirlar, kechalar o`tkazish, to`garaklar faoliyati)da amalga oshiriladi.

Download 125.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling